259
taklifni ham qaytardi, shundan so`ng Tiberiy bunday holda agar u o`ylab ko`rib qarorini
o`zgartirmasa Okatviyni almashtirish to`g`risidagi masalani ovozga qoyishini aytdi va shundan
keyin yig`ilishni tarqatdi.
XII.
Keyingi kun xalq to`planishi bilan Tiberiy tribunaga ko`tarildi va yana Oktaviyni
ishontirishga urindi, lekin u qat’iy qolaverdi. Shunda Tiberiy Oktaviyni tribunatdan chetlatish
to`g`risidagi qarorni taklif qildi va shu yerdayoq bu masalani ovozga qo`ydi. Trib
1
Rimda 35 ta
edi, ulardan 17 tasi Oktaviyga qarshi ovoz berdilar, agar ularga hech bo`lmaganda yana bir trib
qo`shilganda edi, Oktaviyga xususiy hayotga qaytishga to`g`ri kelar edi. Shunda Tiberiy ovoz
berishni to`xtatishga buyruq berdi va Oktaviyga murojaat qiliub, xalq oldida uni o`pdi va o`zini
sharmanda qilishga yo`l qo`ymasligini so`rab uzoq yolvordi, uni Tiberiyni qattiq va eng oxirgi
choralar ko`rishga majbur qilmaslikni so`radi. Aytishlaricha Oktaviy bu iltimoslarni o`jarlik va
qat’iyatni bildirmay eshitdi; uni ko`zlari yoshga to`ldi va uzoq jim bo`ldi; lekin qachonki uni nigohi
to`da bo`lib turgan boylar va mulkdorlarga tushganda u ko`rinishda uyalib va ularni oldida
sharmanda bo`lishdan qo`rqib, barchasiga oxirigacha chidashga qaror qildi va Tiberiy u bilan
nima istasa shuni qilsin deb aytdi. Shunday qilib qaror qabul qilindi va Tiberiy o`zining ozod
qo`yilgan
qullaridan biriga
2
Oktavianni kuch bilan tribunadan olib ketishni buyurdi…
XV. Shunday qilib u bu safar ham yig`ilishni tarqatdi; lekin uni Oktaviyga nisbatan qilgan
harakatiga nafaqat zodagonlar va xalq ham haddan tashqari zo`r berishni ko`rinishini
1
ko`rdi deb his
qildi, u xalqqa so`z bilan murojaat qildi, undan uni so`zlarini ishonchli va mazmunli ekanligi
tushunchasini beradigan ba’zi isbotlarni keltirish maqsadga muvofiq bo`ladi. “Xalq tribuni,-dedi
Tiberiy;-muqaddas va daxlsiz shaxs, chunki uning faoliyati xalqqa va uning manfaatlarini himoya
qilishga bag`ishlangan. Lekin agarda tribun xalqdan yuz o`girib unga zarar keltirsa uni hokimiyatini
kamsitsa, uni ovoz berishiga to`sqinlik qilsa, shunda u o`z majburiyatini bajarmagani uchun o`z
vazifasidan o`zini mahrum qiladi. Mayli u Kapitoliyni buzib tashlasin edi, Arsenalni yoqib yuborsin
edi va bunday tribunga oxir-oqibat chidash mumkin edi. Shunday qilib u yomon tribun bo`lishi
mumkin edi; kim agar xalq hokimiyatini inkor qilsa u tribun emas, chidab bo`ladimi, tribun hatto
konsulni quvg`in qilishi mumkin, xalq esa tribunni hokimiyatdan mahrum qilishi huquqiga ega
emas, qaysiki u xalqqa zarar qilib uni su’istemol qiladi. Axir xalq konsul va tribunni saylaydi…
Shunday qilib xalqqa qarshi gunoh qilgan tribunni xalqni o`zidan olingan o`z daxlsizligini saqlashi
mumkin emas, chunki u o`zini ko`targan o`sha kuchni buzadi. Agar tribun uchun ko`pchilik triblar
o`z ovozlarini bergan bo`lsalar u tribunatni adolatli oladi demakdir; undan tribunatni tortib olish
yanada adolatli bo`lmaydimi, agar unga qarshi barcha triblar ovoz bergan bo`lsa… Va xalq tribun
hokimiyatini bir kishidan bovhqasiga o`tkazish huquqiga ega… Bu hokimiyat daxlsiz va
almashmaydigan hisoblanishi mumkin emas: axir unga ega bo`lgan odamlar ko`p hollarda undan
voz kechadilar.
XVIII. Keyin Mutsiy yana ovozlarni triblar bo`yicha yig`ishga kirishdi, lekin hech nima qila
olmadi, raqiblar oldinga surilib, tartibsiz aralashib, birovlarni siqib va siqilib g`oyatda tartibsizlikni
keltirib chiqardilar. Bu vaqtda senator Fulviy Flakk shovqin-suronda eshitilishiga qaramay
ko`rinadigan joyda turib qo`li bilan ishora qilib bu bilan Tiberiyga hali bir nima xabar qilmoqchi
ekanligini ko`rsatdi. Tiberiy olomonga tarqalishni buyurdi va Flakk qiyinchilik bilan turib,
Tiberiyga yaqin kelib senat majlisida boylar o`z tomonlariga konsulni og`dirib olishga
muvaffaqiyatsiz uringanlaridan so`ng uni Tiberiyni o`ldirishga o`zaro til biriktirganlari va buning
uchun katta miqdorda tayyor qurollangan qullar do`stlari borligini xabar qildi.
XIX. Tiberiy bu fitna to`g`risida o`ziga yaqin turganlarga xabar berishi bilan, ular shu ondayoq
togalarini bog`ladilar, xodalarni sindirib, ularni yordamida liktorlar olomonni siqib qo`ydilar va bu
sindirilgan xodalar bilan qurollanib hujum bo`lgan taqdirda himoyaga tayyorlana boshladilar. Orqa
qatorda odamlar bo`layotgan narsalarga hayron bo`lib qaradilar va nima gap deb so`radilar. Shunda
Tiberiy, uni ovozini eshita olmas edilar, unga xavf tahdid solayotganini tushuntirish maqsadida
qo`li bilan boshini ushladi. Lekin dushmanlar bu ishorani ko`rib, shu ondayoq senatga yugurib,
Do'stlaringiz bilan baham: