JANJALCHILIK ZARARI
Bir suv ustiga ko‘pruk kabi bir taxta qo‘yilmish edi. Bu taxtaning
ustindan o‘tmak uchun iki echki iki tarafdan kelub, bir-biriga yo‘luqti.
Biri dediki: – «Man sandan kattaman, san yoshsan, arqangga qayt.
Manga yo‘l ber». Ikinchisi:
San katta bo‘lsang, ulug‘lig‘ing o‘zingg‘a. Man sandan quvvatli.
San qayt. Mandan so‘ngra o‘tarsan, – deb arolarinda zo‘r g‘avg‘o
chiqdi. Ikisi ham bo‘yinlarin egishub, shoxlarin shoxlariga qo‘yushib,
chunon suzishdilarki, oxirda suvga yumalab tushub, ikkisi ham
suvda g‘arq bo‘ldi.
199
Do'stlaringiz bilan baham: |