. Муҳаббатли одамнинг ҳайратлари. – Т.: Шарқ НМАК. 2007. – Б. 11.
adib, yozuvchi-yozuvchi, munaqqid-tanqidchi qiyofasi, qalbi, fikrlash tarzi, uning
ma’naviy dunyosi, didi yaqqol ko’rinib turadi.
Muloqotda suhbatdoshlarning adabiyot haqidagi qarashlari, fikrlashlari, badiiy
va ilmiy tafakkur tarzi, adabiy jarayonga, badiiy asarga, adabiy muammolarga
munosabati, estetik qarashlari yorqin namoyon bo’ladi.
Suhbat jarayonida mujmal tushunmovchiliklarga o’rin qolmaydi, keskin bahs
va munozaralar haqiqatning ko’zini ochishga yo’naltiriladi. Ba’zida
suhbatdoshlarning qarashlari bir-biriga to’g’ri kelmasligi, ular bir-birini inkor etishi
mumkin. Lekin, asosiysi, ular suhbat mohiyati yuksak adabiyotga va kitobxon
manfaatiga xizmat etadi. Shu bilan birga adabiy-badiiy –tanqidiy suhbat orqali
suhbatdoshlar siymosi, qiyofasi, tabiati, xarakteriga xos muhim belgilar ochila
boradi.
Adabiy tanqidning qiziqarli sanaluvchi bu janri ko’p asrlik ahamiyatga
molikdir. Tarixiy ildizlari Suqrot, Aflotun suhbatlari rivojlangan qadimgi yunon
adabiyotiga borib taqaladi. Matbuot paydo bo’lguncha, bizda bu janr og’zaki
tarzda– bedilxonlik , navoiyxonlik, boburxonlik, mashrabxonlik kabi og’zaki
shakllarda hukm surib, turli mushoiralarda bo’y ko’rsatgan.
V.G.Belinskiy ham bu janrga tez-tez murojaat qilgani ma’lum. Uning ko’plab
maqolalari suhbat shaklida yozilgan. Ijodkorning “Rus adabiyoti 1814-yilda” yillik
obzorini yozishda suhbatdan foydalangan. Tanqidchi va shoir Kolsov esa adibning
suhbat shaklidan foydalanganiga qarshi chiqadi. “
Tanqid to’g’ridan-to’g’ri bir shaxs
tomonidan aytilishi kerak va u buyruq kabi ta’sir qilishi lozim
”
40
, - deb hisoblaydi.
Shuning ta’siridami, keyinchalik Belinskiy ijodida suhbatga e’tibor susaya borgan.
Ulug’ rus shoiri A.Pushkin ham suhbatga katta e’tibor bergan. Qayerda
san’atga mehr bo’lmasa, u yerda tanqid ham bo’lmaydi, deb hisoblaydi shoir.
Pushkinning “Tanqid haqida suhbat” asari adabiy-tanqidiy suhbat janrining yorqin
namunasidir. Pushkin suhbatdoshlari nomini A va B deb belgilaydi. Suhbat savol-
javob bilan boshlanadi.
“ A. Siz “Galotey”ning oxirgi sonida NN ning tanqidini o’qidingizmi?
B. Yo’q, men rus tanqidini o’qimayman.
A. Behuda qilasiz. Boshqa hech narsa sizga bizning adabiyotdagi ahvol
haqida tushuncha berolmaydi”.
Shu tariqa o’sha davr tanqidchiligiga baho beriladi. Suhbatdoshlar o’zaro bahs
qarashlarini inkor etish ruhi kuchli.
O’zbekiston Qahramoni, xalqimizning sevimli shoiri Erkin Vohidovning
mashhur tanqidchi va adabiyotshunos olim Umarali Normatov bilan “
Talant
tarbiyasi
” nomli suhbatiga e’tibor qarataylik:
Do'stlaringiz bilan baham: