Adabiyoт uмuмiy o‘rтa тa’liм мakтablarining



Download 7,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/130
Sana17.07.2022
Hajmi7,31 Mb.
#817983
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   130
Bog'liq
5-sinf adabiyot

E
’tibor bering:
Tinchlik uchun kurashda, ayniqsa, olimlar, san’atkorlar, shoir-u 
yozuvchilarning xizmati katta. Chunki ular yaratgan asarlardan
ilgari surgan g‘oyalardan millionlab kishilar bahramand bo‘ladi.
Afsuski, fan-texnika rivojlanib, qurol-yarog‘lar takomillashib 
borgani sayin urush qurbonlarining ham soni ortib, u keltirgan 
vayronliklarning ko‘lami kengayib bordi. Eng oxirgi – Ikkinchi 
jahon urushida ellik milliondan ortiq odam halok bo‘ldi.


214
Erkin Vohidovning «Nido» dostoni ham xuddi ana shu urush va 
u olib kelgan kulfatlar, u yetkazgan jarohatlar haqida. Bu doston 
qisman avtobiografik xarakterga ega, ya’ni shoirning tarjimayi holi 
bilan bog‘liq. Chunki uning ayni qalam ushlab, savod chiqarish 
davri ana shu urush yillariga to‘g‘ri kelgan.
Doston yigirma yil avval urushda halok bo‘lgan otasini 
xotirlayotgan farzandning xayollari, iztiroblari bilan boshlanadi. 
Oradan yigirma yil o‘tib ketgan bo‘lsa-da, hamon uning jarohatlari 
bitgani yo‘q. Hamon yer qa’ridan «O‘g‘lim!» degan nido yangrab 
turadi.
Bu nidoning ma’nosi nima? 
Shu o‘rinda shoir olis bolalik yillarini eslab ketadi. Ko‘z oldidan 
to‘p-to‘p bo‘lib jangga ketayotgan odamlar o‘ta boshlaydi. Yoshgina 
bolakay hali urush nima ekanligini to‘liq tasavvur qila olmaydi. 
Biroq ko‘p o‘tmay bu bolakay ko‘cha changitib yurgan olis, sokin 
qishloqda ham urush o‘zining fojiali qiyofasini namoyon eta 
boshlaydi:
Rustamning akasi urushdan qaytdi,
Qo‘ltiqtayog‘i bor,
Bir oyog‘i yo‘q.
Rustam aytib berdi:
Ataka payti 
Tizzasidan olib ketgan emish o‘q...
Yoki urushning ana shu qishloq boshiga solgan yana bir dahshati:
Xol aka qaytganda uyga to‘satdan, 
O‘g‘li: «Dadajon», – deb chopib kelibdi. 
Ota quchay desa qo‘li yo‘q ekan, 
Tik turgan joyida yig‘layveribdi.
Rustamning akasi bilan Xol aka-ku nogiron bo‘lishsa ham qaytib 
kelishibdi. Ammo el-yurtning tinchligi, farzandlarning baxtiyor 
kelajagi deb jon bergan insonlar qancha!


215
Darsga kelmay qoldi tunov kun Tal’at, 
Muallim urishsa, turaverdi jim. 
Dadasidan kelgan ekan qoraxat
Hammamiz yig‘ladik, hatto muallim...
Bu urush har bir xonadonga kulfat olib kelgan, har bir qalbda 
bitmas jarohat qoldirgan.

Download 7,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish