Bog'liq miloddan avvalgi v iv asrlarda yunoniston polis tizimining inqirozi
Polis tizimining tushkunligi Er. av. V asr songida yunon polislari uzoq davom etgan tushkunlik pallasiga kirdi. Fuqarolaming yopiq jamoasiga asoslangan yunon polisi endilikda yer mulkchilik munosabatlarida keskin ozgarishlar boshlandi. Yerga ishlov berishdan keladigan daromaddan kora sudxorlik daromadi osib ketdi. Yerni sotish keng tarqaldi, katta-katta yer maydonlari ayrim fuqarolaming qoliga otib qoldi. Kambag'allashgan, yeridan ajralgan fuqarolar oz fuqarolik -maihuriyatlarini bajarmay qoydilar. Ularning kopchiligi oz mablag'larini dengiz savdosiga qoya boshladilar. 0 z polislaridan boshqa hududlarda katta-katta yer maydonlariga egalik qila boshladilar hamda malum bir polis fuqarosi bo'lish ahamiyatsiz bolib qoldi. Bu davrda yunon polislarida davlat xojaligining mavjud emasligi davlat xazinasiga daromad tushmasligi bilan belgilandi. Davlat hokimiyati iqtisodiy-moliyaviy jiliatdan hech qanday mablagga ega emas edi.
Bundan tashqari, polislarning moliyaviy qiyinchiliklari, uzluksiz urushlar, yollanma qo'shinlami keng tarqalishi, harbiy ehtiyojlaiga xarajatlarni muntazam ravishda osib borishi bilan chuqurlashdi. Demokratik polislarda lavozimlarga haq to'lash, kambagal fuqarolarga muntazam nafaqa berish tizimi bu qiyinchiliklami yanada chuqurlashtirdi. Agarda ilgari Afina oz xarajatlarini ittifoqchilar hisobidan qondirgan bolsa er. av. IV asrda esa mulkdan olinadigan favqulodda soliq-eysfora bilan qoplay boshladi. Tinchlik vaqtida Afina fuqarolari hech qanday soliq tolamas edilar. Xalq yig'ini eysfora togrisidagi qarorlarni kambagal fuqarolar manfaatlariga tekkani uchun istamay qabul qilar edi. Afinani boy tabaqasiga soliq solishga urinish boylarning noroziligiga olib keldi.Yer mulk munosabatlarida o'zgarishlar yuz berdi. Er. av. V asr oxiridan boshlab yerning erkin oldi-sotdisi keng tarqaldi. Ko'pgina fuqarolar nochorlikdan oz yerlarini sotishga majbur boldilar, natijada bu yerlami fuqaroligi boimagan kishilar ham sotib ola boshladilar. Xususiy va jamoa yerini ijaraga berish va garovga qoyish keng tarqaldi.
Er. av. V asr so'ngida meteklar va chet elliklaiga alohida xizmatlari uchun polis hududida yer va uylaiga egalik qilish hollari tarqaldi. Iatdan kelganlarga fuqarolik huquqi kamroq sovga qilindi.
Polisni tushkunligi yollanma askarlarni tarqalishida ham korindi. Yer mulkidan ajralgan, qarzga botib kambag'allashib qolgan fuqaro qurol-yarogI olishga mablag topa olmas edi, kopincha begonalarni manfaati uchun jang qilishni xohlamas edi. To'xtovsiz urushlar harbiy texnikaning takomillashuvi yaxshi orgatilgan askarlarni talab qilar edi. 0 z yeridan mahrum bolgan, jismoniy mehnat bilan shug'ullanishni istamaganlar oz polislaridan quvilgan kishilar yollanma askarlar safini toldirdilar.
Yunon polisining tushkunligi quldorlik tizimini tushkunligi emas edi, chunki qulchilik yanada rivojlandi, qullar mehnatidan foydalanish hajmi osdi. Afinada davlat qurilishida erkin fuqarolaming mehnati kamaydi, chunki ularning mehnatiga ham metek va qullarga ham baravar haq to'lanar edi. Qullarni qishloq xo'jaligi, hunarmandchilik, uy-rozgor ishlarida ishlatish, boshqa kishilaiga yollanma mehnatga berish bilan biiga quldor qulni hunar va savdo bilan mustaqil shug'ullanishga ruxsat berar edi. Bunday qullar mulk oilaga ega boiib alohida yashar edilar. Ular pul to'plab oz ozodliklarini sotib olishlari mumkin edi.
Er. av. IV asrda ozod qoyilgan qullarni soni osdi, ularni yunon polislari iqtisodiy hayotidagi roli kuchaydi. Huquqiy jihatdan ular meteklarga tenglashtirilib, ijtimoiy jihatdan hunarmand va savdogarlar ommasiga qoshildilar. Mehnat va hayot kechirishning o'xshashligi fuqaro va fuqaroligi boimagan kishilarni bir-biriga yaqinlashtirdi.
Er. av. IV asrda polislarda turli ijtimoiy tabaqalar ortasidagi ziddiyatlar kuchaydi. Boylar va kambagallar o'rtasidagi qarama- qarshiliklar davlat hokimiyatini zaiflashuviga olib keldi.Yunonistondagi er. av. IV asming birinchi yarmida Spartaning mavqei kuchaydi. Sparta polislarni ichki ishlariga qopol ravishda aralasha boshladi Bu ko'pchilik polislarni noroziligiga olib keldi. Oqibatda Yunonistonda Spartaga qarshi harbiy harakatlar boshlandi va Spartaning Yunonistondagi yetakchiligi tugatildi. Fiva shahrini yunon dunyosiga yetakchiligi ham vaqtinchalik boidi, Afina ittifoqini qayta tiklashga urinish ham natijasiz tugadi. Biror bir yunon polisi qandaydir mustahkam birlashuvni tashkil qilish va unga rahbarlik qilish qobiliyatiga ega emas edi. Yunon polislari endilikda ozaro kelishmovchiliklarni bartaraf qila olmay, qudratli Eron davlatini vositachi sifatida taklif qila boshladilar.