Adabiyoт uмuмiy o‘rтa тa’liм мakтablarining



Download 7,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/130
Sana17.07.2022
Hajmi7,31 Mb.
#817983
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   130
Bog'liq
5-sinf adabiyot

ANVAR OBIDJON SHE

RLARI HAQIDA
Anvar Obidjonning qariyb oltmish yillik ijodiga nazar tashlasak, 
unda ona Vatan taqdiri bosh mavzu sifatida bo‘rtib ko‘rinishiga guvoh 
bo‘lamiz. Bu mavzu esa o‘z ichiga juda ko‘p qadriyatlarni jamlaydi. 
Yodingizda tuting:
Mustabid sho‘ro tuzumi davrida haq-huquqlari toptalgan xalq 
ahvoli, boyliklari talon-taroj qilingan ona yurt, tili va tarixidan judo 
bo‘lish xavfi ostida qolgan millat taqdiri xususida shoir kuyinib 
she’rlar bitgan. Chunki chin shoir Vatani taqdiriga, uning og‘riqlariga 
befarq bo‘lishi mumkin emas. 
Anvar Obidjon bu haqiqatni 1979-yilda yozgan kichikkina 
she’rida mana bunday ifodalaydi:
Shamol guvlayveradi,
Qushlar sayrayveradi,
Daryolar shovullayveradi.
Baliq esa,
hech qachon gapirmaydi.
Men baliq emasman.


245
Xuddi o‘sha yili bitilgan, go‘yo Chili shoiri Pablo Nerudaga 
bag‘ishlangan she’rda tasvirlangan manzarada esa millionlab o‘zbek 
o‘quvchisi o‘z yurtini, o‘z ahvolini ko‘rgani shubhasiz:
Rasvo bo‘lgan nomus-or uchun,
Jangda o‘lgan do‘st uchun yig‘lang.
Yov toptagan gul diyor uchun,
Taqiqlangan so‘z uchun yig‘lang.
Qolgan dardlar – charxning hazili.
Shukrki, 1991-yilda xalqimiz hurriyatga – milliy mustaqillikka 
erishdi. 130 yildan ortiq davom etgan qullikdan, mutelikdan xalos 
bo‘ldi. Odamlarning ruhiyatida, kayfiyatida, dunyoqarashida tub 
o‘zgarishlar yuzaga qalqib chiqdi. Endi odamlar kim uchundir 
emas, o‘zi va farzandlari uchun mehnat qilayotganini, bu mehnatdan 
keladigan samara Vatani ravnaqiga xizmat qilishini yaxshi biladi. 
Yodingizda tuting:
Onasining qo‘lidan tutib bog‘chasiga borayotgan qizaloqdan 
tortib, uning kamolini tilab duo qilayotgan ko‘chadagi oqso-
qolgacha – butun xalq bir tan-u bir jon bu yurtda.
Shoirning «Hayotning har lahzasi go‘zal» she’ri xalqimiz 
ruhiyatidagi mana shu ajoyib yangilanishni birgina kun – erta tongdan 
quyosh botgunga qadar kuzatiladigan lavhalarda nihoyatda jonli aks 
ettiradi.
Masalan, siz bilan biz ko‘cha bo‘ylarida, xiyobonlarda deyarli har 
kun ko‘zimiz tushadigan gullarni mana bu tarzda ko‘rsatish – ifoda 
qilish faqat shoirning qo‘lidan keladi-da: 
Kelinchakdek bo‘lib orasta,
Gul salomdan ko‘taradi bosh.
Xalqimizning qon-qoniga yurtdoshlik, vatandoshlik tuyg‘usi 
singib ketgan. Dunyoning qay chetida bo‘lmasin, ikki o‘zbekistonlik 


246
ko‘rishib qolsa, har ikkisining yuragi quvonchdan yayrab ketadi. 
Holbuki, bu odamlar oldin hech qachon ko‘rishmaganlar, bir-birlarini 
tanimaydi. Bir muddat diydorlashgach, keyin yana umrbod boshqa 
ko‘rishmaslar ham... 
Shoir mana shu tuyg‘uni xorijlarda emas, o‘z yurtida, har kungi 
oddiy hayotda ham yurakdan chuqur tuyadi va o‘quvchilarini ham 
shunday tuyg‘u bilan yashashga undaydi:
Duch keladi yuzlab chehralar,
Ko‘pin qaytib ko‘rmoqlik mahol.
Ular dilga yaqin naqadar,
Shuning o‘zi tuganmas iqbol.
Bu she’rning har bandi oxirida takrorlanib keladigan misralar 
o‘quvchi yodiga bir umr muhrlanib qolishining sababi esa, ularda 
aks etgan shoir samimiyatidan, qalbidagi ezgulikdandir: «Hayotning 
har lahzasi go‘zal, Umrning har dami g‘animat…»

Download 7,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish