Қадимги юнон-рим тарихи



Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/245
Sana31.12.2021
Hajmi1,7 Mb.
#237148
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   245
Bog'liq
qadimgi dunyo tarixi xrestomatiyasi 95147

XII jadval qonunlari 
Qadimgi Rimda  plebeylarni  patrisiylar bilan kurashi  keskin va qonli bo`lib  uzoq davom etdi.   
Plebeylar  rimdagi jamoa  yerlaridan foydalanish  huquqini olishga harakat qildilar.  Er.avv. V asr   
o`rtalarida plebeylar  tazyiqi  ostida  sud qarorlarini  yozib borish uchun patrisiylar  10 kishi
3
dan 
iborat  komissiya    tuzishga  majbur  bop`ldilar.      Shu  vaqtgacha    Rimda  mansabdor    kishilar  sud 
ishlarini ibtidoiy jamoa  davriga borib taqaladigan eskirib qolgan odatlarga  asoslanar edilar.  Shu 
bilan  birga  magistratparisiylar    hech  qayerda  yozib    qo`yilmaydigan  va    tekshirish  mumkin 
bo`lmagan    odatdagi  huquqga  tayanib  sudlarda    suistemolga    yo`l  qo`yar  edilar.  Desemvirlar 
komissiyasi  yozma    qonunlarni  ishlab    chiqishga  kirishdilar.  Lekin  uning  a`zolari    ish  jarayoni  
o`zlari olgan  cheklanmagan hokimiyatni  suistemol qila boshladilar. Bu plebeylarni  noroziligiga 
olib  keldi  va  ular  yana    Muqaddas  toqqa
4
  chiqib  ketdilar.  Patrisiylkar  yon    berishga  majbur 
bo`ldilar.   Qonun qabul qilinib, o`limga   hukm qilingan har bir  fuqarosi    xalq yig`iniga  himoya 
so`rab  murojaat qilishi mumkin edi.   Bir  vaqtni o`zida  yozma qonunlar  e`lon qilindi.  Ular XII 
mis taxtachalarda  yozilib hamma ko`rishi uchun  Rim forumiga qo`yildi. “XII  Jadval qonunlari”    
rim  jamiyati  va  huquqini    keyingi  taraqqiyotiga    katta    ta`sir  qildi.    Eski,  urug`chilik  urf  – 
odatlariga    asoslangan  sud  bekor  bo`ldi,      xususiy  mulk,      qulchilik  va    tengsizlikni 
mustahkamlaydigan yozma huquq  yuzaga keldi.  Xususiy mulkga  har qanday daxl   qilish qattiq  
jazolandi  va hatto o`limga  hukm  qilindi. 
                                                 
1
 
u Anien orqasida, shahardan 300 qadam uzoqda; Bu rivoyat Aventin tepaligiga ketildi 
degan Pizon ma’lumotidan ko’ra ko’proq tarqalgan.
 
2
 
tribunga  daxl  qilgan  o’zining  barcha  mulki  bilan  yer  osti  podsholigiga  bag’ishlangan 
hisoblanadi;  qonun  homiyligidan  tashqarisida  qolib  u  har  qanday  kishi  tomonidan 
jazosiz o’ldirilishi mumkin edi. 
 
3
 
decem  viri – o`n erkak.
 
4
 
er.avv.  449-yil ikkinchi ketish.
 


 
 246 
 
 
 “XII    Jadval  qonunlari”    da  patrisiy  va  plebeylarni    huquqiy  farqlari      belgilab  berildi.  
Plebeylar  uchun    qarz  foizlari  cheklandi.    Patrisiylar  esa  qonunlar    matniga  o`zlariga    foydali 
bo`lgan    bir  necha  qonunlarni    jumladan,  plebeylarni    patrisiylar  bilan    nikohi  taqiqi,  klientlar 
to`g`risidagi qonunlarni kiritdilar. 
I Jadval. Agar (kimdir) sud ajrimiga chaqirilsa, (chaqirilgan) borsin. Agar (u) bormasa  (kim 
chaqirgan  bo`lsa)  (o`z  chaqiruvini)  guvohlar  bilan  tasdiqlasin,  keyin  esa  uni  majburan  olib 
borsinlar. 
2.  Agar  (chaqirilgan)  (bormaslik  uchun)  bahona  qilsa,  yoki  yashirinishga  urinsa  (kim  uni 
chaqirgani bo`lsa) uni joniga qasd qilsin. 
3.  Agar  (sud  ajrimiga  chaqirilgan  uchun)  uni  kasalligi  yoki  keksaligi  to`siq  bo`lsa 
(chaqirgan), unga yuk hayvoni bersin. (jumentum). Agarda aravani istamasa berish shart emas. 
4. O`z xo`jaligi bilan kun kechiradiganga (sud ajrimiga), o`z xo`jaligi bo`lgan kishi kafolatchi 
bo`lsin. O`z xo`jaligiga ega bo`lmagan fuqaroga kim xohlasa o`sha bo`lsin. 
5.  Agarda  (da’volashayotgan  tomonlar)  kelishuvga  kela  olmasalar,  (ular)  kun  yarmigacha 
tortishish  uchun  forumga  yoki  komitsiumga  kelishsin.  Har  ikki  ishtirokchi  tomonlar  navbat  bilan 
(o`z ishlarini) himoya qilsinlar. 
8.  Kun  yarmidan  keyin  (Magistrat),  sud  ajrimiga  ishtirok  etayotgan    tomonning  talabini 
tasdiqlasin. 
9. Agar (sud ajrimida) ikki tomon ishtirok etayotgan bo`lsa, quyosh botishi sud ajrimi uchun  
oxirgi muddat bo`lsin. 
II  jadaval.  I.  Gay.  Institutsiyalar.  IV.  14.  1000  va  undan        ko`p  ass  da’volar  bo`yicha  sud 
garovi
1
 (500 ass miqdorida)  undiriladi, oz summa-50assga da’volar bo`yicha. XII jadval qonunlari 
bo`yicha shunday belgilangan. Agar tortishuv qandaydir odamning ozodligi  to`g`risida borsa  hech 
bo`lmasa  uni bahosi eng oliy bo`lsa, o`sha qonun bilan  belgilangan ediki, ajrim kafolat to`g`risida 
borishi uchun (ozodligi faqatgina 50 assga teng bahslashilgan odam to`g`risida bo`lsa). 
III  jadval.  I.  (Qarzdorga)  (u)  qarzni  tan  olganidan  keyin  yoki  (unga  qarshi)  sud  qaroridan 
keyin 30 imtiyozli kun (qarzdorlarga berilsin). 
2. (Ko`rsatilgan  muddat tugashi bilan) (davogar) (qarzdor) joniga qasd qilsin.  Uni (qarorni 

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish