YOzuvchi masalani ochiq qoldirdi, uning echimini o`kuvchiga havola qiladi,
o`quvchini o`ylab ish qilishga chaqiradi.
San’atkor nasihatiga emas, quruq didaktika haqiqiy san’at uchun begonadir.
Agarda asarda hayot haqiqati tasvirlangan bo`lsa, asar voqealarida hayotning etakchi
tendentsiyalari payqab olingan bo`lsa, obrazlarda zamonaning eng muhim ehtiyojlari
ifodalangan bo`lsa, san’atning badiiy tashviqot bo`lgani shudir.
Badiiy asar qimmati g`oyaning chuqurigi va haqqoniyligi bilan ham
o`lchanadi. SHunga ko`ra g`oya ob’ektiv, subektiv, haqiqiy va soxta bo`ladi. Soxta
g`oya asar qimmatini tushiradi, uni halok qilib, g`oyasiz qilib qo`yadi. Masalan,
M.Boboeavning «Ra’no» qissasida ikki yosh bir-birini sevib, axdu paymon qiladi.
Biroq ular ota-ona orzusi degan an’anadan tashqari chiqa olmaydilar. Ota-ona orzusi
yo`lida o`z orzu va g`oyalarini qurbon qiladilar. Muallif ota-ona orzusi deb inson erki
va muhabbati qurbon qilinishiga qarshi isyon ko`tarmoqchi bo`ladi. Biroq asar echimi
kitobxonga: baribir ham muhabbating amalga oshmaydi, undan ko`ra bir-biringni
sevib, axdu-paymon qilma, degan xulosaga olib keladi. Qissani o`qib, shu gapni
aytish uchun qissa yozish Shartmi, degan fikr keladi. R.Rahmonovning «Sevgi
qarimas» qissasida ham xuddi shunday holatga duch kelamiz.
YOzuvchi voqealarni haqqoniy tasvirlasa-yu, o`zining dunyoqarashidagi
cheklanganlik oqibatida kelib chiqadigan g`oya asardan kelib chiqargan mantiqiy
xulosaga muvofiq kelmasa, bu sub’ektiv g`oya (niyat) deyiladi. Bunda muallif
ixtiyoridan tashqari, o`z-o`zidan boshqa, to`g`ri xulosa ham kelib chiqadi. Bu
ob’ektiv g`oya bo`ladi. Asar qimmati ana shu bilan belgilanadi. SHuning uchun ham,
Dobrolyubov aytganidek, muallifning nima demoqchiligi emas, nima deganligi
muhimdir.
Badiiy ijod jarayonida san’atkorning sub’ektiv maqsadi bilan ob’ektiv g`oya
bir-biriga zid kelib qolishi mumkin. Ko`pincha shunday bo`ladiki, g`oya
yozuvchining irodasiga qarama-qarshi uning asarlaridan ob’ektiv ravishda kelib
chiqadi. Yozuvchi o`z oldiga bir g`oyaviy maqsadni qo`yadi, asardan kelib
chiqadigan ob’ektiv xulosa esa butunlay boshqacha bo`ladi, natijada yozuvchi
g`oyasi soxta bo`lib qoladi. Asar asosidan kelib chiqadigan g`oya qanchalik haqqoniy
bo`lsa, badiiy ijodning natijasi ham shunchalik yuksak bo`ladi.
G`oya obrazlar tizimi orqali ochiladi. San’atkor zo`r bo`lsa, aytmoqchi
bo`lganidan ham ko`proq narsani aytishi mumkin. G`oya aniq hayot materiali asosida
ochiladi. Masalan, «Qutlug` qon» romanining mavzusi 1916 yilgi milliy-ozodlik
qo`zg`olonidir. G`oyasi esa qo`zg`olon saboqlari bekor ketmaydi, degan fikrdir.
Badiiy asar asosida yotgan g`oyani aniqlash osonlik bilan qilinadigan ish deb
bo`lmaydi. Asar g`oyasini aniqlash juda qiyin ish bo`lib, faqat kuchli tafakkur bilan
birlashgan estetik hissiyotninggina qo`lidan keladi. xolos. «Poetik g`oya silogizm
emas, aqida ham emas, qoida ham emas. U jonli ehtiros, pafosdir», - deydi
V.G.Belinskiy.
Do'stlaringiz bilan baham: