2.3. Trаnspоrt kоrхоnаlаrini rivоji vа sаmаrаdоrligi, dаvlаtning mаvqеi kuchli vа ахоli turmush dаrаjаsi yanаdа yaхshilаshdаgi rо‘li
O'zbekistonda aholining moddiy, ma'naviy hamda ijtimoiy ehtiyojlari ko'rsatkichlarini ifodalaydigan “turmush darajasi” atamasi kengroq qo'llaniladi. Unga to'liq ilmiy ta'rif beradigan bo'lsak, bu jismoniy, ma'naviy va ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqyosi va ularni qondirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir.
Ma'lumki, aholi turmush darajasini barchamiz aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromadlar va iste'mol hajmi miqdorining ortishi yoki kamayishi bilan baholashga odatlanganmiz. Aslida u ancha kengroq tushuncha hisoblanadi. Lekin hozircha bu boradagi kontseptsiyalarni aholining turmush darajasi sifatini har tomonlama xarakterlab beradigan yagona ko'rsatkichga keltirish bo'yicha samarali usul mavjud emas.
Kuzatuv va ko'rsatkichlar nimadan dalolat beradi?
Uy xo'jaliklarida o'tkaziladigan tanlama kuzatuvlar respublikamizning barcha hududlarini qamrab olgan holda, yiliga jami 10000 ta uy xo'jaligida o'tkaziladi. Bunda 120 dan ortiq mutaxassis (interv`yuerlar) tomonidan bevosita oila a'zolari bilan suhbatlashish orqali ma'lumotlar olinadi.
Farovonlik darajasining tahlili uy xo'jaliklarining iqtisodiy resurslarga egalik qilish darajasini, ularni iste'mol qilishga yoki jamg'arishga, shuningdek, ulardan birini tanlashga qodirligini aniqlashga imkon beradi.
Agar raqamlarga e'tibor qaratadigan bo'lsak, 2020 yilning dastlabki hisob-kitoblariga ko'ra, aholi umumiy daromadlari tarkibida ishlab chiqarishdan kelgan tushumlar ulushi 71,5 foizni, shundan 69,3 foizi mehnat faoliyatidan olingan, 2,1 foizi shaxsiy iste'mol uchun ishlab chiqarilgan shaxsiy xizmatlardan olingan daromadlarni tashkil etgan.
Bozor sharoitida asosiy ish joyidan beriladigan ish haqi aholining aksariyat qismi uchun etakchi daromad manbai hisoblanadi. Aks holda u funksional rolini bajara olmaydi. Rivojlangan mamlakatlarda ish haqi aholi jami daromadining 60-80 foiziini tashkil etadi, ya'ni ularning me'yoriy hayot faoliyatini ta'minlash asosi bo'lib xizmat qiladi.
Agar MDH mamlakatlarining aholi daromadlari tarkibini ko'radigan bo'lsak, yollanma ishchilarning ish haqi sifatida olgan daromadlari Armaniston, Belarus, Qozog'iston, Rossiya Federatsiyasida 55 dan 69 foizgacha bo'lsa, Qirg'izistonda 40 foiz atrofida, O'zbekistonda 28,8 foizni tashkil etadi. Mol-mulkdan kelgangan tushumlar 3,0 foizni, transfertlardan olingan daromadlar 25,5 foizga teng bo'lgan..
Ma'lumki, keyingi yillarda kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida aholining ishbilarmonlikdan olingan daromadlari ulushi yil sayin oshib borib, 2020 yil yanvar`-dekabr` oylarida 58 foizga etdi. Bu ko'rsatkich 2010 yilda 50 foiz aitrofida bo'lganligi inobatga olinsa, 8 foizga ko'payganligini anglatadi.
Mol-mulkdan olingan tushumlar kam bo'lsa-da, aholining tijorat banklariga bo'lgan ishonchining ortishi, innovatsion ishlanmalarning rivojlanishi, qolaversa, aktsiyadorlik korxonalari daromadlarining ortishi, uy-joy va boshqa ko'chmas mulk ob'ektlarini ijaraga berish va shu kabi bozor mexanizmlarining takomillashuvi tufayli aholining qo'liga kelib tushayotgan foizlar, dividendlar, mualliflik haqlari va shu kabi mulkiy daromadlar ham yil sayin ortib borayotganligini kuzatish mumkin. Masalan, 2010 yilda aholi umumiy daromadlari tarkibida mulkiy tushumlarning ulushi 2,3 foizga teng bo'lsa, 2020 yilda ushbu ko'rsatkich 0,7 foizga ko'paygan.
Aholi jon boshiga daromadlari aholining jami umumiy daromadlarini doimiy aholining o'rtacha yillik soniga bo'lish orqali hisoblanadi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 2020 yilning yanvar`-dekabr` oylarida mamlakatimizda doimiy aholining o'rtacha yillik soni 34232,1 ming kishini tashkil etgan. Ana shu davrda aholi umumiy daromadlari hajmi 401,5 trillion so'mni va o'tgan yilning mos davriga nisbatan real o'sishi 2,6 foizga oshgan. Aholi jon boshiga o'rtacha umumiy daromadlari esa 11,7 million so'm, real o'sishi 0,7 foizga teng bo'lgan.
Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha amalga oshirilayotgan manzilli chora-tadbirlar aholi barcha qatlamlari o'rtacha daromadlarining o'sib borishida muhim omil bo'lyapti. Bunda aholining turli guruhlari daromadlari darajasidagi tafovutni aks ettiradigan Jini koeffitsienti 2000-2020 yillarda 0,39 dan 0,26 ga pasaydi.
Kuzatuv natijalariga ko'ra, aholi daromadlarining oshishi va turmush darajasining yaxshilanishi natijasida jami iste'mol xarajatlari tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish salmog'ining barqarorlashib borishi bilan bir qatorda, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlarga sarflanadigan xarajatlar ulushi ortmoqda. Agar 2020 yil yanvar-noyabr oyidagi ko'rsatkichlarni 2000 yil ma'lumotlari bilan taqqoslaydigan bo'lsak, oziq-ovqat mahsulotlariga sarflangan xarajatlar 61,4 foizdan 48,1 foizga kamayganligini, nooziq-ovqat mahsulotlariga — 25,8 dan 32,8 foizga, xizmatlarga — 12,8 dan 19,1foizga oshganligini ko'rishimiz mumkin.
Aholi iste'mol xarajatlari tarkibida oziq-ovqat mahsulotlariga xarajatlarning barqarorlashishi, nooziq-ovqat va xizmatlarga qilinayotgan xarajatlarning ulushi ortib borayotganligi quvonarli hol, albatta.
Aholining uzoq muddat foydalaniladigan buyumlar bilan ta'minlanganligi qay darajada?
2000-2020 yillar mobaynida aholining uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar bilan ta'minlanganlik darajasi ham ortib bormoqda. Shunisi ahamiyatliki, bunday buyumlarning aksariyati o'zimizda ishlab chiqarilmoqda. Jumladan, aholining shaxsiy yengil avtomobillar bilan ta'minlanganlik darajasi 2020 yil yakunlariga kelib har 100 xonadonga 48 taga etdi. Har bir 100 xonadonga to'g'ri kelgan televizorlar soni 161 tani tashkil etib, 2000 yilga nisbatan 1,8 martaga oshgan. Konditsionerlar — 34 dona (2000 yilga nisbatan o'sish — 3,1 barobar), elektr changyutgichlar — 59 dona (o'sish —2 barobar), kir yuvish mashinalari — 80 dona (o'sish 1,2 barobar) ga tengligini ko'rsatyapti.
Bundan tashqari, AKT vositalari (shaxsiy komp`yuterlar, ya'ni stolga qo'yiladigan, ko'chma kompyuter (noutbuk, netbuk), planshet va boshqa yonida olib yuriladigan kompyuter hamda uyali aloqa telefonlari)ning aholi hayotiga shiddat bilan kirib kelishi va bu vositalarning imkoniyatlari kundan kunga kengayib borishi aholi uchun aloqa qilish, axborot almashish va dunyodagi yangiliklardan tezkor xabardor bo'lish barobarida ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish imkoniyatini yaratib bermoqda.
2020 yil yakunlariga ko'ra, 100 ta uy xo'jaligiga to'g'ri kelgan shaxsiy komp`yuterlar 56 donani (2000 yilda bu ko'rsatkich 0,2 dona) tashkil etgan bo'lsa, 2000-2020 yillar mobaynida uyali aloqa telefonlari bilan ta'minlanganligi 15,8 barobarga oshdi (2020 yil yakuniga kelib har 100 xonadonga 285 tadan, ya'ni, har bir xonadonga 2,9 tadan uyali aloqa telefonlari to'g'ri keldi).
Ushbu ma'lumotlardan shunday xulosa qilish mumkinki, bugungi kunda aholining kundalik hayotida zarur bo'lgan tovarlar qatorida elektr changyutgichlar, kir yuvish mashinalari, kompyuterlar hamda kondentsionerlar kabi maishiy texnika vositalariga hali hamon ehtiyoj mavjud. O'z navbatida, ushbu ma'lumotlar respublikamizda bu kabi tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda horijiy davlatlardan tovarlarni import qiluvchi sub'ektlar uchun katta hajmdagi iste'mol bozori mavjudligidan dalolat beradi.
Bugungi kunda uy xo'jaliklari tanlama kuzatuvini takomillashtirish, ma'lumotlar sifatini oshirish maqsadida bir qator xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, Jahon banki vakillari bilan hamkorlikda uslubiyotni takomillashtirish, savolnomalarni xalqaro standartlarga moslashtirish, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ya'ni, kuzatuv jarayonida 2020-yilgacha foydalanilgan qog'oz shaklidagi savolnomalardan voz kechib, 2021-yildan boshlab to'liq uy xo'jaliklarida kuzatuvni planshetlar yordamida o'tkazish rejalashtirilmoqda.
Rivojlangan davlatlarda keng qo'llaniladigan ushbu zamonaviy tizimga ko'ra, kuzatuv so'rovnomalari planshetlarga o'rnatilib, interv`yular ulardan foydalangan holda olinadi. Respondent tomonidan intervyu savollariga berilgan javoblar ana shu planshetda qayd etib boriladi va onlayn rejimda yagona ma'lumotlar bazasiga uzatiladi. Bu, o'z navbatida, kuzatuvlar monitoringini yuritish, sifatni nazorat qilish imkonini beradi.
Jahon bankining malakali ekspertlari bilan birgalikda 2020-2025-yillarda Statistika tizimini takomillashtirish bo'yicha milliy strategiya loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur loyiha tizimimizni tubdan takomillashtirishga zamin hozirlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |