Afina dengiz ittifoqi



Download 179,5 Kb.
bet3/5
Sana22.07.2022
Hajmi179,5 Kb.
#839154
1   2   3   4   5
Bog'liq
miloddan avvalgi v iv asrlarda yunoniston polis tizimining inqirozi

Afina demokratiyasi
Afina demokratiyasi deganda 20 yoshdan katta, erkin tug'ilgan, to‘la huquqli Afina erkaklari uchun xos boigan demokratiya to‘g‘risida so‘z borardi. Ular aholining ozchilik qismini tashkil qilar edi. Siyosiy huquqlardan, qullardan tashqari ayollar, boshqa viloyatlarda Afinaga qochib kelganlar va Afinada yashab turib, erkin bo‘lsa-da, fuqaroligi bo'lmagan meteklar mahrum edi. Meteklar 100 mingga yaqin kishini tashkil qilib, ular asosan savdo hunarmandchilik bilan shug‘ullanar edi.
Polisning suveren hokimi — xalq yig'inini Afina fuqarolik huquqiga ega bo‘lgan soni ko‘p bo'lmagan katta yoshli erkaklar tashkil qilar edilar/Mansabdor shaxslar qur’a tashlash yo‘li bilan saylanar, faqat rfiansabga nomzodlar afinalik boiishi ustidan nazorat qilinar edi. Arxont yoki strateg vazifasini har qanday fuqaro bajarishi mumkin degan tushuncha mavjud edi. Chunki barcha mansabdor shaxslar yig‘inda xalq irodasi va qonunlarini ifodalagan holda tatbiq qilar edilar.
Ularning funksiyasiga hech qanday muhim vazifa kirmas edi. Oliy mansabdor shaxslar — arxontlar hokimiyati oila va meros huquqiga rioya qilishga g‘amxo‘rlik (arxont eponim) sakral vazifa (arxont basilevs) sud jarayonlariga raislik qilish (fesmofet) bilan cheklangan edi. Arxont polemarx (qo'shin qo'mondoni) faqat nomigagina qo‘mondon boiib, amalda u chet elliklar ustidan sud ishlarini amalga oshirar edi. Qurolli kuchlarga urush va tinchlik paytida rahbarlik qilish 10 strategga tegishli edi. Ular qur’a tashlash yo‘li bilan emas, balki har bir nomzodga bevosita ovoz berish yo‘li bilan saylanar edilar.
Mansabdor shaxslar faqat boshiga mirta gulchambardan boshqa hech qanday hokimiyat belgisiga ega emas edi. Bu uning hokimiyatini cheklanganidan guvohlik berar edi. Ammo katta bo‘lmagan hokimiyatni ham suiiste’mol qilish mumkin edi, shu sababli qonun bir kishini bir mansabga qayta saylashni taqiqlar edi.
Boshqaruv kollegial edi. Har bir felddan 10 strateg saylanib, ko‘cha va inshootlarni holatini nazorat qilish uchun 10 astinom bozor va tovarlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilib sotuvchi va xaridor o'rtasidagi janjallamilO agranomlar ajrim qilar edilar. Ijroiya hokimiyati har bir felddan 50 kishi saylanadigan 500 lar kengashi- pritanlar qo'lida edi. Kengash xalq yig'iniga olib chiqiladigan qarorlar loyihasini tayyorlar va mansabdor shaxslar yordamida yig‘in qarorlarini bajarar edi.
Kengash jamoat ishlarini tashkil qilish, konfiskatsiya qilingan mulkni sotish, davlat saylagan komissiya orqali moliya ishlarini nazorat qilish, kemalar qurilishi va otliq qo‘shinlar, Afina doimiy qo‘shinini jangovar qobliyatini saqlash kabi ishlarni amalga oshirar edi. Besh yuzlar kengashi boshqaruv masalalarini tezkor hal qila olmas edi. Shu sababli har bir feld o‘zining 50 vakili- pritanlat orqali davlatni yilni 1/10 qismida idora qilar edi. Pritanlar kun davomida majlis quiganlar, ularning qismi tunda qolgan. Kengash chet davlatlar bilan yozishmalar olib borgan, elchilami qabul qilgan. Har kun pritanlar tarkibidan qur’a tashlash bilan kengash raisi saylanib, u davlat xazinasini kaliti va muhrini olgan. U shu kun xalq yig'ini bo‘lsa, unga raislik qilgan2.
Dastlab xalq yig'ini oyda bir marta, keyinchalik oyda 4 marta shaharning g'arbiy qismidagi qoyali terrasa pniksda to'plangan. Yig‘ilishlarda besh yuzlar kengashi tayyorlagan qaror loyihalari muhokama qilinib, so‘zga chiquvchilar faqat shu mavzudagina so‘zlashlari mumkin edi.
Afina davlati mehnat qobiliyatini yo‘qotgan fuqarolar va Vatan uchun jonini fido qilgan fuqarolarning bolalari to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilgan. Aksincha davlat uchun xavfli deb hisoblangan fuqarolarni xalq yig‘ini quvg‘in qilishi mumkin bo‘lgan. Afina demokratiyasi ostrakizm vositasi bilan obro'li, ta’sirga ega bo'lgan mashhur fuqarolarni o‘z yakka hukmronligini o‘rnatishdan xavfsirab, uni quvg'in qilgan. Xalq yig'ini vakolatiga Afina fuqaroligiga qabul qilish, meteklar ishi, chet davlatlarga elchilar yuborish kirgan. Urush vaqtida strateglar xalq oldida o'zlari o‘tkazgan urush harakatlari to‘g‘risida hisobot berganlar, harbiy mag‘lubiyat uchun hatto strateglarni o‘lim jazosiga hukm qilinish xavfi kuchli boigan.
Afinada mansabdor shaxslar katta hokimiyat va obro‘ga ega boimaganlar, aksincha, yig‘inlarda so'zga chiqishni biladigan, qonunlar loyihasini qabul qilishga xalqni ko‘ndira oladigan, hech qanday mansabga ega bo‘lmagan kishilar xalq ishonchiga sazovor boiganlar. Ular demagoglar deb atalgan. Afina davlati o‘z fuqarolarining ma’naviy barkamolligiga jiddiy e’tibor beigan. Fuqarolami teatrga kirish, bayramlaiga ishtirok etish imkoniyati yaratilgan. Tomoshalarga kambag‘al kishilarning kirishi uchun davlat teorikon- teatrga kirish uchun ikki obol miqdorida pul to‘lovini joriy qildi. Perikl taklifi bilan joriy qilingan nafaqa oddiy fuqaroga teatrga kirish imkoniyatini berdi.
Er. av. VI—V asr boshlarida sport musobaqalari zodagonlar uchun ko‘ngil ochish boisa, Afina demokratiyasi uni oddiy fuqarolami ham sport bilan shug‘ullanishlariga sharoit yaratishga harakat qildi. Zallar, hammomlarga ega boigan gimnasionlar, mashq qiladigan ko‘p sonli palestralar har qanday Afina fuqarosi uchun ochiq edi. Lekin boy afinaliklar I'chun gimnasion va palestalar alohida edi. Barcha sport inshootlari davlat ixtiyorida edi. Sport inshootlari ishini tashkil etish va boshqarish xalq yigini tomonidan tayinlangan lavozim safronist qoiida edi. Sport Afinada kishini o‘z-o‘zini idora boshqarishga o‘igatish, adolatli o‘yin qoidasiga rioya qilish, o‘z ruhini ko'tarishga xizmat qilishi kerak edi. Afinaliklar boshqa yunonlar kabi ko'pgina yugurish bilan (mash’ala yoki boshqa yuk bilan uzun masofaga, to ia harbiy anjomda yugurish) shug'ullanganlar. Shu bilan biiga aravalarda poyga, sakrash, nayza yoki disk uloqtirish, qo’l jangi, kurash va kamondan otish keng tarqalgan.







Download 179,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish