Adabiyotshunoslik nazariyasi



Download 390,43 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana10.04.2022
Hajmi390,43 Kb.
#541661
  1   2   3   4
Bog'liq
“ADABIYOTSHUNOSLIK NAZARIYASI” FANIDAN YAKUNIY NAZORAT UCHUN TEST




FILOLOGIYA VA TILLARNI O’QITISH:O’ZBEK TILI YO’NALISHI 
TALABALARI UCHUN “ADABIYOTSHUNOSLIK NAZARIYASI” FANIDAN 
YAKUNIY NAZORAT UCHUN TEST 
 
1.Adabiyotshunoslik fanining ob’ekti nimalardan iborat?
+Barcha javoblar to’g’ri. 
-Buyuk yozuvchilarning fikrlari, adabiy tanqid, adabiyot tarixi.
-Yozuvchilarning asarlari, o‘tmish adabiy jarayon.
-So‘z san’ati, adabiyotning janrlari.
2.«Adabiyot» atamasining tor ma’nosini aniqlang?
+Badiiy asarlar. 
-Kitoblar, broshyuralar, maqolalar.
-Qishloq xo‘jaligi, texnika, meditsina, siyosatga doir asarlar jami.
-«Adabiyotshunoslikka kirish», «Adabiyot nazariyasi»ga o‘xshash darsliklar.
3.«Literatura» terminini kim ilmiy asoslagan va maxsus ma’noda qo‘llagan?
+Aristotel.
-Bualo.
-Didro.
-M.Gorkiy.
4.«G’oyasiz san’at – murdaning o‘zidir» haqiqati kimning qaysi asaridan?
+N.A.Dobrolyubovning «Haqiqiy kun qachon keladi» asaridan.
-N.G. Chernishevskiyning «San’atning voqelikka estetik munosabati» asaridan.
-T.Boboyevning «Adabiyotshunoslikka kirish» qo‘llanmasidan.
-V.G.Belinskiyning «Tanlangan asarlari» dan. 
5.Adabiyotshunoslikning qo‘shimcha sohalarini aniqlang?
+Manbashunoslik, bibliofrafiya, matnshunoslik. 
-Tanqidchilik, tarixshunoslik.
-Estetika, etika, pedagogika.
-Tilshunoslik, odobshunoslik, aruzshunoslik.
6.Adabiy tanqidning o‘ziga xos xususiyatlarini toping?
+Adabiy jarayonning yangi asarlarini, muhim muammolarini hozirgi kunning 
ijtimoiy-siyosiy talablari asosida tahlil qiladi, kitobxon va asar o‘rtasida ko‘prik 
vazifasini o‘taydi. 
-Turli davrlarda yaratilgan va birinchi manba hisoblangan asarlarni o‘rganadi.
-Turli xil yangi asarlarning tematik va xronologik ro‘yxatini tuzadi, tahlil qiladi.
-Turli metodlar va oqimlar, turlar va janrlarni, nazariy qoidalarni o‘rganadi.



7.Hamid Sulaymon, Solih Mutallibov, Porso Shamsiyev, Yusuf Sultonov, Vahob 
Ro‘zimatov kabi olimlarning qaysi sohadagi xizmatlari kattadir?
+Tekstologiya fanida. 
-O‘zbek adabiyoti tarixida.
-O‘zbek adabiy tanqidida.
-Adabiyot nazariyasi va metodologiyasida.
8.Atributsiya fani nimani o‘rganadi?
+Avtori noma’lum asarning muallifini, yozilgan joyi va vaqtini aniqlashni. 
-Asarning asl nusxasini tiklashni.
-Asarlarning ilmiy-tanqidiy matnlarini tayyorlashni.
-O‘rganilishi zarur bo‘lgan adabiy matnlarni aniqlaydi.
9.«Adabiyotshunoslikka kirish» darsliklari avtorlarini aniqlang?
+N.Shukurov, Sh.Xolmatov, T.Boboyev 
-N.Mallayev, V.Abdullayev, G’. Karimov.
-O.Sharafiddinov, U.Normatov, V.Rahmonov.
-A.Zunnunova, B. Valixo‘jayev, I.Mirzayev.
10.Ijtimoiy ongga nimalar kiradi?
+Qarashlar, tasavvurlar, g’oyalar, axloq, din, falsafa, adabiyot va sh .k. 
-Moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish.
-Ishlab chiqarish jarayonida vujudga kelgan munosabatlar.
-Jamiyatning moddiy hayoti.
11.San’atning turlarini aniqlang?
+Arxitektura, muzika, kino. 
-Ximiya, fizika, matematika.
-Tarix, falsafa, axloq.
-Mexanika, biologiya, anatomiya,
12.Adabiyotning bosh predmeti nima?
+Inson. 
-Tabiat.
-Xudolar, hayvonot dunyosi.
-Buyumlar, jismlar, narsalar.
13.Adabiyotning vazifasi nima?
+Insonni tarbiyalash. 



-Hayotiy munosabatlarni tasvirlash.
-Mehnatni ulug’lash.
-Odamni zavqlantirish.
14.«O‘zining intilishlari, ishlarining butun xilma-xilligi bilan, o'zining o'sishi va 
tanazzulga ketishi jarayoni bilan odam badiiy adabiyotning materiali bo’lib xizmat 
qiladi». Kimning fikri? 
+M.Gorkiy 
-N.Shukurovniki.
-F.Golovechenkoniki.
-L.Timofeyevniki. 
15.«Yozuvchining materiali – uning o ‘zi kabi xususiyatlar, niyatlar, xohishlarga
ega bo‘lgan, did va kayfiyatlari o ‘zgarib turadigan insondir». Ushbu fikr muallifi 
kim? 
+M.Gorkiy 
-I.Sultonniki.
-T.Boboyevniki.
-N.Shukurovniki.
16.Ijodiy metod taqozosiga ko‘ra obrazlar qanday turlarga ajratiladi? 
+romantik va realistik 
-mifologik va majoziy 
-salbiy va ijobiy 
-zamonaviy va tarixiy 
17.Obrazning asosiy xususiyatlarini aniqlang?
+Umumlashmalik, individuallik, badiiy to‘qima, emotsionallik. 
-Badiiy til, predmet, adabiy qahramon, lirik qahramon.
-Peyzaj, interyer tasviri, hayot tasviri, tip.
-Adabiy fakt, hayot haqiqati, prototip, xarakter.
18.Badiiy xarakter nima?
+Ma’lum iroda yo‘nalishiga va individual psixologik xususiyatlariga ega bo‘lgan, 
asarda katta «nagruzka» tashuvchi shaxs obrazi. 
-Asarda qatnashuvchi barcha odamlar tasviri.
-Asardagi qahramonning xususiyati, belgisi.
-O‘ziga xos psixologik belgilarga ega obraz.
19.«Tip» terminining ma’nosini toping?
+Iz, nusxa, namuna, tamg’a. 



-Ilk, dastlabki, boshlang’ich.
-Ma’shuqa, oshiq, ramz.
-Predmet, mazmun.
20.Kalvak Mahzum («Kalvak Maxzumning xotira daftaridan»), Qori Ishkanba 
(«Sudxorning o‘limi»), Mulla Dilkash («Hiylai sha’riy») kabilar obrazlarning qaysi 
turiga mansub?
+Satirik obrazlar. 
-Afsonaviy obrazlarga.
-Simvolik obrazlarga.
-Komik-yumoristik obrazlarga.
21.Sujetni harakatga keltiruvchi asosiy kuch qaysi?
+Hayot ziddiyati 
-Badiiy konflikt. 
-Xarakter 
-Sotsial konflikt 
22.Ekspozitsiya nima?
+Asar voqeasi bo‘lib o‘tadigan shart-sharoit tasviri, tugungacha bo‘lgan tasvirlar. 
-Asarning keyingi rivojiga ta’sir etuvchi tugun. 
-Qahramonlar harakatini aniqlovchi vosita. 
-Asardagi voqealar rivojining cho‘qqisi. 
23.Badiiy asar syujetida konflikt va harakatning paydo bo‘lishi, boshlanishiga 
sabab bo‘ladigan voqeaning elementi qaysi?
+Tugun 
-Kulminatsiya 
-Ekspozitsiya 
-Voqea rivoji 
24.«Epilog» so‘zining ma’nosini toping?
+‘ng so‘z 
-Dastlabki holat 
-Oldingi so‘z 
-Muqaddima 
25.Sujetning asosiy elementlarini aniqlang?
+Ekspozitsiya, tugun, voqea rivoji, kulminasiya, yechim 
-Qistirma epizod, lirik kechinma, epik holat 
-Prolog, ekspozisiya, epigraf, kompozitsiya markazi 



-Ekspozitsiya, epilog, sarlavha, tasvir me’yori 
26.Badiiy asar kompozitsiyasini qanday tushunasiz?
+Asarning tuzilishi, qurilishi 
-Asar qahramonlarining joylashish tartibi 
-Sujetni fabula talablariga muvofiq o‘zgartirish 
-Badiiy asardagi obrazlilikni yuzaga chiqaruvchi bosh unsur 
27.Realistik asar kompozitsiyasining qalbi nima?
+Kompozision markaz 
-Tasvirida me’yor 
-Obrazlarning yagona sistemaga birlashishi 
-yozuvchining g’oyaviy niyatiga muvofiqligi 
28.Asarning sujetdan tashqari elementlarini aniqlang?
+Asar sarlavhasi, epigraf, lirik kechinma va sh.k. 
-Qahramon kayfiyati, tabiat tasviri va sh.k. 
-Detallar, ohanglar, konfliktlar 
-Sahnaboplik, parda, kartina (dekarasiya) 
29.Yozuvchining hikoya ichida hikoya berish usuli («Ming bir kecha» yoki «Sab’ai 
sayyor») qanday nomlanadi?
+Kompozision qoliplash. 
-Epik tasvir. 
-Publisistik chekinish. 
-Lirik chekinish. 
30.Badiiy adabiyotning birinchi elementi nima?
+Nutq, til. 
-Ritm, ohang 
-Kompozisiya 
-Badiiy g’oya 
31.Badiiy til deganda nimani tushunasiz?
+Ma’lum ijtimoiy kuchning muhim belgilarini umumlashtirib, individuallashtirib 
tasvirlash. 
-Hayotning muammoli, dolzarb mohiyatini umumlashtirish. 
-Faqatgina individual xislatlari yorqin bo‘rtib ko‘ringan shaxs. 
-Hayotdagi umumiy, qonuniy, tabiiy narsalar. 
32.Avtor tili qachon adabiy til normalaridan chekinadi?



+Voqealarni yozuvchining o’z nutqi orqali emas, balki hikoyachi nutqi orqali ochib 
berganda
-Asar qah-ramonlarining joylashish tartibi
-Voqea ro’y bergan o’rinni tasvirlaganda
-Obrazlarga xarakteristika berganida 
33.Badiiy asar tili ikkiga bo’lib o’rganiladi. Ular qaysilar?
+Avtor tili, personajlar tili
-Poetik til, umumxalq tili 
-Adabiyot tili, teatr tili
-Obrazlar tili, tiplar tili
34.Maxsus leksik resurslarni toping?
+Arxaizm, neologizm, jargon so’zlar, omonim 
-Metafora, allegoriya, epitet
-Jonlantirish, o’xshatish, litota
-Litota, allegoriya, epitet 
35.Epik turning kichik janrlari 
+Ballada, masal, latifa, hikoya 
-Ocherk, felyeton, xotira 
-Poema, povest 
-Qissa, povest 
36.Voqelikni allegorik va simvolik obrazlar yordamida ifodalovchi asar 
+Masal 
-Hikoya 
-Qissa 
-Povest 
37.Adabiy turlarning predmeti to`g`ri ko`rsatilgan javobni toping 
+eposniki – voqea, dramaniki – harakat, lirikaniki – ruhiy kechinma 
-eposniki – harakat, dramaniki – voqea, lirikaniki – ruhiy kechinma 
-eposniki – ruhiy kechinma, dramaniki – voqea, lirikaniki – harakat 
-eposniki – ruhiy kechinma, dramaniki – harakat, lirikaniki – voqea 
38.Epik turning janrlari to`g`ri ko`rsatilgan qatorni toping. 
+ertak, qissa, poema, doston, rivoyat 
-komediya, tragediya, melodrama, monodrama 
-roman, qissa, novella, ertak, tragediya, rivoyat 



-g`azal, roman, qissa, ruboiy, ertak 
39.Epik turning maxsus janrlari… 
+Ocherk, felyeton, xotira 
-Qissa, hikoya, qasida 
-Qasida, roman, hikoya 
-Tragediya, masal, qissa 
40.Lirikaning yirik janrlariga qaysilar kiradi? 
+tarkibband, taji`band 
-soqiynoma, fard, tarkibband 
-tarji`band, g`azal, sonnet 
-qasida, sonnet, g`azal 
41.She`riy asarning misralari oxirida tovushlar, so`zlarning takrorlanib kelish 
hodisasi 
+Epifora 
-Inversiya 
-Apostrofa 
-Ellipsis 
42.Lirikaning kicnik janrlaridan birini toping 
+Ruboiy 
-Ashula 
-Sonnet 
-Tarkibband 
43.She’riyatdagi kichik ritmik bo‘lakni aniqlang?
+Bo‘g’in. 
-Qofiya 
-Vazn 
-Urg’u
44.Lirikaning yirik janrlari to’g’ri berilgan javobni toping. 
+tarkibband
-sonet
-marsiya 
-g’azal 
45.Dramatik turning janrlari to`g`ri ko`rsatilgan qatorni toping 
+komediya, tragediya, melodrama, monodrama 



-ertak, qissa, poema, doston, rivoyat 
-roman, qissa, novella, ertak, tragediya, rivoyat 
-g`azal, roman, qissa, ruboiy, ertak 
46.Komediya janriga mansub asarlar qatorini belgilang 
+“Oltin devor”, “Kelinlar qo`zg`oloni” 
-“Qiyomat qarz”, “Kelinlar qo`zg`oloni” 
-“Zaynab va Omon”, “So`nggi nusxalar” 
-“Maysaraning ishi”, “ Temir xotin” 
47.Intermediya nima? 
+pesa va operalarning pardalari oralig`ida tomoshabinni zeriktirmaslik maqsadida 
ularni kuldirish uchun hayotdagi ayrim nuqson va kamchiliklarni siqiq tarzda hajv 
qilishdir 
-opera, musiqali drama, orotoriya, kantatalar uchun yozilgan badiiy asar matni 
hisoblanadi 
-pesa shaklida yozilgan badiiy asarni sahnada qo`yishga moslab qayta ishlashdir 
-musiqali drama asari sifatida yuzaga kelgan va undagi qahramonlar kuy jo`rligida 
so`zlashadigan asar 
48.Dramaturgiyaning “joni” va “asosi”…
+Konflikt va to‘qnashuv 
-Harakat va tasvir 
-Hayot va xarakter 
-Manzara va so‘z 
49.Konfliktni ilk marotaba ro’yobga chiqaruvchi, syujetni rivojlanishiga turtki 
beruvchi sujetning tarkibiy qismi qaysiligini aniqlang?
+Tugun
-Kulminatsiya 
-Voqea rivoji 
-Ekspozitsiya 
50.Qaysi tur va janrlarda (remarkalarni mustasno qilganda) avtor nutqi bo‘lmaydi?
+Dramatik tur 
-Epik tur 
-Lirik tur 
-Liro-epik tur 
51.Orzu - havaslarni akslantirish… 
+romantizm metodining asosi sanaladi. 



-realizm metodining asosi sanaladi. 
-klassisizmning asosi sanaladi. 
-naturalizmning asosi sanaladi. 
52.Ijtimoiy ongga nimalar kiradi?
+Qarashlar, tasavvurlar, g’oyalar, axloq, din, falsafa, adabiyot va sh .k.
-Moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish
-Ishlab chiqa-rish jarayo-nida vujudga kelgan muno-sabatlar
-Hayot, ob’ektiv borliq, ijtimoiy turmush 
53.Surealizm so’zi qanday ma’no bildiradi? 
+yuksak realizm 
-uzoqlashish, mavhumlik 
-kelajak 
-ma’rifatparvarlik realizmi 
54.Romantizm metodi qachon va qayerda paydo bo’lgan? 
+XVIII asr oxiri, XIX asr boshida Yevropa, Amerika adabiyotida 
-XIII asr oxiri, XIV asr boshida Amerika adabiyotida 
-XVI asr oxiri, XVI asr boshida Yevropa adabiyotida 
-To’g’ri javob berilmagan 
55.Romantizm metodi… 
+«Reallikdan qochish»ga, real olamdan ko’ra mukammalroq olam yaratishga intiladi. 
-Adabiyotda hamma narsani aniq va qat’iy qoida asosida ko‘rsatadi. 
-Hayot hodisalarini bor bo‘yi bilan ko‘rsatadi 
-To’g’ri javob berilmagan 
56.Realizmning turlarini belgilang? 
+Naturalizm, sentementalizm, klassitsizm 
-Modernizm, simvolizm, futurizm 
-Syurrealizm, modernizm, naturalizm 
-Lirizm, dramatizm, tragizm 
57.Kulgu tug'dirish shakllarini belgilang? 
+Vaziyat komizmi va bayon komizmi 
-Ijtimoiy komizm va vaziyat komizm 
-Makon komizm va zamon komizm 
-Makon komizmi va bayon komizmi 
58.Realizm qanday tasvir? 


10 
+Haqqoniy hayotiy tasvir 
-Umidlar va tasavvurlar aks etadi 
-Badiiy to'qimalar tasviri 
-Inson ruhiyatining lirik tasviri 
59.Idealning bosh belgisini belgilang? 
+Vatanparvarlik 
-Milliylikka xos xususiyatlar 
-Go'zallik va badiiylik 
-G'oyaviylik 
60.Hayotni butun yalang`ochligi va haqqoniyligi bilan qayta tiklash qaysi 
metodning bosh xislati? 
+realizm
-romantizm
-modernism 
-klassitsizm 
61.G’arb modern ustunlari kimlar edi? 
+Kafka, Joys
-Freyd, Kafka
-Kamyu, Pruss Uils
-Jek London, Joys 
62.Modernizm oqimi shakllarini belgilang? 
+absurdizm, syurrealizm, pastmodernizm 
-pastmodernizm, romantizm, realism 
-realizm, obsurdizm, ekzestensializm 
-syurrealizm, romantizm, ekzetensionalizm
63.O.Sharofiddinovning modernizm haqidagi maqolasi qanday nomlangan? 
+“Modernizm jo’n hodisa emas”
-“Modernizm xususiyatlari” 
-“Modernizm va absurd”
-“Siz she’r aytasizmu yo odam qo’rqitasiz?” 
64.Modernizm yo’nalishida ijod qilayotgan adiblarni belgilang.
+N.Eshonqul, X.Do’stmuhammad
-Salomat Vafo, Sh.Xolmirzayev
-N.Eshonqul, E.Vohidov
-T.Rustamov, E.Vohidov 


11 
65.Modernizm adabiy namunalarini belgilang? 
+"Kapalaklar o'yini", "Fano dashtidagi qush"
-"Boburnoma", "Mashrab"
-"Otamdan qolgan dalalar", "Ustun" 
-"Mahmud Tarobiy", "Ot kishnagan oqshom" 
66.“Chig’atoy gurungi” adabiy uyushmasining vazifasi? 
+Mumtoz adabiy merosni saqlash, tilning sofligini ta’milash uchun kurash.
-Yangi adabiyotni paydo qilish uchun kurash. 
-Sosialistik realizm adabiyoti uchun kurash.
-Zamonga fidoiylikdir 
67.Usmon Nosir she’ridan keltirilgan quyidagi misralar kimga yoki nimaga qarata 
aytilgan? //Sen orada ko’prik bo’lding-da//, //Geyne bilan o’rtoq tutindim//. 
//Lermontovdan ko’mak o’tindim//, //Butun umrim sening bo’yningda//, //Saharda 
qon tupursam mayli//... 
+She’riyatga.
-Do’stiga.
-Ustoziga.
-Sevgilisiga. 
68.A.Qahhorning “Bemor” hikoyasida qanday g’oya ifodalangan?
+Qo’li kalta qashshoq kishining nochor holati ko’rsatilgan.
-Mustamlakachilik tuzumi qoralangan.
-Chor amaldorlari zulmi ko’rsatilgan.
-Mahalliy boylar tanqid qilingan. 
69.Tanqid so’zining ma’nosi? 
+Saralamoq 
-Muhokama qilmoq 
-Belgilamoq 
-Tekshirmoq 
70.//Kulgan boshqalardir, yig’lagan menman//. //O’ynagan boshqalar, ingragan 
menman//. //Erk ertaklarini eshitgan boshqa//, //Qullik qo’shig’ini tinglagan 
menman//. Ushbu misra qaysi janrda yozilgan? 
+sonnet
-ruboiy
-tuyuq
-tarji’band 


12 
71.Pyessa va operalarning pardalari oralig’ida tomoshabinni zeriktirmaslik 
maqsadida ularni kuldirish uchun hayotdagi ayrim nuqson va kamchiliklarni siqiq 
tarzda hajv qilish dramaning qaysi janriga kiradi? 
+intermediya
-libretto
-monodrama
-issenirovka 
72.Yozuvchi ko’pgina individual shaxslarni kuzatadi, u har biridan umumiy tipik 
xususiyatlarni aniqlaydi, har xil kishilarga xos bo’lgan xususiyatlarni badiiy bir 
butunlikka birlashtiradi. Ushbu qay tarzda obraz yaratishga kiradi? 
+jamlash yo’li bilan
-ijodiy metod yo’li bilan 
-prototip asosida
-ma’joziylik asosida
73.Trop nima? 
+badiiy asarda so’z yoki so’z birikmasining ko’chma manoda qo’llanilishi
-badiiy asardagi shaxs, predmet, voqea-hodisalarni boshqalaridan ajratib ko’rsatish, 
diqqatini jalb qilish maqsadida judayam bo’rttirish tasvirlaydi. 
-muayyin bir predmet, hodisani aniq tasavvur qilish uchun uni boshqa tanish 
bo’lgan predmet, hodisalarga solishtirish 
-badiiy asardagi biror predmet, hodisani bir necha barobar kichraytirib tasvirlash 
san’atidir. 
74.Qaysi atama badiiy asarda ishtirok etuvchi hamma shaxslarga nisbatan 
qo’llaniladi? 
+personaj
-qahramon
-bosh qahramon
-obrazlar galereyasi 
75.Oybekning “Qutlug’ qon” asari qanaqa mavzuda yozilgan? 
+tarixiy
-adabiy 
-zamonaviy 
-to’g’ri javob yo’q 
76.“Sen yaxshisan, men yomondurman Sen borsanki, men omondurman” misrasida 
qanday san’atdan foydalanilgan? 
+Tazod


13 
-Tajnis
-Talmeh
-Tamsil 
77. Badiiy asarda so’z yoki so’z birikmasining ko’chma manoda qo’llanilishi 
qanday nomlanadi? 
+Trop 
-Istiora 
-Tazod 
-Talmeh 
78.Nutq bilan bog’liq ya’ni jonsiz narsalarni so’zlatish san’ati nima deyiladi? 
+Intoq 
-Istiora 
-Tazod 
-Talmeh 
79.“Yulduzli tunlar”, “Navoiy”, “Qutlug’ qon” asarlari qanday mavzuda 
+Tarixiy
-Adabiy
-Ijtimoiy
-Zamonaviy 
80.Lirik obrazlardagi yetakchi narsa nima? 
+His-tuyg’u va kechinmalar 
-Harahat 
-Voqelik
-Kulgu 
81.“Tema adabiyotning ikkinchi unsuri” jumlasi kimga tegishli? 
+Maksim Gorkiy 
-Cho’lpon 
-Oybek 
-O.Uayld 
82.Dastlabki holatda asarda yuz beruvchi voqealarning o’rni ,joyi asar 
qahramonlarining harakatlariga turtki beruvchi voqealar nima deb ataladi?
+Ekspozitsiya 
-Prolog
-Epilog
-Sujet 


14 
83.“Muallif barcha asarlarining hikoyachisi boganligi sabab, u «qo‘mondonlik» 
vazifasini bajaradi” ushbu fikrni qaysi adabiyotshunos aytgan? 
+H.Umurov 
-T.Boboyev 
-D.Quronov 
-I.Sulton 
84.«Drama hozirgi zamonda o'quvchi yoki tomoshabin ko'zi oldida bo'layotgan
kabi ko'ringan kechmish voqedir» ushbu fikr muallifini belgilang. 
+V.G.Belinskiy 
-T.Boboyev 
-D.Quronov 
-I.Sulton 
85.Feleton so’zining ma’nosini belgilang 
+Varaqa 
-Maqola 
-Latifa 
-Safarnoma 
86.To’rtlik... 
+Ruboiy va tuyuq janri talablari(vazni)ga javob bermaydigan to‘rt misralik she’riy
asar 
-Asosan ishqmuhabbatni kuylovchi, muhabbat kabi judayam qadimiy, doimo yangi 
bo‘lgan lirik she’r 
-Biror mashhur kishi vafoti munosabati bilan og‘ir yo‘qotishni, g‘am-alamni, 
hasratu iztirobni kuylovchi asar 
-Lirikaning o‘ynoqi, shoiming so‘z san’atini yaqqol ko‘rsatuvchi janr 
87.“O’zbek she’riyati janrlari” kitobining muallifi kim? 
+R.Orzibekov 
-T.Boboyev 
-D.Quronov 
-I.Sulton 
88.Adabiyotshunoslikda badiiy asarlarni turlarga ajratish masalasini birinchi 
bo`lib kim qo’lladi? 
+Platon 
-V.G.Belinskiy 
-Aristotеl 
-M. Gorkiy 


15 
89.Hayotni badiiy aks ettirish tamoyillari 30-40-yillar adabiyotshunosligida
qanday nomlangan? 
+Metod 
-Tamoyil 
-Adabiy tur 
-Badiiy mavzu 
90.“Muloqot tili yеtkazgan informatsiya oddiy informatsiya bo`lsa, badiiy til
badiiy informatsiyani yеtkazadi” ushbu fikr muallifi kim? 
+D.Quronov 
-I.Sulton 
-H.Umurov 
-T.Boboyev 
91.Romantizm metodning bosh xislati... 
+idealga moslab hayotni qayta yaratish 
-voqea-hodisalaming falsafiy mohiyatini tasvir etish 
-hayotni butun yalang‘ochligi va haqqoniyligi bilan qayta tiklash 
-bir maqsadga yetaklashni aks etirish 
92.Badiiy asar sujetidagi voqea va qahramonlar taqdiri... 
+Yechimda hal qilinadi 
-Tugunda hal qilinadi 
-Kulminatsiya hal qilinadi 
-Voqea rivoji hal qilinadi 
93.Epigraf so’zining ma’nosi... 
+Yozuv 
-Xotima 
-Boshlanma
-Muqaddima
94.Neologizm so’zining ma’nosi… 
+Yangi so’z 
-Arxaik so’z 
-Chet so’z 
-Teskari ma’noli so’z 
95.Trop so’zining ma’nosi… 
+Ko’chim 


16 
-Yozuv 
-Xotima 
-Muqaddima
96. “... – erkin she’rda bo‘lgani kabi qofiyalanishga, oq she’rda bo’lgani kabi 
misralardagi bo‘g‘inlar sonining teng bo‘lishiga asoslanmaydi”. Nuqtalar o’rniga 
mosini qo’ying. 
+Sarbast she’r 
-Nasriy she’r 
-Oq she’r 
-Sochma she’r 
97. Novator so’zining ma’nosini belgilang. 
+Yangilanib turuvchi 
-Traditsiya 
-Trop 
-Neologizm 
98.“Yangilanib turuvchi” ma’nosini bildiruvchi so’zni belgilang. 
+Novator 
-Traditsiya 
-Trop 
-Neologizm 
99.“Zamonaviy san'atning so'nggi tendentsiyalari bilan bog'liq bo'lgan umumiy 
nom. U 1969 yilda amerikalik adabiyotshunos L. Fridler tomonidan keng qo'llanila 
boshlandi”. Ushbu fikr qaysi oqim haqida? 
+Postmodernizm 
-Modernizm 
-Romantizm 
-Syurealizm 
100.Postmodernizm qachon vujudga keldi. 
+XX asrning ikkinchi yarmida 
-XV asrning boshida 
-XVII asrning boshida 
-XX asrning boshida 
101.Keng ma'noda, postmodernizm… 
+bu umuman madaniyat holati, g'oyalar, tushunchalar to'plami, dunyoga alohida 
qarash 


17 
-stetika fenomeni
-adabiy harakat 
-har bir uslubning kamchiliklaridan xalos bo'lishga qaratilgan harakat 
102.Eng yorqin postmodernizm… 
+Amerika yozuvchilarining asarlarida aks etgan. 
-Angliya yozuvchilarining asarlarida aks etgan. 
-Osiyo yozuvchilarining asarlarida aks etgan. 
-Rus yozuvchilarining asarlarida aks etgan. 
103.Ilmiy fantastika, e'tirof etish, distopiya, hikoyalar, mifologik ertaklar, ijtimoiy-
falsafiy va ijtimoiy-psixologik romanlar janrlarida… 
+postmodernizm rivojlandi. 
-Modernism rivojlandi. 
-Rus yozuvchilarining asarlai shuhrat qozondi 
-To’g’ri javob yo’q 
104.Ertak, qissa, hikoya, rivoyat qaysi adabiy turga mansub? 
+Epik turga 
-Dramatik turga 
-Lirik turga 
-To’g’ri javob berilmagan. 
105.G’azal, to’rtlik, ruboiy, she’r, tajriband qaysi adabiy turga mansub? 
+Lirik turga 
-Dramatik turga 
-Epik turga 
-To’g’ri javob berilmagan. 
106.“Oltin devor”, “Kelinlar qo`zg`oloni” asarlari qaysi janriga mansub asarlar? 
+Komediya 
-Drama 
-Targediya 
-Roman. 
107.Roman janriga mansub asarlar berilgan qatorni toping. 
+“O’tkan kunlar”, “Ikki eshik orasi”, “Yulduzli tunlar” 
-“Bozor”, “Ikki eshik orasi”, “Bahor qaytmaydi” 
-“Kelinlar qo`zg`oloni”, “Bahor qaytmaydi”, “Bemor” 
-Roman janriga mansub asar berilmagan. 


18 
108.Qissa janriga mansub asarlar berilgan qatorni toping. 
+“Bahor qaytmaydi”, “O’tmishdan ertaklar”, “Muqaddas” 
-“Tilla uzuk”, “Ikki eshik orasi”, “Yulduzli tunlar” 
-“Bozor”, “Odina”, “Bahor qaytmaydi” 
-“Kelinlar qo`zg`oloni”, “Eski maktab”, “Bemor” 
109.Hikoya janriga mansub asarlar berilgan qatorni toping. 
+“Bemor”, “Bandi burgut”, “O’g’ri” 
-“Tilla uzuk”, “Adabiyot muallimi”, “Yulduzli tunlar” 
-“Jajman”, “Odina”, “O’zbeklar” 
-“Ozodlik”, “Maymun yetaklagan odam”, “Bemor” 
110.Lirik turga mansub janrlarni belgilang. 
+To’rtlik, sonet, g’azal, musaddas 
-Ruboiy, qissa, hikoya, drama 
-Takriband, g’azal, to’rtlik, hikoya 
-Sonet, ruboiy, hikoya, drama 
111.Pesa va operalarning pardalari oralig`ida tomoshabinni zeriktirmaslik 
maqsadida ularni kuldirish uchun uchun hayotdagi ayrim nuqson va kamchiliklarni 
siqiq tarzda hajv qilishdir nima deb nomlanadi? 
+Intermediya
-Opera 
-Drama 
-Pesa
112.Tugun, kulminatsiya, voqea rivoji – bular… 
+Sujet unsurlari 
-Kompozitsion vositalar 
-Konfliktni yuzaga chiqaruvchi holatlar 
-To’g’ri javob berilmagan. 
113.Romantizm metodining asosi… 
+Orzu - havaslarni akslantirish 
-Real voqelikni tasvirlash 
-Hayot hodisalarini bor bo‘yi bilan ko‘rsatish 
-To’g’ri javob berilmagan. 


19 
114.Realizm metodi… 
+Hayotni butun yalang`ochligi va haqqoniyligi bilan qayta tiklash 
-Orzu - havaslarni akslantirish 
-Inson ruhiyatining lirik tasvirlash 
-To’g’ri javob berilmagan. 
115.Iz, nusxa, namuna, tamg’a – bu… 
+«Tip» terminining ma’nosi hisoblanadi. 
-“Xarakter” terminining ma’nosi hisoblanadi. 
-“Romantizm” terminining ma’nosi hisoblanadi. 
-“Naturalizm” terminining ma’nosi hisoblanadi. 
116.Asar voqeasi bo‘lib o‘tadigan shart-sharoit tasviri, tugungacha bo‘lgan tasvirlar 
qanday nomlanadi? 
+Ekspozitsiya
-Tugun 
-Kulminatsiya 
-Voqealar rivoji 
117.Tugun… 
+Badiiy asar syujetida konflikt va harakatning paydo bo‘lishi. 
-Hayotni butun yalang`ochligi va haqqoniyligi bilan qayta tiklash 
-Asar voqeasi bo‘lib o‘tadigan shart-sharoit tasviri. 
-“Naturalizm” terminining ma’nosi hisoblanadi. 
118. Orzu - havaslarni akslantirish bu … 
+Romantizm metodining asosi hisoblandi. 
- Modernizm metodining asosi hisoblandi. 
- Realizm metodining asosi hisoblandi. 
- Naturalizm metodining asosi hisoblandi. 
119.Ekspozitsiya, tugun, voqea rivoji, kulminasiya, yechim – bu … 
+Sujetning asosiy elementlari 
-Kompozitsion vositalar 
-Konfliktni yuzaga chiqaruvchi holatlar 
-To’g’ri javob berilmagan. 
120.Asar sarlavhasi, epigraf – bu… 
Kompozitsion vositalar 
Sujetning asosiy elementlari 
Konfliktni yuzaga chiqaruvchi holatlar 


20 
To’g’ri javob berilmagan. 
121. Hayotni butun yalang`ochligi va haqqoniyligi bilan qayta tiklash … 
+ Realizm metodining asosi hisoblandi. 
- Modernizm metodining asosi hisoblandi. 
- Romantizm metodining asosi hisoblandi. 
- Naturalizm metodining asosi hisoblandi. 
122.Kompozision qoliplash nima? 
+Yozuvchining hikoya ichida hikoya berish usuli. 
-Badiiy asar syujetida konflikt va harakatning paydo bo‘lishi. 
-Hayotni butun yalang`ochligi va haqqoniyligi bilan qayta tiklash 
-Asar voqeasi bo‘lib o‘tadigan shart-sharoit tasviri. 
123.Voqealarni yozuvchining o’z nutqi orqali emas, balki hikoyachi nutqi orqali 
ochib berganda nima bo’ladi? 
+Avtor tili adabiy til normalaridan chekinadi.
-Avtor tili sof adabiy tilda bo’ladi. 
-Voqealarni faqat yozuvchi nutqi orqali bo’ladi. 
-To’g’ri javob berilmagan. 
124.Ballada, masal, latifa, hikoya … 
+Epik turning kichik janrlari hisoblanadi. 
-Lirik turning katta janrlari hisoblanadi. 
-Daramatik turning kichik janrlari hisoblanadi. 
-Badiiy janrlarga mansub emas. 
125.O.Sharofiddinovning “Modernizm jo’n hodisa emas” maqolasida qaysi oqim 
haqida fikr bildirgan? 
+modernizm haqida 
-postmodernizm haqida 
-realizm haqida 
-romantizm haqida 
126.“Adabiyotning uchinchi elementi syujetdir, ya’ni odamlarning o’zaro aloqalari, 
ular o’rtasidagi qarama-qarshiliklar, simpatiya (yoqtirish) va antisimpatiyalar 
(yoqtirmaslik), umuman kishilar o’rtasidagi munosabatlar – u yoki bu xarakterning, 
tipning tarixiy rivojlanishi, tashkil topib borishidir”. Ushbu fikr kimga tegishli? 
+M. Gorkiy 
-H.Umurov 
-D.Quronov 


21 
-T.Boboyev 
127.Ijtimoiy konflikt – bu… 
+asar qahramonlari bilan ular yashayotgan sharoit o’rtasidagi kurash. 
-bir biriga qarama-qarshi xarakterlar, guruhlar o’rtasidagi kurash. 
-qahramon qalbidagi hissiyotlar, tushunchalar (ojiz va kuchli jihatlar) kurashi. 
-To’g’ri javob berilmagan. 
128.Psixologik konflikt – bu… 
+qahramon qalbidagi hissiyotlar, tushunchalar (ojiz va kuchli jihatlar) kurashi. 
-asar qahramonlari bilan ular yashayotgan sharoit o’rtasidagi kurash. 
-bir biriga qarama-qarshi xarakterlar, guruhlar o’rtasidagi kurash. 
-To’g’ri javob berilmagan. 
129. Asar qahramonlari bilan ular yashayotgan sharoit o’rtasidagi kurash 
konfiliktning qaysi turiga misol bo’ladi? 
+ Ijtimoiy konfliktga 
- Shaxsiy – intim konfliktga 
- Psixologik konfliktga 
-To’g’ri javob berilmagan. 
130.Shaxsiy – intim konflikt – bu…
+bir-biriga qarama-qarshi xarakterlar, guruhlar o’rtasidagi kurash. 
-qahramon qalbidagi hissiyotlar, tushunchalar (ojiz va kuchli jihatlar) kurashi. 
-asar qahramonlari bilan ular yashayotgan sharoit o’rtasidagi kurash. 
-To’g’ri javob berilmagan. 
131.“O’tkan kunlar” romanida Yusufbek hoji, Otabeklarning maslakdoshlari bilan 
Musulmonqul, Azizbekka o’xshash feodal tuzum hukmdorlari orasidagi 
to’qnashuv… 
+Ijtimoiy konflikt 
-Shaxsiy – intim konflikt 
-Psixologik konflikt 
-Ular o’rtasida konflikt yo’q. 
132. “… arabcha kirish, debocha, asarning dastlabki tushuntirish, boshlanish qismi 
ma’nolarini beradigan yozuvchining niyati va maqsadi yoki tasvirlamoqchi bo’lgan 
voqealarining qisqacha, siqiq tarzdagi izhori beriladi”. Nuqtalar o’rniga munosib 
so’zni toping. 
+Muqaddima 
-Xotima 


22 
-Ekspozitsiya 
-Epigraf 
133.Konfliktning “urug’i” nima? 
+Tugin 
-Yechim 
-Voqealar rivoji 
-Kulminatsiya 
134.Kulminasiya so’zining ma’nosi nima? 
+Cho’qqi 
-Yechim 
-Tugun
-Voqealar rivoji 
135. “… da asar syujetidagi voqea va qahramonlar taqdiri hal qilinadi. Tugun 
yechiladi. Kurash xotima topadi”. Nuqtalar o’rniga munosib so’zni toping. 
+Yechim 
-To’qnashuv 
-Tugun
-Voqealar rivoji 
136.“Keyingi Marg’ilon borishimda yaqin o’rtoqlardan Yodgorbek to’g’risini 
surishtirib bildim: Yodgorbek ushbu asrning o’n to’qquz va yigirmanchi ochliq 
yillari miyonasida vafot qilib, undan ikki o’g’ul qolibdir. O’g’ullaridan bittasi bu 
kunda Marg’ilonning ma’sul ishchilaridan bo’lib, ikkinchisi Farg’ona bosmachilari 
orasida ekan. Bu kunda nomu-nishonsiz, o’luk-tirigi ma’lum emas, deydilar”. 
“O’tkan kunlar” romanidan olingan ushbu parcha sujrtning qaysi tarkibiy qismiga 
misol bo’ladi? 
+Epilogga 
-Muqaddimaga 
-Ekspozitsiyaga 
-Epigrafga 
137. “Hikoyaga taalluqli bo’lmagan hamma narsani shafqatsizlik bilan chizib 
tashlash lozim. Agar siz birinchi bobda devorda miltiq osilib turibdi desangiz, 
ikkinchi yoki uchinchi bobda o’sha miltig’ingiz, albatta, otilishi kerak”. Ushbu fikr 
kimga tegishli? 
+A.P.Chexov. 
-A.Qahhorga. 
-I.Sultonga. 


23 
-T.Boboyevga. 
138.Asarlarning nomlari ulardagi bosh qahramonlarning ismlari bilan atalgan 
asarlar o’zbek adabiyotida mavjudmi? 
+Mavjud. 
-Mavjud emas. 
-Bunday asarlar faqat jahon adabiyotida uchraydi. 
-To’g’ri javob berilmagan. 
139.“… sujetdan kengroq hodisa sanaladi, chunki u syujetni ham, syujetdan 
tashqarida qoluvchi vositalarni ham o’zida jamg’aradi”. Nuqtalar o’rniga munosib 
so’zni toping. 
+Kompozitsiya
-Ekspozitsiya 
-Kulminasiya 
-Barcha javoblar to’g’ri. 
140.Asar sarlavhasi, qistirma epizod – bu…
+Kompozision vositalar hisoblanadi. 
-Sujet unsurlari hisoblanadi. 
-Lirik chekinish hisoblanadi. 
-To’g’ri javob berilmagan. 
141.“O’tgan kunlar”dagi usta Alim va Saodat, Toshkandning mashhur Qovoq 
devonasi bilan bog’liq voqealar… 
+qistirma epizodlardir. 
-epigrafdir. 
-asar annotatsiyasidir. 
-To’g’ri javob berilmagan. 
142.Badiiy til… Nuqtalar o’rniga munosib so’zni toping. 
+badiiy asarlar tili sanaladi. 
-umumxalq tili hisoblanadi. 
-adabiy til hisoblanadi. 
-To’g’ri javob berilmagan. 
143. “… jonli va adabiy nutqlarni barcha hodisalarini hissiy(estetik) tarzda 
umumlashtiradi”. Nuqtalar o’rniga munosib so’zni toping. 
+Badiiy til. 
-Umumxalq tili. 
-Ko’cha tili. 


24 
-Adabiy til. 
144.Odamlarga xos xususiyatlarni jonsiz predmetlarga, tabiatning turli hodisalariga 
ko‘chirish orqali, to‘g‘rirog‘i, ularni insoniylashtirish orqali paydo bo’ladigan tasvir 
qanday nomlanadi? 
+Jonlantirish 
-Litota 
-Sifatlash 
-O’xshatish 
145.«Romanning «Jahon adabiyoti» jurnalida bosilgan birinchi qismi o'quvchilarda 
katta qiziqish uyg'otdi. Yangidan yozilgan ikkinchi qismida Mirzo Ulug'bek va 
Alisher Navoiydek buyuk siymolarga mehrini bergan fidoiy ona — Gavharshod 
begimningfojiaviy taqdiri tasvirlanadi. Ma ’rifatli ona umrining oxirigacha adolat 
uchun jasorat bilan kurashadi. Iste’dodli yoshlarni tarix sahnasiga chiqishlariga 
ko'maklashadi.». Ushbu parcha qanday kompozitsion vosita hisoblanadi? 
+Asar annotatsiyasi 
-Badiiy asar sarlavhasi 
-Badiiy qoliplash 
-Muqaddima. 
146.Bosh voqea doirasi ichida, unga g‘oyaviy mazmun va kompozitsion jihatdan 
bog‘lab turli mustaqil voqealami tasvirlash usuli —… deb yuritiladi. Nuqtalar 
o’rniga mos so’zni belgilang. 
+badiiy qoliplash 
-ekspozitsiya 
-muqaddima 
-xotima 
147.«O‘tkan kunlar»dagi usta Alim va Saodat, Toshkandning mashhur Qovoq 
devonasi bilan bog‘liq voqealar …” fikrni davomini belgilang. 
+qistirma epizodlardir. 
-badiiy qoliplashdir. 
-asar xotimasidir. 
-asar muqadimasidir. 
148.Komediya, tragediya, melodrama, monodrama qaysi adabiy turga mansub? 
+Dramatik turga 
-Epik turga 
-Lirik turga 
-To’g’ri javob berilmagan. 


25 
149.Badiiy asardagi qahramonning o’z-o’ziga yoki o’zgalarga qaratilgan nutqi 
qanday ataladi? 
+Monolog 
-Dialog 
-Epilog 
-Prolog 
150.//Qo’lingdan kelguncha chiqar yaxshi ot, Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot. 
Nasihat yod qilib ol, farzandim, Yolg’iz yursa, chang chiqarmas yaxshi ot. Ushbu 
tuyuqda qanday so’zlar qo’llanilgan? 
+Omonim 
-Sinonim 
-Paronim 
-Antonim
151.Chappar urib gullagan bog’in, O’par edim Vatan tuprog’in. Bu shundayin ajib 
diyordir, Buning qiziq hikmati bordir. Shunday o’lka doim bor bo’lsin, Shunday 
o’lka elga yor bo’lsin. Ushbu she’rdan sinonim so’zlar to’g’ri ajratilgan qatorni 
toping. 
+Vatan, o’lka, diyor. 
-Chappar, ajib, qiziq 
-Vatan, hikmat, o’lka 
-Ajib, qiziq, diyor. 
152.“Yaxshi-yomon”, “qattol-ojiz”, “tirik-o’lik”, “kunduz-tun” kabi bir-biriga zid 
so’zlar qanday ataladi? 
+Antonim
-Omonim 
-Sinonim 
-Paronim 
153.Jondin seni ko’p sevarman, ey umri aziz.Sondin seni ko’p sevarman, ey umri 
aziz. Ushbu ruboiyda radifni toping. 
+seni ko’p sevarman, ey umri aziz 
-Jondin, sondin 
-Ey umri aziz 
-Ruboyida radif mavjud emas. 


26 
154.Odamlarga xos xususiyatlarni jonsiz predmetlarga, tabiatning turli hodisalariga 
ko’chirish orqali, to’g’rirog’i, ularni insoniylashtirish orqali paydo bo’ladigan tasvir 
qanday nomlanadi? 
+Jonlantirish 
-Giperbola 
-O’xshatish 
-Sifatlash 
155.Voqyelikni allegorik (kinoyaviy) va simvolik (ramziy) obrazlar yordamida 
ifodalovchi, real turmush va odamlarning ko’rinishlari, xarakter qirralarini kinoya, 
kesatish, kulgu, g’azab kabi xususiyatlar vositasida ochuvchi, “qissadan hissa” 
(bevosita yoki bilvosita) chiqaruvchi epik janrni belgilang. 
+Masal 
-Qissa
-Roman
-Doston. 
156.Hikoyanng eng ixcham ko’rinishi qanday nom bilan yuritiladi. 
+Novella
-Masal 
-Qissa
-Hikmat. 
157.Ko’pincha hayotda haqiqatdan mavjud bo’lgan illatlarni, shu illatlarni o’zida 
tashuvchi aniq kishilarning qusurlarini tadqiq etuvchi, uning ijtimoiy mohiyatini 
yorqin fosh etuvchi satirik janrni belgilang. 
+Felyeton 
-Esse 
-Ocherk 
-Rivoyat 
158.Zulfiyaning “Sog’inganda”, “Bahor keldi, seni so’roqlab”, Abdulla Oripovning 
“Onajon”, “Alvido, ustoz”, “Sorlochin uchdi” kabi she’rlar qaysi janrga tegishli? 
+Marsiya 
-G’azal 
-Ruboiy 
-Ertak 
159.“14 misradan iborat bo’ladi: uchta to’rt misralik va bitta ikki misralik banddan, 
ba’zan esa ikkita to’rt misralik, ikkita uch misralik banddan tashkil topadi. Birinchi 
ikki band-dastlabki qism –“katren” (fr. quatrion – to’rtlik), yakunlovchi qism – 


27 
“terset”(lat. Tres-uchlik) deb yuritiladi va ular g’oyaviy-kompozision jihatdan 
o’zaro bog’lanib, yaxlitlikni yuzaga chiqiradi”. Ushbu tashxis qaysi janrga tegishli? 
+Sonet 
-Marsiya 
-G’azal 
-Ruboiy 
160.“Dramada muhim narsa – uzundan uzoq hikoyalarning yo’q bo’lishidir, har bir 
so’z dramada harakat – amal bilan ifodalanishi lozim”. Ushbu fikr muallifini 
toping. 
+V.Belinskiy 
-M.Gorkiy 
-H.Umurov 
-I.Sulton 
161.O’tmish adabiyotshunosligi manbalarida adabiy tanqid, tanqidchi iboralarining 
o’rniga qanday so’zlar ishlatilgan?
+Naqd, maslahat, mashvarat 
-ijodkor 
-Tanqid, tanqidchi 
-Munaqqid 
162.Adabiy tanqidning bevosita janrlari to’liqroq ko’rsatilgan javobni ko’rsating. 
+Tazkira, manoqib holat, she’riyatga bag’ishlangan risolalar, debochalar, maqolalar 
-Maqolalar, oynoma, ro’znomalar, debocha, tazkiralar 
-Tazkira, faxriya, maqola, qit’a, debocha 
-Muammoli maqola, taqriz, novella 
163.“O’tkan kunlar” romani bilan o’zbek adabiyotida roman janriga asos soldi”, - 
degan fikr kimga tegishli? 
+Sa’diy 
-O. Sharafiddinov
-Nozim Hikmat 
-Sotti Husayn 
164.“Adabiyot – ko’ngil ishi, ilhom samarasi” jumlasining muallifini aniqlang. 
+A.Qahhor 
-A.Fitrat 
-Cho’lpon 
-A.Oripov 


28 
165.Esse so’zining lug’aviy ma’nosi qaysi javobda to’g’ri berilgan? 
+Tajriba 
-Davr
-O’tmish 
-Ijod 
166.“Miflar haqiqatdan xabar beruvchi afsonadir” – iborasi muallifi kim? 
+Aristotel 
-Suqrot 
-Demokrit 
-Platon 
167.Aristotel qaysi janrni, fall (tanosil) qo’shiqlari peshtalqinlaridan kelib 
chiqqan, deb hisoblagan? 
+komediyani
-tragediyani
-gimnni
-odani 
168.Adabiy janr denganda nimani tushunasiz? 
+O’z ifoda shakliga, vazn birliklariga va qofiyalanish tizimiga ega bo’lgan mustaqil 
shakliy ifodalanish.
-O’z mazmun-materiali va ifoda shakllari bilan boshqalardan farqlanuvchi adabiy 
tur.
-Ichki mohiyat birligi, shaklan badiiy komponentlar yig’indisi asosiga quriladigan 
she’r nav’lari. 
-O’z uslubiga ega bo’lgan, adabiy turdan kichik hodisa. 
169.Adabiyotshunoslik fanining ob’ekti nimalardan iborat?

Download 390,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish