Adabiyoт uмuмiy o‘rтa тa’liм мakтablarining



Download 26,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/177
Sana30.08.2021
Hajmi26,76 Mb.
#159709
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   177
Bog'liq
5-sinf adabiyot 2020 kitob

E’tibor bering:
Qiyinchiliklarni  birgalikda  yengish,  og‘ir  damlarda  yordamini 
taklif  qilish  o‘rniga  faqat  o‘zini  o‘ylab  yashaydigan  odamlarni 
Avloniy  bobomiz  bir  so‘z  bilan  “nomard”  deb  ataydiki,  bunga 
qo‘shilmay iloji yo‘q.
Endi keyingi hikoyaga o‘tamiz.


197
XURUS ILA BO‘RI
Bir Bo‘ri daraxt ustinda o‘lturg‘on Xurusni ko‘rub, tutub emak 
uchun  daraxt  ostiga  keldi.  Hiyla  birla  bechora  Xurusni  daraxtdan 
tushurmaqchi bo‘lub: «Ey, Xurus o‘rtog‘! Man sanga bir yaxshi xabar 
kelturdim, hayvonlar ila qushlar orasinda sulh bo‘ldi. Bir-biriga zulm 
qilmasga, biri ikinchisin tutub yemasga qaror verildi. Kel, birodar, 
pastga tush! Bir-birimizga do‘st bo‘lub, birga o‘ynashayluk», – dedi.
Xurus Bo‘rining so‘ziga aldanadurg‘on darajada nodon va ahmaq 
bo‘lmadig‘indan Bo‘riga boqub dediki:
Do‘stim, so‘zing rostdur, to‘g‘ridur. Lekin bir oz sabr qil. Sandan 
boshqa  iki  it  ham  sulh  xabarin  ketururlar.  Alar  ham  kelsunlar. 
Hammamiz birga o‘ynashurmiz, – dedi. 
Bo‘ri  Xurusdan  bu  so‘zni  eshitgan  zamon  dumini  orqasig‘a 
qo‘yub qocha boshladi. Xurus: «Ho, birodar, nima uchun qochursan, 
aroda sulh bor-ku?» – desa, Bo‘ri:
Oh do‘stim! Bu zolim itlar sulhni buzgong‘a o‘xshaydur, – deb qochub 
ketdi. Xurus orqasindan «quqq... qurii... quu...» deb qichqirub qoldi.
Aql egasi hiylaga aldanmagay,
Hiylagarning hiylasi boshin yegay. 
Do‘st ila dushman so‘zining farqi bor
Fahm etar har kimki, o‘lsa hushyor.
*  *  *
Hikoyadagi Xurus – xo‘roz degani. Uning goh devor ustiga, goh 
daraxt shoxlariga chiqib qichqirishidan xabaringiz bor. Ana shunday 
xo‘rozlardan  birini  ochofat  bo‘ri  hiyla  bilan  qo‘lga  tushirmoqchi. 
Uning o‘ylab topgan gapi ham chakana emas: go‘yo barcha hayvonlar 
o‘rtasida  bir  sulh  –  kelishuv  bo‘libdi  emish.  Bundan  buyon  bir-
birlariga  qasd  qilmaslik  haqida.  Shundoq  bo‘lgach,  xo‘roz  pastga 
– bo‘rining yoniga tushsa-da, birga o‘ynashsa...
Lekin  hikoyaning  aqlli  qahramoni  xo‘roz  “Bo‘rining  so‘ziga 
aldanadurg‘on darajada nodon va ahmaq” emas. Uning o‘zini go‘yo 


198
bo‘riga  ishongandek  tutib  aytgan  gapi,  ochig‘i,  uncha-muncha 
bo‘rining hiylasidan kuchliroq mazmunga ega.
Natijani  esa  o‘zingiz  ko‘rdingiz.  Bo‘ri  orqa  oyoqlari  orasiga 
dumini  qisgancha  (bu  –  qo‘rqoqlikning  eng  ayanchli  ko‘rinishi!) 
juftakni rostlab qoldi...
Muallif  hikoyaga  ilova  qilgan  to‘rtlikdan  esa  sizning  butun 
hayotingizda asqotadigan hikmat o‘rin olgan:
Do‘st ila dushman so‘zining farqi bor, 
Fahm etar har kimki, o‘lsa hushyor.

Download 26,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish