227
2-§. Ellin davlatlarining tashkil topishi. Ellinizm madaniyati
Iskandarning o`limidan keyin podsho saylovi va uning davlatini parchalanishini boshlanishi
Kvint Kursiy Ruf, Iskandar tarixi, X7-10
Kvint Kursiy Ruf rim tarixchisi. Er. avv. I asr-eramizning II asri. 10 jildli “Iskandar tarixi”
asarini muallifi.
7. …Askarlar qonuniy vorisdan boshqa hech qanday podshoni qabul qilmasliklarini aytib,
o`jarlik bilan qichqirdilar va Arrideyni taklif qilishni talab qildilar.
(7) Perdikkaga
1
dushmanlik kayfiyatida bo`lgan Meleagr Arrideyni
2
saroyga shosha-pisha
olib keladi
va askarlar uni olqishlab, Filipp ismi bilan podsho deb e’lon qiladilar,
(8) biroq
bu oddiy xalq ovozi edi, yo`lboshchilar boshqa fikrda edilar…
(12) Uzoq vaqt aniq bir qaror qabul qila olmadilar: goh o`z niyatlaridan tovba qildilar, goh o`z
tovbalaridan afsus qildilar. Oxir-oqibatda podshoga sodiqlik g`olib chiqdi va uning
avlodi foydasiga
qaror qabul qildilar. (13) Arridey zodagonlarning obro`yidan qo`rqib ketib, yig`ilishdan chiqib
ketdi, askarlarning ko`tarinki kayfiyati tushdi, lekin zaiflashmadi. Shuning sababli uni yangidan
taklif qildilar. Arridey akasini taxtga qo`yilgan o`sha kiyimini kiydi. (14) Yangi podshoning
qo`riqchisi Meleagr sovutni kiyib qurolni oladi. Uning orqasidan hech qanday huquqqa ega
bo`lmay, podsho hokimiyatiga ilinji bo`lganlarni qoniga tashna bo`lgan, qalqonga nayza bilan
taqillatib falanga yurdi… (16) Perdikka qo`rqib Iskandarning jasadi yotgan xonaga berkinishni
buyuradi. Perdikka bilan amalda o`z botirligini ko`rsatgan 600 kishi bor edi. Unga Ptolemey va
o`smirlarning “podsho kogortasi”
3
, qo`shildi. (7) Lekin askarlarning ko`p ming kishilik olomoni
qiyinchiliksiz, berkitilgan eshiklarni sindirdi. Olomon bilan birgalikda yotoqxonada Meleagr
boshchiligidagi qo`riqchilar to`dasi bilan qurshalgan podsho bostirib kirdi.
(18) G`azablangan Perdikka Iskandarni jasadini himoya qilmoqchi bo`lgan kishilarni chaqirib oldi.
Shunga qaramay bostirib kirganlar Perdikkaga nayza ota boshladilar. Ko`plarni yaraladilar. Oxiri
keksaroqlar yaxshiroq tanilishlari uchun qalpoqlarini yechib, Perdikkani izdoshlariga
kelishmovchilikdan voz kechishni, podsho va ko`pchilikka yon berishni iltimos qildilar. (19)
Perdikka birinchi bo`lib qurolini qo`ydi, qolganlar unga ergashdilar…
8. … Podsho saroyi o`zini eski qiyofasini saqladi, podsho elchilarni qabul qildi, uning oldida
harbiy boshliqlar turdilar, kirishda qo`riqchilar va askarlar to`da bo`lishdi. (9) Ammo chuqur
og`irlik ahvolni umidsizligini bildirar edi…
9. Taqdir makedonlarni o`zaro urushlarga tortdi, chunki ko`plar podsho hokimiyatiga intilar
edi… (7)…Perdikka o`zini qutilishini faqat Meleagrni halokatida ko`rdi…
(11) Ajdodlar odatiga ko`ra qo`shinni poklashga qaror qilindi, voqelik qulay ko`rindi, chunki
kelishmovchiliklar to`xtatilgan edi.
(2) Askarlarni poklash marosimini o`tkazishni makedon podsholari quyidagi tarzda amalga
oshirar edilar. Qo`shin chiqarilgan dalada, uning har ikkala chetida chopib tashlangan itni ichak-
chavoqlari tashlanar edi, tashlangan ichak-chovoqlar oralig`ida askarlar qo`yilar edi: bir tomondan
suvoriylar, ikkinchi tomondan falanga. (13) Belgilangan bu muqaddas marosim kunida podsho
otliqlar va fillar bilan Meleagr qo`mondonlik qilgan piyodalar qarshisida turdi. (15) Qo`shin
1
Iskandarning shaxsiy qo’riqchisi va harbiy boshlig’i, er. avv. 323-321-yillar Makedoniya
regenti.
2
Iskandarni o’gay ukasi.
3
Iskandarni qo’riqchilari.
228
to`plandi, ikki frontni ajratgan oraliq uncha katta emas edi. (16) Bu yerda podsho bilan Perdikkani
gij-gijlashi bilan otliqlar qismi piyodalar oldiga chopib kelib kelishmovchilik sababchilarini o`lim
hukmiga berishni talab qildi, qaysiki o`zi ularni himoya qilishi kerak edi. Agar bosh tortilgan
taqdirda podsho piyodalar ustiga otliqlar va fillarni tortishi bilan dag`dag`a qildi. (17) Piyodalar
kutilmagan baxtsizlikdan qotib qoldilar. Meleagrni o`zi, izdoshlariga o`xshab o`zini yo`qotib
qo`yib, dovyurakligini tark etdi….. (18) Shunda Perdikka hayratga tushganlari va mutlaqo o`zlarini
yo`qotib qo`yganlarini ko`rib 300 kishini qolganlardan ajratib fillarni oldiga qo`ydi. Bular
Iskandarni vafotidan keyin askarlarni birinchi yig`inini u Meleagr tark etganda, Meleagrga
ergashganlar edi. Ularni barchasini fillar toptadilar, shu bilan birga Filipp buni taqiqlamadi ham,
rag`batlantirmadi ham…. (20) Keyinchalik Perdikkani makkorligini anglab yetgan Meleagr
o`shanda safga xotirjam qoldi, chunki bevosita zo`ravonlik unga qarshi qaratilmagan edi. (21)
Tezda qutilib qolishdan umidini uzib, o`zi podsho qilib ko`targan kishini nomi bilan dushmanlar
unga halokat tayyorlayotganini ko`rib, Meleagr ibodatxonaga qochdi. Va u yerda o`ldirildi…
10. Qo`shinni shaharga qaytarib, Perdikka yo`lboshchilarni kengashga chaqirdi, bu yerda
podsho oliy hokimiyatga ega bo`lishi uchun, davlat boshqaruvini shunday taqsimlashga qaror
qildilar, Ptolemey Misr satrapi etib tayinlandi, va Afrikani qaram qabilalarini boshqardi;(2)
Laomedontga Suriya, Finikiya bilan berildi, Kilikiyaga Flot tayinlandi, Antigonda Likiyani,
Pamfiliya, Buyuk Frigiya bilan egallash topshirilgan edi; Kariyaga Kassandr yuborildi, Lidiyaga-
Menandr; Gellespontga tutashgan kichik Frigiyani Leonnatga boshqaruvga berdilar. (3)
Kappadokiya, Paflagoniya bilan Yevmenga o`tdi; unga bu mamlakatni Trapezuntgacha himoya
qilish va Ariarat
1
bilan urush olib borish topshirildi, oxirgi faqat birgina u bo`ysunishdan bosh
tortdi.
(4) Pitonga Midiya topshirildi, Lisimaxga Frakiya va u bilan qo`shni Pont viloyatlari.
Hindiston, Baqtriya, So`g`diyona xalqlari hamda okean va Qizil dengiz qirg`oqlari avval kim
boshqargan bo`lsa, bu viloyatlarni osha oldi. Perdikka podsho oldiga turib podshoga hamrohlik
qiladigan qo`shinga qo`mondonlik qildi.
(5) Ba’zilar viloyatlarni bunday bo`linishini Iskandar vasiyat qilgan deb taxmin qildilar, lekin
bu ma’lumotlar
olimlardan kelib chiqsada, bizga ma’lumki hech nimaga asoslanmagan.
(6) Davlat bo`linishidan keyin har kim o`zi aqlan o`z qudratini mustahkamlashi mumkin edi,
agarda tiyilmagan hissiyotlar chegaralari qachonlardir mavjud bo`lsa edi…
(8) Tasodif bеrgan narsaga qanoat qilish qiyin edi: katta narsaga umid qilishda erishilgan narsa
juda kam tuyuladi. Shuning uchun hamma avvalo o`z podsholigini olishdan ko`ra, o`z podsholigini
yanada kеngaytirish o`ziga tortganday ko`rindi.
Хрестоматия по истории древнего мира. М., 1991. 199-202 стр
Do'stlaringiz bilan baham: