Adabiyoт uмuмiy o‘rтa тa’liм мakтablarining


Foydalanilgan asosiy manba



Download 26,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/177
Sana30.08.2021
Hajmi26,76 Mb.
#159709
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   177
Bog'liq
5-sinf adabiyot 2020 kitob

Foydalanilgan asosiy manba:
A. Avloniy. Tanlangan asarlar. 2 jildlik. – T.: «Ma’naviyat», 2009.


203
Erkin
VOHIDOV
(1936–2016)
O‘zbekiston  xalq  shoiri  Erkin  Vohidov  1936-yil  28-dekabrda 
Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida muallim oilasida tug‘ilgan. 
Uning otasi Ikkinchi jahon urushidan og‘ir jarohat olib qaytadi va 
1945-yilda vafot etadi. Oradan bir yil o‘tgach, onasi ham dunyodan 
o‘tadi. O‘n yoshga yetar-yetmas ham ota, ham onadan ajrab qolgan 
yosh Erkinni tog‘asi o‘z tarbiyasiga oladi. Toshkentga – tog‘asinikiga 
kelgan shoir qunt bilan o‘qishlarini davom ettiradi. Unda kitobga, 
adabiyotga havas juda erta uyg‘ondi.
E. Vohidov Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug‘bek 
nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning filologiya fakultetiga 
o‘qishga  kiradi.  Endilikda  u  adabiyotni  tom  ma’noda  chuqur 
o‘rganishga kirishadi. Buyuk ijodkorlarning asarlarini berilib o‘qir 
ekan,  ulardan  badiiy  mahorat  sirlarini,  so‘zga  mas’uliyat  hissini, 
soddalik va ravonlikni o‘zlashtirishga intiladi. Shuning uchun ham 
uning «Tong lavhasi», «Buloq», «Sevgi», «Ona tuproq» kabi qator 
she’rlaridagi  chuqur  ma’no  go‘zal  ifodalar,  ajoyib  tasvirlar  bilan 
uyg‘unlashib ketgan.
Erkin Vohidov universitetni tugatgach, uzoq yillar nashriyotlarda 
ishladi,  o‘zbek  va  jahon  adabiyotining  eng  sara  asarlarini  chop 
etishda faol ishtirok etdi. 1964-yilda yaratilgan «Nido» dostonidan 
so‘ng birin-ketin «Orzu chashmasi», «Palatkada yozilgan doston», 
«Quyosh maskani», «Ruhlar isyoni» kabi ajoyib dostonlar yozdi.


204
E’tibor bering:
Erkin  Vohidov  ko‘plab  mashhur  shoirlarning  asarlarini  o‘zbek 
tiliga tarjima qildi. Xususan, E.  Vohidov tarjima qilgan rus shoiri 
Sergey  Yesenin  she’rlari,  nemis  shoiri  Gyotening  «Faust»  asari 
o‘zbek adabiy muhitida katta hodisa bo‘ldi. 
Shoir yangi tashkil etilgan «Yoshlik» jurnalining bosh muharriri 
sifatida  ko‘plab  yoshlarning  adabiyotga  kirib  kelishida  jonbozlik 
ko‘rsatdi.
E. Vohidovning ilk to‘plami 1961-yilda «Tong nafasi» nomi bilan 
chop etilgan edi. Shundan so‘ng birin-ketin «Qo‘shiqlarim sizga», 
«Yurak va aql», «Mening yulduzim», «Nido», «Lirika», «Palatkada 
yozilgan  doston»,  «Yoshlik  devoni»,  «Charog‘bon»,  «Dostonlar», 
«Muhabbat», «Hozirgi yoshlar», «Tirik sayyoralar», «Iztirob» kabi 
kitoblari nashr etildi.
E. Vohidov dramaturgiya sohasida ham o‘z qalamini sinab, «Oltin 
devor»,  «Istanbul  fojiasi»  kabi  dramalar  yaratdi.  Ayniqsa,  «Oltin 
devor»  komediyasi  uzoq  yillar  o‘zbek  teatri  sahnasidan  tushmay 
keladi.
Shoir  asarlarida  hayotga,  go‘zallikka  muhabbat,  yovuzlikka, 
tubanlikka nafrat yaqqol sezilib turadi. Uning ilk dostoni – «Nido»da 
insoniyatga  og‘ir  judoliklar,  bitmas  jarohatlar  keltiradigan  urush 
qattiq  qoralansa,  keyinroq  bitilgan  «Ruhlar  isyoni»  dostonida 
xalqlar,  millatlar,  dinlar  o‘rtasidagi  nizolar  bashariyatga  naqadar 
katta falokatlar olib kelishi teran tasvirlangan. Bu esa shoir ijodida 
insonparvarlik hamisha bosh mavzu bo‘lib kelganini ko‘rsatadi.

Download 26,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish