Adam Smitning «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to„g„risida tadqiqot»



Download 450 Kb.
bet1/10
Sana09.02.2022
Hajmi450 Kb.
#438785
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
adam smit. mustaqil ish


Adam Smitning iqtisodiy qarashlari


Buyuk ingliz iqtisodchisi Adam Smitning «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to„g„risida tadqiqot» asari zamonaviy iqtisod fanining boshlanishi hisoblanadi. A.Smit o’z davridagi iqtisodiy bilim va konsep- siyalarini umumlashtirdi va tizimlashtirdi. U xo’ja- lik hayotining asosiy sohalarini tavsiflab beruvchi bir butun nazariya yaratdi.
Adam Smit (1723–1790) Shotlandiyaning Kerkoldi shahrida bojxona amaldori oilasida dunyoga keldi. U Glazgo va Oksford universitet- larida ta‘lim oldi, bu yerda adabiyot, tarix, falsafa fanlari bilan birga fizika, matematikani ham o’rgandi. A.Smit 1748-yilda Edinburgda ommaviy leksiyalar o’qiy boshladi, 1751-yilda Glazgo
universitetining professori etib tayinlandi. Keyinchalik ijtimoiy fanlar kafedrasini boshqardi. A.Smit 1759-yilda o’qigan leksiyalari asosida etikaning falsafiy muammolariga bag’ishlangan o’zining birinchi
«Axloqiy hissiyot nazariyasi» kitobini yaratdi.
1764-yili A.Smit hayotida keskin o’zgarish bo’ldi: u kafedrani tark etdi va o’sha davrda ko’zga ko’ringan siyosiy arbob – gersog Baklning o’g’li yosh lordning xorijga qiladigan sayohatida unga hamrohlik qilish to’g’risidagi taklifini qabul qildi. Bu sayohatdan A.Smit katta moddiy manfaatdorlik ko’rar edi, ya‘ni umrining oxirigacha unga har oyda 800 funt sterling kafolatlangan edi. Bu uning professorlik gonoraridan ancha ko’p bo’lgan. Sayohat chog’ida u Shvetsariyada Valter, Fransiyada fiziokratlar F.Kene, A.Tyurgo, D.Alamber va boshqa atoqli olimlar bilan uchrashdi, ularning ishlari bilan tanishdi. Bu uchrashuvlar A.Smit dunyoqarashining shakllanishiga katta ta‘sir ko’rsatdi.
1766-yilda u o’z yurtiga qaytib keldi va «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot» nomli asosiy asarini yozishga kirishdi. Bu asar 1776-yilda birinchi martda chop etildi. Asarda
insoniyat tomonidan oldin yaratilgan iqtisodiy bilimlar umumlashtirildi va umumiy nazariy tamoyil asosida iqtisodiy fan tizimiga aylandi.
A.Smitning bu asari besh qismdan (kitobdan) iborat bo’lib, birinchi qismida qiymat va qo’shimcha daromad muammolari tadqiq etildi, ikkinchisida – kapital jamg’arilishi va uning funksional shakllari, uchinchisida – kapitalizm rivojlanishining tarixiy shart-sharoitlari ko’rsatib berildi, to’rtinchisida – o’zining merkantilizm va fiziokratlar ta‘limotiga bo’lgan munosabatlari aks etdi, beshinchi qismida davlat moliyasi masalalari ko’rib chiqildi. Bu asar A.Smit hayot paytidayoq to’rt marta, uning o’limidan keyin asr oxirigacha yana uch marta qayta nashr etildi. U nafaqat Angliyada, balki chet ellarda ham zo’r qiziqish uyg’otdi. A.Smitning bu buyuk asari dunyodagi barcha keyingi iqtisodiy ta‘limotlarining rivojlanishiga va ko’pchilik davlatlarning iqtisodiy siyosatiga o’zining katta ta‘sirini ko’rsatdi.



Download 450 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish