Adabiyoт uмuмiy o‘rтa тa’liм мakтablarining



Download 7,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/130
Sana17.07.2022
Hajmi7,31 Mb.
#817983
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   130
Bog'liq
5-sinf adabiyot

AVTOQISHLOQ
(Fantastik she’r)
Avtoqishloq quribdi
Og‘aynimiz Temirjon.
Mo‘jizaki,
Bundayni –
Ko‘rmagandim hech qachon.


251
Qishloqchaga kiriboq
Bo‘lib qoldim juda lol.
Qaysar avtobolani
Koyir edi avtochol:
– Shoshmay turgin,
Hammasin –
Aytay avtodadangga. 
Qachon aql kiradi 
Qavoq avtokallangga?
Surishtirsam sababin,
Bola ekan ja bevosh.
Cholning avtotovug‘in
Cho‘loq qipti, otib tosh.
Sal narida uchratdim
Qo‘rqoq avtomushukni.
Xushomad-la moylar u
Eski avtokuchukni.
Avtomoldan sut sog‘ar
Avtokampir chelaklab.
Avtoovchi dasht kezar
Avtoitni yetaklab.
Ustaxona ochibdi
Guzarda bir avtoot,
Avtoqo‘y der:
– Menga ham
Dum yasab ber shu zahot.


252
Avtoxachir – navbatda,
Bo‘yatarmish u yolin.
Avtoechki, chamasi,
Almashtirar soqolin.
Avtosichqon chiyillar,
Tishi utmay turshakka.
Avtoho‘kiz so‘z qotar
Qari avtoeshakka:
– Ko‘rindimi yaylovda
Mening avtobuzog‘im?
– Qattiq gapir, akasi,
Zanglab qopti qulog‘im.
Avtoari chaqdi, deb,
Avtoqizcha yig‘lar ho‘ng,
Avtoko‘zin o‘ynatib,
Avtoqarg‘a titar go‘ng...
Bolakaylar kechiring,
Aytolmadim uyog‘in.
Chunki,
Avtoruchkamning
Tugab qoldi siyohi.
Foydalanilgan asosiy manba:
Anvar Obidjon. Tanlangan she’rlar. 2 kitob. – T.: «Sharq». 2014.


253
Nоdаr
DUMBАDZЕ
(1928 – 1984)
Gruzin хаlqining аrdоqli аdibi Nоdаr Dumbаdzе аsаrlаridа ifоdа 
etilgаn ezgulik, insоnpаrvаrlik, аdоlаtsеvаrlik, хаlqqа muhаbbаt 
tuyg‘ulаri uni bоshqа хаlqlаr o‘quvchilаri uchun hаm suyukli 
yozuvchigа аylаntirgаn. 
Yodingizda tuting:
Nоdаr Dumbаdzеning o‘nlаb hikоyalаri, «Kukаrаchа» qissаsi, 
«Oq bаyrоqlаr», «Аbаdiyat qоnuni» singаri rоmаnlаri mоhir 
tаrjimоn Nizоm Kоmil tоmоnidаn оnа tilimizgа o‘girilgаn. 
«Аbаdiyat qоnuni» аsаri аsоsidа o‘zbеk sаn’аtkоrlаri tоmоnidаn 
yarаtilgаn ko‘p qismli vidеоfilm nаmоyish etilgаch, bizning yurtimizdа 
аdib ijоdigа qiziqish yanаdа kuchаygаn.
Nоdаr Vlаdimirоvich Dumbаdzе 1928-yilning 14-iyulidа Gruziya 
pоytахti Тbilisi shаhridа tug‘ilgаn. Yozuvchining ilk hikоyalаr 
to‘plаmi «Qishlоq bоlаlаri» nоmi bilаn 1958-yildа chоp etilgаn. 
Uning dаstlаbki yirik аsаrlаri «Mеn, buvim, Ilikо vа Illаriоn» 
qissаsi 1960-yildа, «Quyoshni ko‘ryapmаn» nоmli rоmаni esа 
1962-yildа yarаtilgаn. Yozuvchining bu аsаrlаridа Ikkinchi jаhоn 
urushi yillаridаgi gruzin qishlоqlаridаgi оg‘ir vа mаshаqqаtli hаyot 
mаnzаrаlаri, bir-birigа o‘хshаmаydigаn tаqdir egаlаri оbrаzi yorqin 
аks ettirilgаn.


254
Аdib zаmоnаviy mаvzulаrdаgi аsаrlаridа insоnlаrning bir-birigа 
munоsаbаtidаgi оdаmiylik, оqibаt singаri fаzilаtlаrni ulug‘lаydi. 
Uning 1967-yildа yozilgаn «Quyosh kеchаsi», 1972-yildа chоp 
etilgаn «Oq bаyrоqlаr» rоmаnlаri bungа misоl bo‘la oladi.
Nоdаr Dumbаdzеning 1978-yildа yarаtilgаn «Аbаdiyat qоnuni» 
аsаri nаfаqаt Gruziyaning o‘zidа, bаlki ko‘plаb bоshqа yurtlаrdа 
hаm izlаb tоpib o‘qilаdigаn аsаrlаr qаtоridаn jоy оldi. Bu rоmаndа 
insоnning hаyotdаgi o‘rni, undаn tаlаb etilаdigаn fidоyilik, hаlоllik, 
vijdоnlilik, аdоlаtpаrvаrlik хususiyatlаri to‘g‘risidа kеng mushоhаdа 
yuritilgаn. Аdibning аksаriyat аsаrlаridаgi vоqеа-hоdisаlаr, insоnlаr 
tаqdiri o‘zining murakkabligi bilаn birgа sаmimiy yumоri bilаn hаm 
o‘quvchi yodidа qоlаdi. 
Nоdаr Dumbаdzе аsаrlаridаgi g‘оya vа mа’nоlаr bizning 
ko‘nglimizdаn jоy оlishining yanа qаtоr sаbаblаri bоr, аlbаttа. 

Download 7,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish