261
qilganlarini ko`rsatdi. Tribunadan so`zlanadigan nutqlardan ko`ra odamlar bilan muloqotda va
amaliy ishlarda u yana kuchliroq xalq yo`lboshchisi edi.
XIV. Shunda senatorlar kuriyaga qaytdilar va qaror qilib konsulga shaharni har qanday
choralar bilan qutqarish va turanlarni qirib tashlashga topshiriq berdilar. Topshiriqni qabul qilib,
Opimiy senatorlarga qurollanishni buyurdi va suvoriylarga, keyingi kuni kun chiqishi bilan
ularni har biri o`zi bilan ikki qurolli qullarni olib kelishni xabar qildi. Fulviy o`z navbatida
himoyaga tayyorlandi va o`z atrofida ko`p sonli olomonni to`pladi , Gay maydondan ketayotib
o`z otasini haykali oldida to`xtadi, uzoq va jim unga qaradi va achchiq ko`z yoshi to`kib uf
tortib ketdi. Uni ko`rgan ko`plar uning g`ami bilan chuqur ta`sirlandilar va shunday odamni
tashlab ketganlari va unga xiyonat qilganlari uchun o`zlarini koyiy boshladilar, keyin Gayni
ortidan
uni uyigacha borib, uning eshigi oldida tunda qo`riqchilikda turdilar …
XV. Gay qurollanishni istamadi va odatda qilganidek forumga bora turib belida kichik
xanjar bilan togani kiydi. U chiqayotgan vaqtda xotini eshikda uning oldida tiz cho`kdi, bir
qo`li bilan uni, boshqasi bilan kichkina o`g`lini quchoqlab. “Avvalgidek men seni Gay
tribunaga kuzatayotganim yo`q – dedi u – sharafli yurishga emas, qayerda sen boshqalar bilan bir
qatorda halok bo`lishing mumkin edi va menga yupanch uchun faxrli ta`ziya qoldirishing
mumkin edi;
Tiberiyni qotillari qo`liga o`zingni topshirayapsan, o`zingni haqligingni his qilib birovga qo`l
ko`tarishdan ko`ra hammasiga chidashga tayyorsan. Lekin seni o`liming seni vataningga hech
qanday foyda keltirmaydi. Yovuzlik baland keldi va temir va zo`ravonlik bilan sud qilyapti.
Agar sening akang Numansiya dalalarida halok bo`lganida edi, dushmanlar tinchlik
shartnomasini tuzib, bizga uni jasadini berar edilar. Menga esa qaysidir daryo yoki dengizga
ular yashirgan seni jasadingni berish uchun toat- ibodat qilish bitilgan bo`lsa kerak. Tiberiyni
o`limidan keyin qonunlar va xudolarni o`zlariga tayanib bo`ladimi?” Lisiniya ko`z yoslari
bilan shunday gapirdi, Gay uni qo`lini chetga olib do`stlari hamrohligida jimgina chiqdi. Uni
kiyimini chetidan ushlab qolishga urinib Lisiniya yerga yiqildi, uzoq vaqt yig`isini yutib jim
yotdi, xushsiz yotgan uni qullar ko`tardilar va akasi Krassga olib bordilar.
XVI. Hech kim Gay jang qilganini ko`rmadi. U chuqur ta`sirlanib Diana
1
ibodatxonasiga
ketdi. U o`zini o`ldirmoqchi bo`lganda, uning sodiq do`stlari Pomponiy va Lisiniy bunga
xalaqit berdilar, qaysiki uni qo`lidan qilichni tortib olib qochishga ko`ndirdilar. Shunda
aytishlaricha Gay tiz cho`kib ma`budaga qo`lini cho`zib rim xalqi yaxshilikni bilmagani va
xoinlgi uchun abadiy qullik bilan jazolashini undan yolvorib so`radi, chunki xalq
jazolanishdan ozod bo`lgani bilan ochiqdan – ochiq unga xiyonat qildi.
XVII. Dushmanlar qochib ketayotgan Gayni taqib qildilar, unga yog`och ko`prikda yetib
oldilar, o`sha ikki do`st uni qochishga majbur qilib, o`zlari dushmanga yuz o`girib ular bilan
jangga kirishdilar, ularni ko`prik oldida ikkalasi ham halok bo`lib qulaganlaricha tutib
turdilar. Gayning Filokrat ismli quli u bilan birga qochdi, yo`lda ularga uchragan odamlar
qochoqlarni qandaydir musobaqada bo`lgani kabi faqat dalda berdilar, lekin unga hech nima
bilan yordam berishga urinmadilar va hatto dushmanlar unga yetib olayotganini ko`rib Gay
juda iltimos qilib so`rasada ulardan hech kim Gayga ot bermadi. Nihoyat Gay Furiya
2
ga
bag`ishlangan uncha katta bo`lmagan daraxtzorga qochib kirdi va u yerda sodiq quli Fulokrat
qo`lidan ko`ngilli ravishda o`limni qabul qildi, u xo`jayinini o`ldirgach o`zini hayotdan mahrum
qildi. Lekin boshqalarni hikoya qilishicha go`yoki ular hali hayotliklarida dushman qo`liga
tushadilar, shunda Filokrat xo`jayinini shunday mahkam quchoqlaydiki, hujum qilganlardan
hech kim uni qulini o`ldirmasdan Gayni o`ldira olmaydi. Yana hikoya qilishlaricha qandaydir
odam Gayni boshini nayzaga ildirib ko`tarib borayotganda, Opimiyni og`aynisi qandaydir
Septimuley hali jang boshlanguncha e`lon qilingan kim agarda Gay va Ful`viyning boshini
olib kelsa, ularni o`girligiga teng oltin olishi to`g`risidagi konsulning va`dasini eslab, uni
tortib oldi. Gayning boshi nayza uchida Opimiyga olib kelindi.Taroziga qo`yilib u 17 1/2
Do'stlaringiz bilan baham: