Adabiyot va sa’atni sevuvchi, so’za usta ayollardan bo’lgan


Adabiy  sharh tanqidning  ko‘hna  janrlaridan



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/47
Sana02.01.2022
Hajmi0,53 Mb.
#307072
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   47
Bog'liq
O'zbek adabiy tanqid tarixi

Adabiy  sharh tanqidning  ko‘hna  janrlaridan

.  Lekin  adabiy  tanqidning  

boshqa  janrlariga  nisbatan  adabiy  sharhning  mazmuni, mohiyati keskin o‘zgardi. 



Zamonaviy sharhlovchi vazifasining mushkulligi shundaki,  u  jahon  adabiyotidagi,  

aniqrog‘i,  dunyodagi  eng  rivojlangan adabiyotlardagi  holatni  yaxshi  bilmog‘i,  

ilg‘or  tamoyillardan  xabardor bo‘lmog‘i,  insonni  mukammal  tasvirlayotgan  

san’atkorlarning izlanishlarini  ziyraklik   bilan  kuzatib  bormog‘i,   nihoyat,  

jahondagi  ilg‘or  adabiyotlar    tarixidan  xabardor  bo‘lmog‘i  lozim.  To‘g‘ri,  

adabiy shahri  hamma  adabiyotshunos,  tanqidchi  yozaverishi  mumkin.  Lekin  

donishmand,  bilag‘on  tanqidchi,  adabiyotshunos  sharhida  ostki  oqim, yashirin  

ma’no  sezilib  turadi.  Bunday  sharhlar  zamonlar  o‘tishi  bilan eskirmaydi,  

ulardagi  ichki  mazmun,  badiiy  ijod  qonuniyatlari xususidagi fikrlar hamisha 

kitobxon diqqatini jalb etib boradi. Ozod Sharafiddinovning «Yillar  va  yo‘llar»  

asarini  ilmiy-nazariy  sharh desa bo‘ladi.  Sharh 1977 yilda-turg‘unlik muhitida  

yozilgan. Lekin unda Cho‘lpon,  Usmon  Nosir  haqidagi  haq  gaplar   aytilgan.  

Munaqqid Uyg‘unning «Brigadir  Karim», «Gulasal», «Nazir  otaning  g‘azabi» 

she’rlari  mashhur  bo‘lganini  aytadi-yu,  kitobxon  diqqatini  shorining  fasllar  

go‘zalligini  jo‘shib  quyilgan  she’rlariga  jalb  qiladi.  

M.Qo‘shjonov  o‘z sharhida Ro‘zimat Otayev, Emin Usmonov, X.Shayxov 

qissalaridagi muhim nuqtalarga diqqatni tortadi, Rustam Rahmonovning «Ishonch», 

«Kelin» qissalarini qattiq tanqid qiladi. Romanlar   sharhiga kirishar   ekan.  

M.Qo‘shjonov  talabchanlik,  izchil  ilmiy  mantiqqa  rioya qiladi:  I.Sodiqovning 

«Farg‘ona  zulmat  qo‘ynida»  romanining  badiiy yaroqsizligini  isbotlaydi: 

«Degrez  o‘g‘li»  romaniga  yozilgan  taqrizlar haqidagi  gapni  Mirmuhsining  bu  

asari  xususidagi   mulohazalarga buradi,  hamma  gap  nishabini  mana  bu  xulosa-

fikrni  aytishga yo‘naltiradi: «natijada,  asar  to‘qimasida  ortiqchalik,  izchil 

kompozitsiyaga «sig‘maydigan» material paydo bo‘ladi. Xo‘sh, nima sababli  asarda  

kompozitsion  xalqoblik  paydo  bo‘ldi?  Yozuvchi  romani  yozishga  kirishadi-yu,  

aytadigan  gapini,  ma’noni,  konsepsiyani  izchil belgilamaydi.  Asarda  gap  gapga  

ulanib  ketaveradi:  kitobxon  bu gapxonlikdan  izchil  ma’no  chiqara  olmaydi.  

Ustiga  ustak  qahramonning qiyofasi, maqsadi ko‘zga tashlanmaydi».  

«Degrez  o‘g‘li»  day  bo‘sh  asarning   bosilishi,  muhimi,  bunday  xom 

asarning  tanqidchilar  tomonidan  maqtalganidan  xayratlangan. M.Qo‘shjonov 

«G‘oliblar» (Sh.Rashidov)  romanining  qator fazilatlarini sanaydi, yozuvchi 

mahoratiga doir «kuzatishlarini» bayon etadi. M.Qo‘shjonvoning  ushbu  sharhida  

deyarli  barcha  o‘zbek  ziyolilariga xos  shukronalik  tuyg‘usi,  nurli  cho‘qqilarga  

mahliyo  bo‘lib,  ertangi ekologik  xavflarni  sezmaslik,  iqtisodiy  o‘pirilishlar  ro‘y  

berishini  anglamaslik  ma’lum  bo‘ladi: «Men  keyingi  ikki-uch  yil  ichida  boshqa  

yozuvchilar singari respublikamizning ko‘p joylarida bo‘lib, qilinayotgan ulug‘vor 

ishlarni guvohi bo‘ldim. Tasavvur qilish mumkini, bundan 50-60 yil   oldin  

Amudaryoning  ikki  joyidan  to‘g‘on  tushadi,  katta elektrostansiyalar  quriladi,  

shu  daryoning  suvi 132  metr  balandlikka ko‘tarilib «ters»  oqiziladi,  Qarshi  

cho‘lida  butun  bir  oblasta  teng keladigan ekin maydoni paydo bo‘ladi, Chorvoqda 

balandligi 118 metrlik to‘g‘ri  va  katta  elektrostansiya  quriladi,  O‘zbekiston  tilla  

koniga aylanadi, butun mamlakatga yonilg‘i beradi, nihoyat, faqat o‘z tarixi bilan 

dong  chiqprib,  dunyo  miqyosida   ma’lum  bir  sezilarli  mavqeiga  ega bo‘lmagan  

bu o‘lka yiliga besh million  tonna paxta beradi, deyishsa  kim ishonar  edi?  Bular  

ulug‘  ishlarning  eng  yiriklari  va  eng  ma’lumlari» (47-bet). M.Qo‘shjonov 



haqiqiy olim, dono inson sifatida o‘zbek istiqlol adabiyotshunosligi va 

tanqidchiligiga hissa qo‘щmoqda.  

U.Normatovning «Izlanishlar  qanday  kechayotir  va  baholanayotir», 

«Adabiy   tanqid –   ijtimoiy   faoliyat»,   S.Mamajonovning «Ilmiy teranlik»,  

M.Qo‘shjonovning «Barkamol   birlik,   milliy   kolorit, internatsioanl   ruh»  

sharhlarida    nasr,    adabiy    tanqid,    adabiy    aloqalar  masalalari    qalamga    olinadi.    

Mazkur  sharhlarda  yutuq  va  kamchiliklar aytiladi,  lekin  umumlashma  keng  

xulosalar  chiqarilmaydi.  Mazkur maqolalar turg‘unlik davri bilan qayta qurish 

davri oralig‘ida tuzilgan bo‘lib,  malliflar  aytilishi  lozim  bo‘lib  qolayotgan  katta  

muammolar  mavjudligini    his    qiladilar-u,    ularni    baralla    aytishga    jur’at  

qilmaydilar.  


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish