1.Afina dengiz ittifoqi. 2. Yunon-fors urushlaridan song Afina. 3. Afina demokratiyasi. 4. Polis tizimining tushkunligi 5.Xulosa
Afina dengiz ittifoqi. Er. av. V asrda yunon dunyosining siyosiy va madaniy hayotining markazi Kichik Osiyo va Egey orollaridan Bolqon Yunonistoniga kochdi. Yunon viloyatlari ichida Attika viloyatining roli oshdi.
Arxaik davridan song Yunonistonda siyosiy jihatdan kuchli ozgarishlar yuz berdi. Er.av. VI asr oxirida Sharqda qudratli Ahamoniylar davlati shakllandi va Yunon dunyosiga ozining madaniy siyosiy tasirini otkaza boshladi. Er.av. V asr oxirida forslar Kichik Osiyodagi barcha yunon shaharlari va Lidiya podsholigini bosib oldilar. Forslar Yunonistonni ham oz tasir doirasiga olishga harakat qildilar. Fors qo'shinlari bir necha bor kontinental Yunonistonga bostirib kirdilar (er.av. 495, 490-y) Yunon polislari forslarga nisbatan turli munosabatda boidilar.
Fessaliya va Beotiya forslarga do'stona munosabatda boldilar. Sparta va Afina esa forslarga qarshi yunon shaharlari ittifoqini tashkil qildilar. Er. av. 48I-yil yunon shahar davlatlari Ellin ittifoqini tuzdilar. Dastlab ittifoqda Sparta yetakchi rol oynaydi. Sparta vakili uning ishiga rahbarlik qildi. Lekin forslarga qarshi harbiy harakatlarda asosan flot hal qiluvchi orin egallar edi. Sparta ozining flotiga ega bolmaganligi sababli, ittifoqda yetakchi oringa davo qila olmas edi. Spartaliklardan rahbarlikni olish uchun Ioniya orollarining Afinaga yordam so'rab murojaat qilishi bahona boldi. Afina atrofida bir necha yunon shaharlari birlashib, yangi siyosiy kuch birinchi Afina ittifoqini vujudga keltirdilar. Shu vaqtdan boshlab Sparta va Afina ittifoqchilari ortasidagi raqobat er. av. V asrda Yunonistondagi voqealar rivojiga hal qiluvchi tasir otkazdi.
Afina ittifoqi tez orada mustahkam, uyushgan kuchli tashkilotga aylandi. Ittifoqning barcha qatnashchilari tola huquqli bolib, uning xazina Delos orolidagi Apollon ibodatxonasida joylashgan edi. Ittifoqchilar kengashiga har bir azo davlat bittadan vakil yubordilar. Afina Arxesy ittifoqi mablagi 480 talant hajmida deb belgilanib, har bir ittifoqchi davlat umumiy xazinaga azolik tolovi (foros)ni amalga oshirar edilar.
Ittifoq ichida Afinaning harbiy-siyosiy va savdo mavqei kuchayib ketdi. Barcha ittifoqchi yunon shaharlari ozlarida Afina tosh-tarozisi va olchov birliklarini joriy qildilar, umumiy xazina Delosdan Afinaga kochirildi.
Afmaliklar ittifoqchilarning toiov badali hisobiga Afinada mashhur Propiley va Parfenonni qurdilar. Afinaning bunday suiistemolligi ittifoqchilarning norozilik chiqishlariga sabab boldi. Ittifoqchilarning chiqishlari Afinaliklar tomonidan qattiq jazolandi.
Masalan, jazolangan Tasos Afinaga ozining barcha kemalarini berishga, devorlarini buzishga, tovon to'lash va eski azolik badalini toiashni davom ettirishga majbur boldi. Plutarxning yozishicha «Ittifoqchilar xiroj tolovchilar va qullarga aylandilar». Afina oz tasir doirasini yunon dunyosida muntazam ravishda kengaytirishda Spartani qarshiligiga uchradi. Forslar bilan umumiy galabadan keyin har ikki davlat o'rtasidagi raqobat keskinlashdi. Forslar Egey dengizidan siqib chiqarildi, u yana «Yunon quli» bolib qoldi. «Kalliy» sulh shartnomasi (er.av.447-y) dan song forslarning dengiz floti Egey dengiziga kirishdan mahrum boldi. Eron quruqlikdagi qo'shinlarini Kichik Osiyo qirgogidan uzoqda saqlab turish majburiyatini oldi1.
Yunon-fors urushlaridan song Afinadagi keskin siyosiy kurash natijasida demokratik kuchlar Perikl boshchiligida golib chiqdilar. Periklgacha Efiat islohot otkazib, zodagonlar areopagining siyosiy mavqeini yoqqa chiqardi. Areopag ixtiyorida faqat qasddan odam oldirish va diniy ananalarga qarshi jinoyatlarni korib sud qilish vazifalarigina qoldi xolos. Areopagning siyosiy funksiyalari Klisfen joriy qilgan 500 lar kengashi va gelieyaga berildi.
Xalqaro savdodan manfaatdor bolgan Afina savdogar hunarmandlari va dengizchilari Afinani Yunon shaharlari ustidan yetakchiligini mustahkamlashni talab qildilar. Ular ittifoqchilarga nisbatan qatiy qattiq siyosatni, Afinaning yunon dunyosiga boshchilik qilishiga qarshi turadigan har qanday kuchlarga qarshi keskin kurash olib borishni talab qildilar.
Afinada Kaeon tiraniyasi tugatilgandan song demokratik harakat Afina siyosiy hayotida yetakchi oringa chiqdi. 500 lar kengashining tasiri kuchaydi. Bu kengashda aholining kambagal tabaqalarining ishtiroki uchun imkoniyatlar yaratildi. Gelieda sudyalik vazifasini bajarish uchun yoki 500 lar kengashiga azolik uchun ish haqi tolashni joriy qilinishi hatto kambagallarga ham qura tashlash yoli bilan saylanadigan 5 ming sudyadan biri bolishi imkoniyatini berdi. Shahar aholisining orta qatlami zevgitlarga arxont vazifasini bajarishga ruxsat berildi. Tashqi siyosatda Afina yunon dunyosiga hukmronlik qilish uchun faol harakat qildi Afinaning qoshni viloyatlarga taziyqi kuchayib Sparta bilan urush harakatlari olib borildi. Er. av. 445-yil Sparta bilan 30 yil muddatga tinchlik shartnomasi imzolandi. Ammo tinchlik 14 yil davom etib keyin uzoqqa cho'zilgan urush barcha yunon shaharlarini zaiflashtirgan Peloponnes urushi boshlanib ketdi. Urush 21 yil davom etib kopgina shaharlar vayron boidi. 10 minglab kishilar qurbon boidilar. Urf-odatlar, qonunlar paymol qilindi. Yunon dunyosi shundan song tushkunlikka yuz tutdi.