O‘quv kursining to‘liq nomi:
|
Adabiyotshunoslik tarixi
|
Kursning qisqacha nomi:
|
AdT
|
AdT
|
Kafedra:
|
O‘zbek adabiyoti tarixi va matnshunoslik
|
O‘qituvchi haqida ma’lumot:
|
1.Rahmonov Nasimxon Asqarovich
|
E-mail: nasimhon_r@mail.ru
|
Semestr va o‘quv kursining davomiyligi:
|
1-semestr
18 hafta.
|
O‘quv soatlari hajmi:
|
jami:
|
122
|
|
shuningdek:
|
|
|
ma’ruza
|
34
|
|
seminar
|
34
|
|
mustaqil ta’lim
|
54
|
|
O‘quv kursining statusi:
|
umumkasbiy fanlar bloki
|
Dastlabki tayyorgarlik:
|
- Mumtoz tarixiy poetikaga kirish
(kursining maqsad va vazifalari);
|
IShChI O’QUV REJA
Kirish
Adabiyotshunoslik ilmini o‘rganishda uning tarixi, vujudga kelishi, shakllanish manbalari, tarixiy taraqqiyot tamoyillarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki har bir fanning tarixini o‘rganmay turib, uning hozirgi holati haqida tasavvur yuritish mumkin emas, fanning holatini, rivojlanish tendentsiyalarini bilmagan talaba yoki tadqiqotchining ilmiy tadqiqot olib borishi mushkul.
Ushbu fan doirasida adabiyotshunoslikdagi ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari jalb qilinadi hamda kompyuter yordamida adabiyotshunoslik tarixiy tamoyillariga amal qilingan holda uning tahliliga kirishiladi. Jamiyatni demokratlashtirish jarayonida va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilishda ushbu fan yoshlarni mustaqil fikrlashga o‘rgatadi va badiiy adabiyot va adabiyotshunoslik tarixiga ijodiy yondoshishni shakllantirishga yordam beradi.
Fanning maqsadi va vazifalari
“Adabiyotshunoslik tarixi” fanini o‘qitishdan maqsad jahon estetik tafakkuri va adabiyotshunosligi erishgan yutuqlarni zamon talablari nuqtai nazaridan o‘rganishdan iborat. Ushbu fanning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
jahon adabiyotshunosligi tarixi manbalarini global ko‘lamda ekanini tasavvur qilish;
adabiy-nazariy tafakkur taraqqiyotidagi davriy bosqichlar mohiyatini aniqlash;
Sharq va G’arb tafakkurlararo mushtarak va farqli jihatlarga tipologik yondashish;
qadimgi davrda yaratilgan (Shumer, Yunon, Rim, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyoda yaratilgan adabiyotshunoslikk oid asarlarni o‘rganish;
Uyg‘onish davri adabiyotshunosligining jahon adabiy-nazariy tafakkuri tarixidagi o‘rnini belgilash;
Adabiyotshunoslik taraqqiyotiga xizmat qilgan adabiy oqimlarning adabiy tafakkur tarixidagi o‘rnini belgilash;
XX asr yangi davr adabiyotshunosligining vujudga kelishida omil bo‘lgan nazariya va kontseptsiyalarning adabiyot tarixidagi o‘rnini belgilashdag iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |