nafosatshunoslik, falsafa masalalari erkin talqin kilinadigan janrga badia (esse)
deyiladi. Badiada adabiyotshunoslik qonun-qoidalariga to‘la-to‘kis rioya
qilinishi, dalillarning ilmiy jihatdan har tomonlama isbotlangan bo‘lishi ko‘pam
talab qilinmaydi.
badianing tarixi ancha qadimdan boshlanadi. Beruniy, Abu Ali ibn Sino,
Bobur ijodida badianing etuk namunalari mavjud. Ular noma, holat, xotira
shakllarida ko‘zga tashlandi. Yozuvchi tanqidi ko‘pincha esse janrida yoziladi.
Unda ijod va hayot tajribasidan kelib chiqqan xulosalar, qarashlar, kuzatishalr
aks etadi. Badia o‘zbek tanqidchiligida adabiy o‘ylar nomi bilan ham ataladi. Asqad
Muxtorning «Yosh do‘stlarimga» (1971, 1980) kitoblari, Pirimqul Qodirovning
«O‘ylar» (1971), Abdulla Oripovning «Ehtiyoj farzandi» (1988), Erkin
Vohidovning «Shoiru she’ru shuur» (1987) to‘plamlarini asosan badialar tashkil
etadi. Badiiy asarda ijodkor uslubi qanchalar aniq aks etsa, badiada ham
yozuvchi-tanqidchining betakror qiyofasi aks etib turadi. O‘tkir Hoshimov,
Shukur Xolmirzaev, Hurshid Do‘stmuhammad, Xurshid Davronlarning adabiy
maqola-badialari kitobxonlar diqqatini jalb etmoqda.
Said Ahmadning G‘afur G‘ulom haqidagi «nazm chorraxasida», «Abdulla
Qahhor to‘g‘risidagi «Ustoz chirog‘i», Saida Zunnunovaga bag‘ishlangan
«Xotiralar»i, Ne’mat Aminovning Sadriddin Ayniy, Said Ahmad haqidagi xotira-
essesi kitoblar orasida shuhrat qozondi. Nosir Fozilovning «Ustozlar davrasida»
(1987), Otayorning «Mirtemir» (1986) badialari yozuvchilar hayoti va ijodi
masalalrini badiiy rakursdan o‘tkazib berdi.
Ibrohim G‘afurovning «Go‘zallikning olmos qirralari», «Joziba», «YOnar
so‘z», «Lirikaning yuragi», N.Xudoyberganovning «Seni o‘ylayman zamondosh»,
«Haqiqat yog‘dulari» to‘plamlariga kirgan maqolalar adabiy o‘ylar nomi bilan
kitobxonga havola qilingan. To‘g‘ri, N.Xudoyberganov kitoblari kuzatishlar,
bahslar, muloxazalar, munozaralar ham ekanligi ta’kidlangan. Pirmat
Shermuhamedov «Umid muhabbatdadir»… kitobning janrini maqolalar, badialar,
o‘ylar deb belgilaydi.
Ko‘rinadiki, tanqidchilarimiz badia, o‘ylar janri haqida izchil tasavvurga
ega emaslar. Adabiyotshunos va munaqqidlar asarlarida ilmiy mantiq aniq sezilib
turadi. Yozuvchilar badialarida adabiy-tanqidning san’atlik xususiyati ko‘zga
yarq etib tashlanadi. Jiddiyroq o‘ylab ko‘rilsa, Ibrohim G‘afurov ilk kitoblarini
adabiy o‘ylar janrida havola qilib to‘gri yo‘l tutganligini sezish mumkin.
Munaqqidning «she’riyat – izlanish demak», «O‘ttiz yil izhori» to‘plamlaridagi
maqolalarida so‘z jozibasini his etish sezilib turadi. Ayni vaqtda mazkur
asarlarda ilmiy konsepsiya kitobxonni rom etadi. Ibrohim G‘afurov «Mansurlar»
kitobi bilan badiachiligimizni yangi bir shakl bilan boyitdi.
Do'stlaringiz bilan baham: