17
2- BOB.
BITIRUV MALAKAVIY ISHNI YOZISH
2.1. BMI matnini bayon qilish tili va uslubiga talablar
BMI ilmiy til bilan maxsus terminologiyadan foydalanilgan holda yozilishi kerak. Ishning
matni quyidagi talablarga javob berishi lozim:
tuzilmaning aniq-ravshan bo`lishi;
izchillik va mantiqiylik;
keltirilgan ma’lumotlarning aniqligi;
bayon qilingan materiallarning tushunarliligi va ixchamligi;
materiallarni bayon qilishning adabiy o`zbek tiliga mosligi.
BMIning matnida uslubning bir xilligiga rioya qilish lozim. So`zlashuv nutqidagi gap
tuzilishlarini qo`llashga ham yo`l qo`yilmaydi. BMI uslubi obrazli taqqoslash, metafora, yorqin
epitetlar (sifatlash), ritorik savollar va badiiy adabiyotning boshqa ifodali vositalarini qo`llashni
istisno qiladi.
Oddiy narsalarni tavsiflash uchun murakkab nomlardan foydalanish bayon usulining
muhim kamchiligi hisoblanadi. Murakkablashgan sintaksis konstruksiyalar, juda uzun ergash
gaplardan foydalanishni ham usulning kamchiliklariga mansub, deb hisoblash lozim.
Darsliklarda va o`quv qo`llanmalaridagi olib borilayotgan tadqiqot uchun muhim
axborot bo`lmagan qoidalarni, qat’iy baholar va mulohazalarni takrorlamaslikka harakat qilish
lozim. Ilmiy odob doirasida boshqa mualliflarning ishlarni baholashdan voz kechish tavsiya
qilinadi.
Terminologiyani tanlashga juda e’tiborli bo`lish zarur. Asosiy terminlar lug`atlarga
havola berish bilan ta’riflanishi kerak. Terminning turlicha talqinida ish muallifi ma’lum bir
talqinni tanlanganligini asoslashi kerak. BMIda qabul qilingan terminlardan foydalanish ma’qul
bo`ladi.
Imkoni boricha xorijiy so`zlardan, agar ular hamma yerda qo`llanilmasa yoki tor
terminologik ahamiyatga ega bo`lmasa, keragidan ortiqcha foydalanmaslik lozim. Xorijiy
so`zlarni imkoni boricha o`zbek tilidagi sinonimlari bilan almashtirish maqsadga muvofiq. Ishni
yozishda lug`atlarga tez-tez murojaat qilish lozim bo`ladi. Ammo, ta’kidlash lozimki, uzoq vaqt
davomida ilmiy o`zbek tilida qo`llanilib kelinayotgan ayrim terminlarni o`zbek tiliga ag`darish
ham samara bermaydi (masalan, geografiya, landshaft, kompleks, sistema va b.).
BMI matni shaxssiz (egasiz) bo`lishi lozim. Ayniqsa birlik sondagi birinchi shaxs
olmoshini qo`llashga mutlaqo yo`l qo`yib bo`lmaydi. Shu sababli majhul nisbatdan yoki shaxssiz
so`zlardan foydalanish tavsiya qilinadi. Masalan, “ishonch bilan aytish mumkinki, …”, “…degan
fikrga qo`shilib bo`lmaydi”, “…hisoblash mumkin” va h.k. Mabodo fikrning shaxsiy sajiyada
ekanligini qayd qilish zarur bo`lsa, ba’zi joylarda o`zini muallif deb atashi mumkin. Masalan,
“muallifning fikricha…”.
BMI matni o`quv uslubga mos holda yoziladi. Mazkur uslub o`quv va ilmiy ishlarni
yozishga juda to`g`ri keladi. U quyidagi me’yorlar bilan belgilanadi:
muallifning nuqtai nazari imkoni boricha kamroq ifodalanishi lozim. Birinchi shaxsdan
yozmaslik kerak, “men”, “mening (fikrim)” olmoshlari bo`lmasligi lozim. Yaxshisi o`zini va
oquvchini nazarda tutgan holda “biz” deb yozish;
shaxsiy olmoshlarni “aylanib o`tish” foydali va “xulosa qilish mumkin”, “aytish
mumkin” va boshqa egasiz tuzilishlardan foydalanish;
18
qat’iylikdan uzoqroq bo`lish, ”aftidan”, ‘bizning fikrimizcha” kabi tuzilishlarni ko`proq
qo`llash;
imkoni boricha ilmiy terminlarni tez-tez qo`llash. Termin birinchi bor qo`llanilganda
uning ta’rifini berish. Ta’rif berishni iloji bo`lmasa, bu termindan foydalanmaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: