maqsadidir. Tanqidchi yuksaksan’at mezonlari nuqtayi
nazaridan yozuvchiga asari
sayoz ekanini xolis isbot qilib berishga intiladi. Bu bilan xalqning kitobxonlik
darajasini ko’tarishga ham ko’maklashadi. Shunday ochiq xatlardan biri yozuvchi
Ibrohim Rahimning “Odam qanday toblandi?” (1976) asari nashr etilishi munosabati
bilan tanqidchi Matyoqub Qo’shjonov tomonidan yozildi.
Tanqidchi unda asarning o’ta jo’n yozilganini, ayniqsa, N. Ostrovskiyning
“Po’lat qanday toblandi” asariga taassub o’zbek adibi asariga muvaffaqiyat o’rniga
katta zarar keltirganini ro’y-rost aytadi. Munaqqidni, ayniqsa, asarda badiiylik,
go’zallik yo’qligi tashvishlantirdi. Uning fikricha, yozuvchi asarda hayot haqiqatini
badiiy haqiqatga aylantira olmagan, obrazlarda, ayniqsa, hayotiylik yetishmaydi
degan xulosaga keladi.
Bunday ochiq xatlarning ahamiyati shundaki, birinchidan, adabiyotda saviyasi
past asarlar yaratilishiga qarshi keskin kurash olib boriladi; ikkinchidan, yozuchining
asarda yo’l qo’ygankamchiliklari o’ziga ochiq-oydin ko’rsatib beriladi;
uchinchidan, bunday ochiq xatlar kitobxon didini o’tmaslashib ketishidan ehtiyot
qiladi; nihoyat, adabiy jarayonni sog’lomlashtirib turadi. Qolaversa, ma’lum
ma’noda noshirlarning ko’zini ochadi.
Munaqqidning kitobxonga maktubi o’zbek tanqidchiligida kam uchraydi.
Masalan, mashhur tanqidchi Umarali Normatovning “Adabiy o’xshashliklar
xususida” deb nomlangan maktubi kitobxonning savoliga javob tarzida yozilgan.
Bunday maktublar kitob bilan kitobxon, munaqqid bilan o’quvchi oralaridagi
masofani qisqartirishga xizmat qiladi, ular o’rtasida jonli muloqot ko’prigini tashkil
qiladi. Natijada kitobxon bilan tanqidchi bir-birini kuzatadigan, bir-birini qo’llab-
quvvatlaydigan bo’lib boradi.
Tanqidchining adabiy qahramonlarga maktubi o’zbek tanqididagi munaqqid
izlanishlari, talahti va iqtidoridan darak beruvchi maktubning yangi turlaridan
biridir. Uning yorqin namunasi Ibrohim G’afurov ijodida uchraydi. O’lmas
Umarbekov qissa va romanlari qahramonlariga yozilgan xatlar shunday namunalar
hisoblanadi. Maktubda munaqqid qahramonlarning tutgan yo’liga, xatti-
harakatlariga baho beradi, ularni oqlamaydi.
Ijodkorning tanqidchiga ochiq xati o’zbek tanqidchiligida deyarli kam bo’lsa-
da, uchrab turadi. Bunga misol qilib shoir Usmon Azimning tanqidchi
Umarali
Normatov nomiga yozgan xatini ko’rsatish mumkin. “O’zbekiston adabiyoti va
san’ati” nomli gazetada (1987, 13.X.) U. Azimning “Aql-zakovat murosami?” deb
nomlangan ochiq xati e’lon qilingan edi. Gazetaning shu sonida Umarali
Normatovning “Yo’q, adolat-haqiqat yo’li” sarlavhasi ostida javob maktubi berildi.
Bunday maktublarning paydo bo’lish tashabbuskori gazeta tahririyati, albatta. Kezi
kelganda shuni ta’kidlab o’tish o’rinliki, bu gazeta o’zbek tanqidchiligining ,
umuman, faollashuvi, yuqoridagi kabi jonli izlanishlarga doimo tashabbuskor bo’lib
kelmoqda.
Shunisi diqqatga sazovorki, bu maktublar qayta qurish davrida – bir oz oldinroq
yozilgan, shuning uchun
ularda zamon ruhi-fikrini, haqiqatni ochiq-oydin, baralla
aytish ruhi yaqqol ko’rinib turadi. Bu maktublar 80-yillar tanqidchiligida jiddiy
izlanishlar va o’zgarishlar bo’lganini ko’rsatadi.
O’zbek tanqidi tarixida munaqqid chiqishlariga shoir yoki yozuvchining javob
berishi, u bilan bahsga kirishuvi, boringki, o’zini himoya qilishi kam uchraydigan
hodisa. Bu holni ma’lum darajada 20-yillardagi adabiy jarayonda ham kuzatish
mumkin edi. Adabiy maktubda munaqqidning munaqqidga maktubi (ko’proq javob
tarzida) turi ham bor.
Bu tur 20-yillarda ancha tarqalgan edi. Alloma Fitratning “Yopishmagan
gajaklar” asari bunga misoldir. Ammo bunday asarlarning janriy chegarasi hali
aniqlangan emas, ularni ba’zida maqola, ba’zida maktub deb atash hamon davom
etmoqda. Xarakteri, ruhi, yozilish sabablaridan kelib chiqib, adabiy-tanqidiy maktub
sifatida qarash maqsadga muvofiqdir.
Yuqorida e’tirof etilgan shoir Usmon Azimning maktubi ham shunday ruhda
yozilgan. U tanqidchi maqolasini o’qib, 20-yillar an’anasida maktub yozishga azm
qilganini aytadi. Uning ochiq xatiga javob yozilgan tanqidchi maktubida shoir bilan
ochiq munozaraga kirishadi. Tanqidchi shoir da’volariga qarshi o’zining dalillarini
keltiradi. Bu maktublarda har ikkala tomon zo’r berib o’z fikrini ma’qullash yo’lini
tutadiki, bunday tortishuv adabiy jarayonga ko’p ham foyda keltiravermaydi, chunki
ularda xolislikdan ko’ra tarafkashlikka sezilmagan holda yo’l qo’yiladi.
Keyingi yillarda o’zbek adiblariga kitobxonlar yozgan xatlar ham, o’ziga xos
tarzdagi adabiy-madaniy boylik ekani ma’lum bo’lib bormoqda. Bunga taniqli shoir
Shukrulloga yozilgan yuzlab xatlar asosida tuzilgan “G’oyibona muhabbat” (2011)
to’plami yorqin misol bo’la oladi.
Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, adabiyotga daxldor maktublar adabiy jarayonda
ham, ijodkorlar hayotida ham ma’lum bir o’ringa ega va ularning har xil shakllari
mavjud. Adabiy-tanqidiy maktublarning tur va ko’rinishlari ularning strukturasi,
ya’ni tuzilishi, badiiyligi va publisistik ruhini, shakl va mazmun, tili, munaqqidning
qiyofasi, uslubi kabi muammolarni o’rganish zarurligini ko’rsatmoqda. Shuning
uchun adabiy-tanqidiy maktubni tadqiq etish, yuksak san’at asarlari yaratish
yo’lidagi san’atkor jozibadorligini ko’rsatish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Adabiy-tanqidiy maktublar kimga bag’ishlab yozilganidan, qanday xarakterda
ekanidan qat’iy nazar, o’zbek adibi va adabiyoti, umuman, adabiy tanqidning
badiiy saviyasi o’sishiga, uning rang-barang jilolanishiga xizmat qiladi.
Savol va topshiriqlar:
1. Portret istilohining ma’nolari haqida nimalar bilasiz?
2. Portret-maqola nima?
3. Adabiy-tanqidiy ocherk-chi?
4. Adabiy portret bilan holot va manoqiblarorasidagi munosabatlarni ayting.
5. Adabiy portretning janriy belgilari nimalarda ko’rinadi?
6. Adabiy portret bilan tanqidiy-biografik ocherk o’rtasidagi farq nimada?
7. Esse nima? U qanday ichki turlarga ega?
8. Xotira nima? Uning essega munosabati qanday?
9. Essenavis munaqqidlardan kimlarni bilasiz?
M U N D A R I J A
1. Kirish. Adabiy tanqid fan sifatida, uning ijtimoiy-estetik mohiyati, maqsad va
vazifalari. ........................................................................................................... 3- 7
2. Adabiy tanqidning o’ziga xos xususiyatlari ................................................. 7 – 12
3. Adabiy tanqid janrlari. Taqriz haqida. ...........................................................12-19
4. O‘zbek adabiy tanqidining shaklanish tamoyillari. Аdаbiy tаnqid tаriхi fаnini
dаvrlаshtirish. …………………………………………………………… .. 19-24
5. ХХ аsr 20- 40-yillаrgаchа bo‘lgаn аdаbiy tаnqid ……………………… 24-28
6. XX asr 20-40 yillargacha davrdаgi аdаbiy-tаnqidiy qаrаshlаr ……………28-36
7. ХХ аsrning 40-70-yillаrdаgi аdаbiy tаnqidchilik ……………………….. 37-41
8. 40-70-yillar tаnqidchiligidаgi yangilаnish ………………………………. 41-47
9. ХХ аsrning 70-90-yillаridаgi аdаbiy tаnqidchilik ……………………... ..47-53
10. 70-90-yillardagi tаnqidchilikning o‘zigа хоs хususiyatlаri …………… 53-57
11. Mustаqillik dаvri аdаbiy tаnqidchiligi ………………………………… 57-60
12. Yangichа uslubiy yo‘nаlishlаr vа qаrаshlаr. Strukturalizm, Semiotika …59-63
13. Germenevtika va interpetatsiya ………………………………………….62-68
14. Adabiy-tanqidiy maqola janri………………………………………….. 68-72
15. Tarixiy-biografik yondashuv va muloqotga asoslagan janrlar …………72-78