Adabiyotdan ochiq dars
Mavzu: Zulfiya she’rlari tahlili
“Baxtim bor ajoyib kishilar aro”
6 b sinf
O’qituvchi: Urimbayeva Zulfiya
2016-yil 11-mart
Darsning maqsadi: 1) ta’limiy maqsad: O’quvchilarga Zulfiya she’rlari haqida bilim berish, uning she’rlaridagi rangin tuyg’ularning hayotiyligi darajasini anglatish;
2) tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarning vatanga muhabbat v sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda o’zaro hamkorlik tuyg’ularini shakllantirish;
3) rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning og’zaki nutq malakalarini rivojlantirish, mantiqiy fikrlash doirasini kenga ytirish, mustaqil fikrlashga o’rgatishDars uslubi: Ko’rgazmali – amaliy;
Dars usuli: Noan’anaviy, taqdimot, “Ortiqchasini toping”, savol-javob;
Dars turi: Yangi bilim beruvchi, mustahkamlovchi
Darsda foydalaniladigan jihozlar: 6- sinf darsligi, portret , Zulfiya she’rlari, slaydlar, oq qog’ozlar, markerlar, plakatlar, magnit xattaxtasi, rag’bat kartochkalari
Dars bosqichlari
1. Tashkiliy qism;
2. O’tilgan mavzuni takrorlash;
3. Yangi mavzu bayoni;
4.Mavzuni mustahkamlash;
5. Amaliy mashg’ulot. Taqdimot .
6. Rag’batlantirish va uyga vazifa
Dars jarayoninig borishi
1. Tashkiliy qism. Salomlashish.
a) Darsning mavzusini va maqsadini e’lon qilish;
b) Baholash mezonlari haqida tushuncha berish;
O’quvchilarni guruhlarga bo’lib olib boriladi.
1- guruh “Kamalak” 2 – guruh “O’rik gullari” 3- guruh “ Olov qalb”
O’tilgan mavzuni mustahkamlash
Quyidagi savollar:
1. Zulfiya nechancghi yili tug’ilgan?
2. Zulfiyaning turmushg o’rtog’I kim edi?
3. Qachon Zulfiya nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilgan?
4. Zulfiya nechanchi yili vafot etgan?
5. Zulfiyaning birinchi she’riy to’plami nomi?
6.Qachon Zulfiyaning 100 yilligi nishonlandi?
7Qanday mukofotlar sohibasi?
8Zulfiya ko’p yillar davomida qaysi jurnalda bosh muharrir bo’lib ishladi?
9. Qachon Zulfiyaning 100 yilligi nishonlandi?
“Ortiqchasini toping”
Nilufar” mukofoti; Yettisuv viloyati; Temirchi; “ Zarbulmasal” ; 1915- yil; “Ishonma she’ri”; “Shalola” ; Javoharlar Neru; 1-mart ; Qo’qon ; Toshkent ; Hamid Olimjon ; “Nasihat” kitobidan ; Tarjimon ;
“Dunyoning ishlari” asari ; “ Xalqaro Zulfiya Xotin- qizlar mukofoti”; Ruboiynavis ; Shoira;
Yangi mavzu bayoni.
-Salom, mening a’ziz dugonalarim
Azizim,lobarim,chevarim qizlar
Ey, toza qalbimning oshnolari,
Kuylarim ilhomi , sevarim qizlar
-Haqiqatan ham, Zulfiya she’rlari qalbdan porlagan so’zlar desak,mubolag’a bo’lmaydi .
Shoyra she’rlarida obyekt-Qalb kechinmalari -muallifning hijroni, vafosi va sadoqati har satrda namayon.Zulfiya she’rlarining xalqchilligini shu kabi jihatlar ta’minlagan.
Bu fikrning isbotini shoiraning ,,Aziz tuyg’ular,, nomli turkumiga kirgan ,,Nevara,,. ,,Bog’lar qiyg’os gulga,,. ,,Men o’tgan umrga,,.kabi she’rlari misolida ko’ri b chiqish mumkin.
Yangi mavzuni mustahkamlash
Zulfiya she’rlari
“Nevara”
Nevaram quyunday otilib kirib,
Qalamim tagidan qog’ozni yular.
Damda varrak yasab ko’kka uchirib,
Izidan qop-qora ko’zlar yugurar.
Varrak tortar shekil,murg’akni kutib
Oyoq tirab siltar dakani kibor.
Bog’lar qiyg’os gulda
Bog’lar qiyg’os gulda yaxlit bir chaman,
Har daraxt anvoyi bir tarovatda.
Bir kaft bog’ mehnat-u hosilga vatan,
O’zga ko’rk o’zga rang har bir daraxtda.
Har navda bir gulda,har gulda bir ro’y,
Har daraxt bargi yangi hikoya.
Men o’tgan umrga
Hayot kitobimni bexos varaqlab,
Men o’tgan umrga achinmay qo’ydim.
Tabassum o’rnida kuldim charaqlab,
Suyish kerak bo’lsa- telbacha suydim.
Kiyganim ipakmi,chitmi yo kimxob,
Yurak boyligidan qilmabman parvo.
Meni og’ushlagan hayot naq oftob,
Yangi qo’shiq talab unda har saboh
5. Baholash va rag’batlantirish
Uyga vazifa
Zulfiya she'rlarini ifodali yod olib kelish
Do'stlaringiz bilan baham: |