III. Xulosa
Shuni xulosa qildimkiy Afrikaning koʻproq qismi kembriydan oldin burmalangan platformadan iborat boʻlib, ustini paleozoy, mezozoy va uchlamchi hamda toʻrtlamchi davr jinslari qoplab yotadi. Qadimgi kristall jinsli zamin Markaziy Sahroi Kabir, Syerra-Leone, Sharqiy Sudan balandliklarida (anteklizalar), Kongo botigʻi atroflarida va ayniqsa, Sharqiy hamda Janubiy Afrikada yer yuzasiga chiqib yotadi. Platformaning shim. qismida (Sahroi Kabir, Sudan) zamin juda chuqur joylashgan (Sahroi Kabir – Arabiston platosi), janubiy qismida keng maydonlarda esa yer yuzasiga chiqib qolgan (Jan. Afrika qalqoni). Janubiy va shimoli-gʻarbda kembriydan oldingi platformaga zamini burmalangan plat-forma tuzilmalarining ayrim qismilari kelib qoʻshilgan. Bu tuzilmalar Kap togʻlarida va Atlas togʻlarining ichki rayonlarida yer yuzasiga chiqib qolgan. Alp burmalanishi davrida Afrikada Atlas togʻlarining shim. sohil boʻyi tizmalarigina koʻtarilgan. Kristall jinslardan iborat qadimgi peneplenlarning keng tarqalishi va choʻkindi jins qoplamalarining kam burmalanganli-gi natijasida materik relyefi yassidir. Afrikada plato va togʻliklar koʻp. Ularni tektonik yoriqlar boʻlib-boʻlib yuborgan. Qirlar hamda platolar ustida qoldiq choʻqqilar va vulkan togʻlari koʻtarilib turadi. Afrikaning eng baland nuqtasi – Kilimanjaro togʻidagi Kibo choʻqqisi (5895 m). Afrika koʻp qismining dengiz sathidan bal. 1000 m dan oshmaydi. Olimlar Afrika quyi paleozoy burmalanishi davrida Janubiy Amerika va Hindiston (Gondvana materigi) bilan quruqlik orqali birlashib turgan deb hisoblaydilar. Paleozoyda Sahroi Kabir – Arabiston platformasining ayrim qismlari dengizlar tagida qolgan.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятинингн кундалик қоидаси бўлиши керак.
T.V. Vlasova «Materiklar tabiiy geografiyasi» Toshkent, «O’qituvchi» nashriyoti,
1981 yil. (1-tom - «Afrika, Evrosiyo», 411-458 betlar).
T.V. Vlasova «Fizicheskaya geografiya materikov» chast- 1, 2, Toshkent, 1986 god.
P.P. Vtorov, N.N. Drozdov «Biogeografiya materikov» Moskva, İzdatelstvo
«Prosveshenie», 1974god.
O.Qozoqov, X. Masudov «Materiklar va okeanlar tabiiy geografiya-si kursidan amaliy mashg’ulotlar va mustaqil ishlar» Toshkent, «Uqituvchi» nashriyoti, 1992 yil.
Yermakov Y.G. i dr. Fizicheskaya geografiya materikov i okeanov. M: Vesshaya shkola, 1988.
Ryabchikov A.M. Fizicheskaya geografiya materikov i okeanov. M: Vesshaya shkola, 1988.
Fizicheskaya geografiya mirovogo okeana. M: Izdatelpstvo Moskovskogo Universiteta, 1988.
Ryabchikov A.M. Dunyo qitoalari tabiiy geografiyasi, Toshkent, 1968.
Vlasova T.M. Fizicheskaya geografiya materikov i okeanov. Tom I-II, M: Prosveo‘yeniye, 1976.
Vlasova T.M. Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi. I-II tom.Toshkent, 1985.
Leontpev O.K. Fizicheskaya geografiya mirovogo okeana. M: 1982.
Ensiklopeditseskiy slovarp geograficheskix terminov. М.1968.
Internet saytlari
10. www. tdpu. uz
11. www. pedagog. uz
12. www. ziyonet. Uz
13. www.lex.uz;
14. www.bilim.uz;
15. www.gov.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |