Agar alpinist cho’qqini zabt eta olmasa ayb cho’qqida emas



Download 61 Kb.
Sana20.06.2021
Hajmi61 Kb.
#71679
Bog'liq
Ona tili test


Agar alpinist cho’qqini zabt eta olmasa ayb cho’qqida emas ”

1. Bo’g’inga ajralmaydigan so'zlar qatorini belgilang. A) qit'a, qal'a, yechim B) hukm, gramm, ong C) ongi, yengil, yangi D)A,BvaC

2.Buyrug’ingiz so'zida tovush o'zgarishlarining qaysi turi mavjud? A) tovush tushishi va orttirilishi B) tovush orttirilishi va olmoshli C) tovush almashishi D) tovush tushishi va alamashishi

3. O'zak va qo'shimchalarning qo'shilishida qaysi qismda tovush tarkibi o'zgarishi mumkin? A) qo'shimchaming tovush tarkibi o'zgarishi mumkin B) o'zakning tovush tarkibi o'zgarishi mumkin C) birdaniga ham o'zakning, ham qo'shimchaning tovush tarkibi o'zgarish mumkin. D) A,B va C

4. O'zakka qo'shimcha qo'shilganda, o'zakning tarkibida vujudga keladigan o'zgarishlarining asosiy turlarini belgilang. A) tovush almashishi B) tovush tushishi C) tovush orttirilishi D) tovush tushishi, tovush almashishi, oish orttirilsihi

5 Qaysi qatordagi so'zlarning ma'nosini urg'u yordamida farqlash munkin? A) ishchi, bolada, qo'lla, ahil B) xiyla, oliya, belcha, beshala C) bog'lar, ishlar, etik, qishloqcha, botin, botir D) burun, gajim, uylar, yechiq

6. Qaysi qatorda nutq tovushlariga noto'g'ri izoh berilgan? A) Nutq tovushlari unli va undosh tovushlarga bo'linadi B) Unli tovushlar faqat ovozdan iborat C) Unli tovushlar bo'g'izdagi un paychalarining havo oqimi ta'sirida tebranishidan yuzaga keladi. D) unli tovushlarni talaffuz qilganda, havo oqimi og'iz bo'shlig'ida qisman to'siqqa uchrab o'tadi

7. Bo'yni, avrim so'zlarida o'zak va qo'shimchalarning qo'shilishi natijasida qanday fonetik o'zgarish vujudga kelgan? A) undosh tovushlar tushishi B) unli tovushlar tushishi C) undosh tovushlar alamashishi D) unli tovushlar almashishi

8. Bolagina so'zida urg'u qaysi bo'g'inga tushsagina chegaralash, ya'ni faqat ma'nosini ifodalaydi? A) oxirgi bo'g'inga B) uchinchi C) ikkinchi D) birinchi

9. l.o'glimga; 2.quvonchim; 3.sarg'aymoq; 4.o'rnatmoq; 5.chanqamoq. Berilgan so'zlarning qaysi birida qo'shimchalar qo'shilishi natijasida fonetik o'zgarish vujudga kelgan? A) 1,3 B) 1,2,5 C) 1,2,3,4 D) 1,3,4

10. l.tila; 2.yo'la; 3.sila; 4.elar; 5.nola; 6.medali. Ushbu so'zlarning qay birida l undoshi ikkilantirilsa, yangi so'z hosil bo'ladi? A) 1,4,6 B) 1,2,3,4,6 С) 1,2,4,5,6 D) 1,2,3,4,5

11. Qaysi qatordagi so'zlarda qo'shimcha qo'shilishi bilan tovush o'zgarishi sodir bo'lgan? A) qaynoq, maqtov, o'yna B) ko'ylakchan, ko'klam, o'lgunch C) shirinlik, ko'pchilik, bog'lam D) o'lcham, kuyla, o'ymakor

12. Qaysi so'zda yonma-yon kelgan tovushlar nutqda ba'zan o'rin almashishi mumkin? A) yurakka B) tuproq C) yozgandir D) tuzsiz

13. O'lcha-o'lchov, kurak-kuragi, ot-ata kabi o'zak va qo'shimchalarning qo'shilishida tovush o'zgarishlarining qaysi turi vujudga kelgan? A) tovush almashishi va tushishi B) tovush almashishi va ortirilishi C) tovush tushishi D) tovush almashishi

14. Quyidagi qatorlarning qaysi birida sh tovushining jaranglisi qo'IIangan so'zlar qayd etilgan? A) kajava, ajrim; B) jola, janr; C) jir, ajdod; D) jabr, gajak;

15. Qaysi so'zda qator kelgan undoshning keyingisi ta'sirida oldingisi ham unga o'xshab talaffuz qilinadi? A) o'qibdi B) ketdi C) yurakka D) yigitcha

16. ng tovushi so'z takibida ikki unli tovush o'rtasida kelgan bo'lsa, ular qay tarzda bo'g'inlarga ajratiladi? A) ng birinchi unli bilan bo'g'in hosil qiladi B) ng ikkinchi unli bilan bo'g'in hosil qiladi C) n birinchi g ikkinchi unli bilan bo'g'in hosil qiladi D) ng bo'linmay, birichi yoki ikkinchi unli bilan bo'g'in hosil qiladi

17. Berilgan so'zlarning qaysi birida qo'shimchalar qo'shilishi natijasida fonetik o'zgarish yuz bergan? l.susaymoq 2.qiynamoq 3.bo'yoqodr 4.o'tqizmoq 5.chanqamoq 6.qaynoqroq A) 3,4,5,6 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3,6 D) 1,3,6

18. Qaysi qatordagi so'zlarning undoshlari burun sonorlaridan iborat? A) namayon, nenes, nomus B) paxta, mo'may, mo'min C) mung, no'noq, mamont D) namuna, mangu, manman

19. Qaysi qatordagi so'zlar urg'usi aksar hollarda birinchi bo'g'inda bo'ladi? A) zo'rg'a, issiq, proza B) ilgich, luqma, ildiz C) madad, maket, malax D) navbat, mo'g'il, nasha

20. Qaysi qatoragi so'zlarda tovush tushishi sodir bo'lgan? A) qo'shni, chinni, shinni B) jinni, ayni, ma'ni C) sarg'ay, yarmi, bumi D) chayla, qayla, sag'ri

21. Qaysi qatordagi so'zlarda tovush o'zgarishi sodir bo'lmagan? A) shahri, o'g'ri, bo'yin B) o'shanga, bunga, unga C) o'roqqa, terakka, ko'kka D) qoshida, poyaki, xo'raki

22. Qaysi qatordagi so'zlarda tovush ortishi sodir bo'lgan? A) shahri, o'g'li, bo'yin B) nashida, poyaki, xo'raki C) o'roqqa, terakka, ko'kka D) O’shanga, anga, unga

23. Qaysi qatordagi yasama so'z unli va jarangli undoshlardan iborat? A) ko'makdosh B) ulg'ay C) gaplash D) bolalarda

24. Urg'u ma'no farqlash vazifasini bajargan so'zlarni belgilang, 1 .olma 2.kelma S.o'quvchimiz 4.temirchi 5.yigitcha 6.ko'zlar A) 1,2,3,4,5 B) 1,3,5,6 C) 1,2,3,6 D) barcha so'zlarda urg'u ma'no farqlash vazifasini bajaradi.

25. Qo'shimcha qo'shilishi natijasida asosda tovush almashishi bo'lgan so'zlarni belgilang. A) bog'ga, etikka B) sovuq, o'toq C) sarg'ay, burni D) ikkov, pasay

26. So'z oxiridagi jarangsiz undoshlarga unli bilan boshlangan qo'shimcha qo'shilsa, qaysi jarangsiz tovushlar jarangliga aylanadi? A)k,q B)k,q,g' C)t,k,q D) barcha jarangsiz tovushlar

27. Axloq, o'q, to'piq, tok so'zlariga qo'shimcha qo'shilganda, o'zakda vujudga keladigan fonetik o'zgarish qaysi qatorda to'g'ri ko'rsatilgan? A) —ga qo'shimchasi qo'shilsa, jarangli jarangsizga aylanadi B) unli bilan boshlanadigan qo'shimcha qo'shilsa berilgan so'zlardan jarangli – jarangsizga aylanadi. C) unli bilan boshlanadigan qo'shimcha qo'shilsa, berilgan so'zlarda jarangsiz tovush jarangliga aylanadi. D) unli bilan boshlanadigan qo'shimcha qo'shilsa, tok,to'piq so'zidagi jarangsiz jarangliga aylanadi.

28. Qaysi qatordagi so'zlar asosida tovush tushishi hodisasi ro'y bergan? A) shahri, qomi, bag'ri B) burchagi, bo'yog'i, qo'shig'I C) sarg'ish, ko'ngli, qormog'I D) oyog'i, tayog'i, oltovi

29. Qaysi qatorda qo'shimchalar qo'shilganda, asosda ro'y beradigan tovush o'zgarishlari noto'g'ri ko'rsatilgan? A) q-qo'shimchasi bilan fe'llardan ot yasalganda, o’zak negizi oxiridagi a unlisi o tovushiga almashadi B) -q qo'shimchasi bilan fe'llardan sifat yasalganda, o'zak-negiz oxirdagi a unli o tovushga almashadi. C) -a qo'shimchasi bilan otdan fe'l yasalganda, o'zak-negizdagi o unlisi a tovushiga alamshadi. D) -a qo'shimchasi bilan fe'l yasalganda, o'zak-negizdagi a tovushi o tovushiga almashadi.

30. Sanab-sanog'imga yetolmadim, Ushbu gapdagi sanog'imga soz'i asliga ko'ra qanday fonetik o'zgarishlar natijasida hosil bo'ladi? A) 3 ta tovush almashinishi B) 2 ta tovush alamshinishi 1 ta tovush fi tushishi C) 1 ta tovush almashinishi, Ita tovush tushishi D) 2 ta tovush almashinishi

31. Bo'yoq so'zining hosil bo'lishida qanday fonetik o'zgarish vujudga kelgan? A) bo'ya fe'lidan ot yasalib, a tovushi tushib qolgan B) o'zak-negiz oxiridagi a tovushi o tovushiga almashgan C) o'zak-negiz oxirdagi o tovushi a tovushiga almashgan D) bo'ya fe'lidan ot yasalib, a tovushi orttirilgan.

32. Etik, to'piq so'zlariga qanday qo'shimcha qo'shilsa, jarangsiz undosh jarangliga aylanadi? A) kelishik qo'shimchalari B) faqat jo'nalish kelishigi qo'shimchasi C) unli bilan boshlanadigan qo'shimchalar D) A va B

33. p.m undoshlari undoshlar tasnifida qaysi xususiyatlarga ko'ra bir guruhga mansub bo'ladi? A) labda hosil bo'lish o'rniga ko'ra B) Ovoz va shovqunning ishtirokiga ko’ra C) tilning qayerida hosil bo'lishiga ko'ra D) jarangli va jarangsizligiga ko'ra

34. Qaysi so'z tarkibida jarangsiz undoshni jarangli jufti bilan almashtirish orqali ma'noli so'z hosil qilish mumkin? 1.tamba 2.tovon 3.tarz 4.rasm 5.sharm 6.tilla A) 1,2,3,4,6 B) 1,2,3,4 C) 2,3,4,5 D)2,3,4,5,6

35. O'zak va qo'shimchaga ajratish bilan bo'g'inga ajratish teng kelgan so'zlarni toping. 1) o'yna; 2) o'yla; 3) sabrsizlikdan; 4) bargi; 5) suvsizlik; 6) ko'nglim; 7) tongga A) 1, 2, 3, 6, 7 B) 2, 3, 5, 7 C) 1, 2, 5, 7 D) 1, 2, 4, 7

36. Quyidagi so'zlardan qaysilarida tutuq belgisi unlining cho'ziqroq aytilishini ifodalash uchun qo'yiladi? 1) ma...no; 2) san...at; 3) mo'...tadil; 4) in...om; 5) shu...la. A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 5 C) 1, 3, 5 D) 2,4

37. Quyidagi so'zlardan qaysilarida tutuq belgisi unlini undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalash uchun qo'yiladi?

1) qat...iy; 2) da...vo; 3) mo'...jiza; 4) sur...at; 5) e...lon. A) 1, 4 B) 2, 3, 5 C) 1, 3, 4, 5 D) 2, 5

38. Lotin alifbosiga asoslangan imlo qoidasiga ko'ra Is'hoq so'zida ishlatiladigan tutuq belgisi qanday vazifa bajaradi? A) unli tovushning cho'ziqroq aytilishini ifodalaydi B) unlini undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalaydi C) oldin va keyin kelgan tovushlar alohida tovushlar ekanligini ifodalaydi D) so'z urg'usini ifodalaydi

39. Berilgan qaysi so'zda tutuq belgisi noto'g'ri qo'yilgan? A) ma'sul B) ma'sum C) ma'mur D) ma'qul

40. 1) kav... sh; 2) kib... r; 3) kir... m; 4) lut... f; 5) moy... l Imlo qoidasiga ko'ra nuqtalar o'rnida i unlisi qo'yilishi kerak bo'lgan so'zlarni belgilang. A) 1, 2, 3, 5 B) 1, 4, 5 C) 3, 5 D) 1, 4

41. Berilgan so'zlarning qaysilarida nuqtalar o'rnida u unlisi yoziladi? 1) junj... kish; 2) juld... r; 3) zug'... m; 4) ibratom...z; A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3 C) 2, 4 D) 1, 4

42. Qaysi bandda asosiy vazifasi so’z ma’nolarini farqlash bo’lgan birliklar haqida noto’g’ri mulohaza keltirilgan. A) So’z bo’g’inlaridan birining kuchliroq aytilishin ifodalaydi. B) Unlini cho’zish yoki undoshni unlidan ajratish vazifasini bajaradi. C) ochiq yoki yopiq holatni ifodalaydi. D) Fiziolagik, akustik va lingvistik tomonlarini ifodalaydi

43. Bo’g’inga bexato ko’chirilgan so’zni aniqlang. A) pe-shayvon B) den-giz C) mudofa-a D) la-ngar

44. 1. Ulkan hirmon uygan shu qo’llar. 2. Har bandani tangri o’zi qo’llar. 3. Onamgina yo’limga intizor. 4. Onaginam, bu kunlarga yetganlar bor. Urg’u to’g’ri qo’yilgan javobri ko’rsating.

A) 1-ikkinchi bo’g’inga, 2-birinchi bo’g’inga, 3-ikkinchi bo’g’inga, 4-to’rtinch bo’g’inga

B) 1- birinchi bo’g’inga, 2- ikkinchi bo’g’inga, 3-ikkinchi bo’g’inga, 4-to’rtinch bo’g’inga

C) 1-ikkinchi bo’g’inga, 2 - ikkinchi bo’g’inga, 3-birinchi bo’g’inga, 4-to’rtinch bo’g’inga

D) 1-ikkinchi bo’g’inga, 2-birinchi bo’g’inga, 3-ikkinchi bo’g’inga, 4-uchinchi bo’g’inga

45. Ikkinchi bo’g’nida u tovushi yozilishi kerak bo’lgan so’zlar qatorini ko’rsating. A) mutr..ub, musl..m B) mushf…q, muh..m C) muq…m, mih..t D) mushk.. l, mug..z

46. Qanday birlik so’zning fonetik tarkibini uyushtirish vazifasini bajaradi? A) tovush B) urg’u C) fonema D) tutuq belgisi

47. ----ib--- qo‘shimchasi bilan yasalgan ravishdoshlarga ----di--- zamon hosil qiluvchi qo‘shimchasi qo‘shilganda so‘z qaysi yozuv qoidasi asosida yoziladi?

A.  fonetik yozuv B.  morfologik yozuv C.  shakliy yozuv D.  fonetik va morfologik yozuv

48.Arab raqamlaridan yoki alifbo harflaridan keyin yarim qavs belgisi qo‘yilganda, undan keyin kelgan gapning birinchi so‘zi qay tarzda yoziladi?

A.  arab raqamlaridan so‘ng yarim qavs belgisi qo‘yilganda, undan keyin bosh harf, alifbo harflaridan keyin yarim qavs belgisi qo‘yilganda kichik harf bilan yoziladi

B.  arab raqamlari yarim qavs bilan ishlatilganda, undan keyin kichik harf, alifbo harflaridan keyin yarim qavs belgisi qo‘yilganda bosh harf bilan yoziladi

C.  arab raqamlari yoki alifbo harflari yarim qavs belgisi ishlatilganda undan keyin kichik harf bilan yoziladi

D.  arab raqamlari yoki alifbo harflari yarim qavs belgisi ishlatilganda undan keyin bosh harf bilan yoziladi

49.Qaysi qatordagi so‘zda qo‘sh undosh xato qo‘llangan? A.  qo‘qqisdan B.  muqaddam

C.  g‘ovvak D.  mutaassib



50 Berilgan so‘zlardan qaysi biri bo‘g‘iz undoshi bilan boshlanishi kerak? 1.~xivich, 2.~xorg‘in, 3.~xurram, 4.~xovuch

A.  1, 2, 4 B.  2, 3, 4 C.  2, 4 D.  1, 3
Download 61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish