244
birga u yaqinda olgan zarbalardan iz qolgan mo`mtaloq bo`lgan yelkasini ko`rsatdi. Buni ko`rib va
uni hikoyasini eshitgan xalq baland qichqiriq ko`tardi. Bu shovqin forum bilan cheklanib qolmay
butun shaharga tarqaldi. Kishanli va kishansiz qarzdorlar hamma joydan ko`chaga yopirilib chiqib,
kviritlarni
1
himoyaga chaqirdi. Hamma joydan isyonchilar orqasidan ergashishga tayyor kishilar
keldi; ko`p sonli olomon barcha ko`chalar bo`yicha qichqirib, forumga yugurdilar, tasodifan
forumda bo`lgan senatorlar katta xavfga duchor bo`lib bu olomonga tushdilar, agarda konsullar P.
Serviliy va Ar. Klavdiy bu isyonni bostirishga shoshilmasalar u qo`llariga erk berishi mumkin edi.
Shunda olomon ularga murojaat qildi va o`zlarini kishanlari va ayanchli qiyofalarini ko`rsata
boshladilar; turli joylarda xizmat qilishlarini ko`rsatib, qay ahvolgacha xizmat qilganlarini vaj
ko`rsatdilar. Iltimos qilishdan ko`ra, tahdid qilib senatni chaqirishni talab qildilar jamoa kengashiga
o`zlari rahbarlik qilish va qaror qilishga tayyorlanib Kuriyani o`rab oldilar. Faqat ozgina, tasodifan
duch kelgan senatorlarni konsullar to`pladilar; boshqalari nafaqat kuriyada, forumda ham
ko`rinishdan qo`rqdilar va senatni kam sonligidan hech qanday kengash bo`lishi ham
mumkin emas edi. Shunda xalq o`zini ustidan mazax qilinib ish cho`zilmoqda degan qarorga keldi;
bu yerga senatorlarni ishtirok etmasligi tasodif emas, qo`rqishdan emas aksincha ishni cho`zish
uchun; konsullarni o`zi shubhasiz ularni qashshoq ahvolini mazax qilib, o`zlarini chetga
olmoqdalar. Va ish shunga yaqin ediki, hatto konsullarning yuqori unvonlari ham olomonni
g`azabini ushlab tura olmaydi, va nihoyat konsullarni o`zi nima xavfliroq: paysalga solishmi yoki
borish kerakmi bilmay qoldilar; va nihoyat ko`p kishili kuriya yig`ini bo`lganda, senatorlar ham
konsullar ham o`zaro kelisha olmadilar: Qaysar tabiatli bo`lgan Appiy konsul hokimiyatini ishga
solish kerak deb o`yladi, yumshoq choralarga moyil bo`lgan Serviliy ko`tarilgan xalqni majaqlab
tashlash emas,
tinchlantirish, xavfsizlantirish maqul deb hisoblar edi.
Shu orada boshqa katta tahdid paydo bo`ldi: latin suvoriylari, volsklar qo`shin bilan shaharni
qamal qilishga kelayapti degan dahshatli xabar bilan yugurib keldilar. Bu xabar patritsiy va
plebeylarga mutlaqo qarama-qarshi ta’sir qildi: kelishmovchilik bir davlatni ikki partiyaga
shunday bo`lib tashladi. Plebeylar xudo patritsiylar g`ururini jazolovchi bo`lib kelayapti deb
quvondilar, bir-birlarini qo`shinga yozilmaslikka undadilar, bitta-bittadan ko`ra birgalikda o`lgan
afzalroq, patritsiylar xizmat qilaversin, qurollanaversin, faqat o`sha kishilargina, urush xavfiga duch
kelsinlar va undan foyda ko`rsinlar. Shuningdek, ham fuqarolar tomonidan, ham dushmanlar
tomonidan ikki xavfdan g`amga botgan va qo`rqib qolgan senatorlar xalq bilan yaxshi murosa qila
oladigan Serviliydan shunday katta xavfga qolgan davlatni qutqarishni so`ray boshladilar. Shunda
konsul senatni tarqatib, xalq yig`iniga keladi, bu yerda u senat xalqni ahvolini yaxshilash
tashvishiga tushgan deb xabar beradi; masalani muhokama qilishga katta bo`lsada, davlatni qismi
to`g`risida, butun davlat uchun qo`rqish xalaqit berdi. Ha, dushman deyarli shahar darvozasi oldida
turganda, urushdan oldin biror narsaga urinish mumkin emas; shu bilan birga agarda shu tomondan
qandaydir yengillik bo`lmaganda edi, plebeylar uchun ham, ular va vatan uchun qurol ko`tarishlari
faqat mukofot olganliklari uchun faxrli bo`lmas edi, patritsiylar uchun o`z fuqarolarini og`ir ahvoli
uchun g`amxo`rlik qilish ko`ngilli ravishda emas, qo`rquv ostida bo`lish patrisiylar uchun ham
to`g`ri kelmas edi.
U o`z nutqiga ishonchni edikt bilan chaqirdi, hech kimni Rim fuqarosini kishanda yoki
hibsda saqlashni shu bilan uni konsullarda qo`shinga yozilish imkoniyatini yo`q qilish taqiqlandi,
qarorgohda turgan vaqtda harbiyni mulkiga egalik qilish, yoki sotish yoki uni bolalari, nevaralarini
bezovta qilish taqiqlandi. Bu qaror e’lon qilinishi bilan sobiqlar qo`shinga yozildilar, shaharni
barcha joylaridan qasamyod qilish uchun forumga yugurdilar, uydan qochib chiqqan mahbuslar
qaysiki qarz beruvchilardan ularni ushlab turish huquqi tortib olingan edi. Shunday tarzda katta
qism tuzildi va volsklar bilan urushda, uning jasorati va qunt qilishi boshqalardan ajralib turar edi.
Konsul qo`shinni dushmanga qarshi qo`ydi va undan uncha uzoq bo`lmagan masofaga qarorgoh
qurdi…
Keyin patritsiylarni qo`shin tarqatilgan holda, yana maxfiy yig`ilishlar va kengashlar
boshlanib ketmasin degan qo`rquv egallab oldi. Va askarlar konsullarga qasamyod qildilar,
Do'stlaringiz bilan baham: