Nildan Qizil dengizga kanal qurilishi
Doro I er. avv. 522-486-yillar hukmronlik qilgan Ahmoniylar Eroni hukmdori
Misrni Eron bilan aloqasini yanada yaqinroq qilish maqsadida er. avv. 600-yillar atrofida
Misr fir’avni Nexo boshlagan Nil daryosidan Qizil dengizga o`tadigan, chala qolgan kanalni
qazishni tugalladi. Hozirgi Suvaysh kanali chegarasida qo`yilgan toshda Doro I o`z yozuvini
qoldirgan.
“Men fors, Erondan… Misrni ishg`ol qildim. Pirava (Nil-V.A) deb ataladigan, daryodan
Misrda oqib, forsdan keladigan dengizga quyiladigan bu kanalni qazishga qaror qildilar. Keyin bu
kanal men qaror qilganday shunday qurildi va kemalar bu kanal bo`yicha Misrdan forsga suzdilar,
meni irodam shunday edi”.
B. И.Авдиев. История древнего
Востока 1965. 556 стр
Do'stlaringiz bilan baham: |