Adabiyot va sa’atni sevuvchi, so’za usta ayollardan bo’lgan



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/47
Sana02.01.2022
Hajmi0,53 Mb.
#307072
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
O'zbek adabiy tanqid tarixi

Maktub, avvalo, fikrlashga, atrofga razm solib qarashga, yaxshi-yomonni 

tanishga, har narsaga mustaqil baho berishga, o’z fikriga ega bo’lishga, 

kuzatuvchilikka  o’rgatadi. Shular barobarida  maktub yozish inson ijtimoiy 

faolligining eng yorqin ko’rinishlaridan biridir

43



 

Maktub muayyan ma’noda dil hujjatidir. Unda muallif shaxsiyati, ruhiy holati, 



kechinmalari aniq va xolisona ifodalanadi. Maktub mohiyatini ma’lu motning o’zi 

emas, eng avvalo, ob’ektga munosabat, shu tufayli tug’ilgan shaxsiy fikr-o’ylar, 

kechinmalar, his-tuyg’ular tashkil etadi. Shu ma’noda maktublar inson hayotida 

ham, adabiyot tarixida ham ma’lum ahamiyatga ega. 

 

Maktubning janr sifatida tanqidchilikda qachon paydo bo’lganini aniq aytish 



adabiy-tanqidiy tafakkurdagi izlanish, o’sish bosqichlarini aniqlash uchun alohida 

izlanishni talab etadi. Shu ma’noda makatubning adabiy-tanqid janri sifatida 

shakllanishi va rivojlanishi ilmiy hodisa sifatida o’zgacha ahamiyatga ega. Tarixga 

nazar tashlansa, adabiy xususiyatga ega maktub (noma, xat)ning ildizi “Avesto” va 

O’rxun-Enasoy obidalariga borib taqalishini kuzatish mumkin. 

 

Alisher Navoiyning Hirot, Samarqand, Astrobod va boshqa shaharlarda yashab 



turib,turli kishilarga yozgan nasriy maktublaridan tuzilgan “Munshaot”  (“Xatlar”) 

asari jahon adabiyoti tarixidagi ulkan manbalardan biri desak mubolag’a qilmagan 

bo’lamiz. Unga 88 ta ruq’a (xat) kiritilgan. Bu xatlar buyuk adibning turli holat va 

vaziyatdagi kayfiyatini yorqin tasvirlagan tarixiy  hujjatlargina emas,balki 

Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlarining nozik qirralarini ifodalagani bilan ham 

qimmatlidir. Ayni vaqtda, bu maktublar o’z davridagi adabiyot, san’at, madaniyat 

rivojiga muayyan darajada ta’sir ko’rsatgani ham shubhasizdir.  

 

Adabiy xarakterdagi maktublar muallifning adabiyot, badiiy asar haqidagi xolis 



mulohazalari birinchi o’rinda turadi. Shu nuqtayi nazardan qaralsa, adabiy-tanqidiy 

maktubning o’ziga xos janriy belgilari quyidagi hollarda ko’rinadi: Adabiy-tanqidiy 

xarakteridagi maktub yozuvchiga, asar qahramonlariga (shartli) tanqidchiga, 

kitobxonga murojaat qilib yoziladi.  Adabiy tanqidning boshqa janrlaridan farqli 

o’laroq  unda murojaat ruhi, ta’kid ohangi, ba’zan intim mulohazalar yetakchilik 

qiladi. Bu janr rivoji va takomilida Abdurauf Fitrat, Matyoqub Qo’shjonov, Ozod 

Sharafiddinov, Salohiddin Mamajonov, Umarali Normatov, Ibrohim G’afurov, 

Baxtiyor Nazarov kabi munaqqidlar maktublari muhim o’rin tutadi. 

 

Mashhur tanqidchi Ozod Sharafiddinovning Ibrohim Haqqulga yozgan ochiq 



xati misolida o’zbek tanqidchiligidagi maktub janrining sifat jihatidan yangilanish 

jarayonini kuzatishimiz mumkin. Munaqqid I. Haqqulga betakror mahoratidagi 

go’zal va nozik nuqtalarni e’tirof etish bahonasida so’nggi bosqich  o’zbek 

tanqidchiligida  sodir bo’layotgan o’ziga xos yangi tamoyillarni ochib beradi, 

munaqqidlar oldida turgan yangi-yangi vazifalarga e’tiborini qaratadi. 

 

Adabiy-tanqidiy maktubning ichki shakllari.

Shunisi  e’tiborliki,  XX  asr 

boshlaridayoq bu janrga murojaat etishda jonlanish seziladi. XX asr mobaynida 

adabiy-tanqidiy maktubga e’tibor turli bosqichda turli darajada kechdi.  

                                                

43

 Ғафуров И. Дил эркинлиги.  – Т.: Маънавият. 1998. 78-бет. 




 

O’zbek tanqidchiligida uning O. Sharafiddinov (Salmon Rushdiyga ochiq xat), 

Umarali Normatov (Zulfiya Qurolboy qiziga xat), Shukur Xolmirzaev tomonidan 

yozilgan namunalari misolida yangi ko’rinishlari paydo bo’ldi. O’zbek adabiy 

tanqidchiligida uning quyidagi xillarini uchratamiz: 

 

1. Tanqidchining yozuvchiga maktubi. 



 

2. Munaqqidning kitobxonga maktubi. 

 

3. Tanqidchining adabiy qahramonlarga xati. 



 

4. Yozuvchining tanqidchiga maktubi.    

 

5. Tanqidchining tanqidchiga maktubi. 



 

Tanqidchining adibga maktubi mohiyatan, ikki ko’rinishga ega: 

 

1. Bunda muvaffaqiyatli chiqqan badiiy asar haqida tanqidchi o’z taassurot lari, 



quvonch va hayajonlarini yozuvchi bilan baham ko’radi. Asarning o’ziga xosligi, 

adabiy jarayonda sezilarli voqea bo’lgani, kitobxon qalbidan o’rin ola bilishiga 

ishonch natijasida samimiy ruhdagi maktublar yoziladi. Bunga misol tariqasida O. 

Tog’aevning yozuvchi Erkin A’zamga yozgan maktubini aytib o’tish mumkin. 

“Grajdanin – insonning shakllanishi” deb nomlangan bu adabiy-tanqidiy maktub 

munaqqidning “Prometey olovi” (1985) kitobidan o’rin olgan. Tanqidchi Solijonov 

dramaturg Mashrab Boboyevga  “Gurunglashish bahona” yoki masalaning mohiyati 

nomli maktub yozganki, bundagi ko’p jihatlar xarakterlidir. Maktub quyidagi so’zlar 

bilan boshlanadi:  

 

“Hurmatli Mashrab Boboyev! 



    Mana, qo’limda Sizning beshta pyesangizni o’z ichiga olgan “ Qani mening 

yulduzim?” deb nomlangan kitobingiz. Bular bundan o’ttiz yillar oldin yaratilgan. 

Agar yillar asarlarning tugallanishini hisobga olib qo’yilgan bo’lsa boshlanganiga 

25-30-yillar bo’lgandir.  Yillarni aniqlashga shuning uchun urinyapmanki, bu 

dramalar ayni yozilayotgan paytlarda yurtimizda turg;unlik qusuri, qo’shib 

yozishlar, ko’z bo’yamachilik, aldamchilik, tanqidni ko’tara olmaslik, oshna-

og’aynigarchilik avjga chiqqan ekan. O’sha paytdayoq Siz o’ta kurashchan 

qahramonlaringizni hayot sahnasiga olib chiqib illatlarni fosh etgan ekansiz”

44



Tanqidchi Umarali Normatovning yozuvchi Shukur Xolmirzayev bilan “Uslub, 



badiiy shakl muammolari” mavzusidagi suhbati ham xarakterlidir. Tanqidchi 

yozuvchi bilan 70-yillardagi badiiy asar muammolari, undagi sifatga e’tibor masalasi 

haqida suhbatlashadi. Mana, e’tibor beraylik: 

 – 



Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish