Adabiyoт uмuмiy o‘rтa тa’liм мakтablarining



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/65
Sana06.07.2022
Hajmi0,79 Mb.
#751128
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   65
Bog'liq
adabiyot 2qism 5 uzb (2)

Savol va topshiriqlar
1. Abdulla Avloniy hayoti va ijodini gapirib bering.
2. Avloniyning matbuot va gazetchilik faoliyati haqida nimalarni 
bilasiz?
3. «Vatanni suymak» lavhasida adib bizni nimaga da’vat etadi?
4. «Vatanni suymak» lavhasidagi «hubbul-vatani minal-imoni» – 
Vatanni suymak imondandur hadisining mazmunini sharhlang.
5. «Vatan» she’rida shoir vatanning qadrini bilmaganlarni nimaga 
o‘xshatadi? She’rdan ana shu mulohazalar aks etgan satrlarni 
toping.
6. «Vatan» she’rini yod oling.
Foydalanilgan asosiy manba:
A. Avloniy.
tanlangan asarlar. 1–2-jildlar. – t.: «ma’naviyat», 2006.


141
erkin
VohIDoV
(1936-yildа tug‘ilgаn)
o‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov 1936-yil 28-dekabrda 
Farg‘ona viloyatining oltiariq tumanida muallim oilasida tug‘ilgan. 
Uning otasi ikkinchi jahon urushidan og‘ir jarohat olib qaytadi va 
1945-yilda vafot etadi. oradan bir yil o‘tgach, onasi ham dunyo-
dan o‘tadi. o‘n yoshga yetar-yetmas ham ota, ham onadan ajrab 
qolgan yosh Erkinni tog‘asi o‘z tarbiyasiga oladi. toshkentga – 
tog‘asinikiga kelgan shoir qunt bilan o‘qishlarini davom ettiradi. 
Unda kitobga, adabiyotga havas juda erta uyg‘ondi.
E. Vohidov toshkent davlat universiteti (hozirgi mirzo Ulug‘-
bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti)ning filologiya 
fakultetiga o‘qishga kiradi. Endilikda u adabiyotni tom ma’noda 
chuqur o‘rganishga kirishadi. buyuk ijodkorlarning asarlarini 
berilib o‘qir ekan, ulardan badiiy mahorat sirlarini, so‘zga mas’uli-
yat hissini, soddalik va ravonlikni o‘zlashtirishga intiladi. Shuning 
uchun ham uning «tong lavhasi», «buloq», «Sevgi», «ona 
tuproq» kabi qator she’rlaridagi chuqur ma’no, go‘zal ifodalar, 
ajoyib tasvirlar bilan uyg‘unlashib ketgan.
Erkin Vohidov universitetni tugatgach, uzoq yillar nashriyotlarda 
ishladi, o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara asarlarini chop 
etishda faol ishtirok etdi. 1964-yilda yaratilgan «nido» dostonidan 
so‘ng birin-ketin «orzu chashmasi», «palatkada yozilgan doston», 
«Quyosh maskani», «Ruhlar isyoni» kabi ajoyib dostonlar yozdi.


142
U ko‘plab mashhur jahon shoirlarining asarlarini o‘zbek tiliga 
tarjima qildi. xususan, E. Vohidov tarjima qilgan rus shoiri 
Sergey yesenin she’rlari, ne mis shoiri Gyotening «Faust» asari 
o‘zbek adabiy muhitida katta hodisa bo‘ldi. Shoir yangidan tashkil 
etilgan «yoshlik» jurnalining bosh muharriri sifatida yoshlarning 
adabiyotga kirib kelishi uchun jonbozlik ko‘rsatdi.
E. Vohidovning ilk to‘plami 1961-yilda «tong nafasi» nomi 
bilan chop etilgan edi. Shundan so‘ng birin-ketin «Qo‘shiqlarim 
sizga», «yurak va aql», «mening yulduzim», «nido», «lirika», 
«palatkada yozilgan doston», «yoshlik devoni», «Charog‘bon», 
«dostonlar», «muhabbat», «hozirgi yoshlar», «tirik sayyoralar», 
«iztirob» kabi asarlari nashr etildi.
E. Vohidov faqat she’r va dostonlar yozibgina qolmay, boshqa 
janrlarda ham barakali ijod qildi. U dramaturgiya sohasida ham 
o‘z qalamini sinab, «oltin devor», «istanbul fojiasi» kabi dramalar 
yaratdi. Ayniqsa, «oltin devor» komediyasi uzoq yillar o‘zbek 
teatri sahnasidan tushmay keldi.
E. Vohidov ellik yildan ko‘proq davr mobay nida ijod etgan 
asarlarini to‘plab, «ishq savdosi», «She’r dunyo si», «Umr daryosi» 
va «ko‘ngil nidosi» nomli to‘rt jildlik saylan masini o‘quvchilarga 
taqdim etdi. bu asarlar faqat shoir qalbi ning, kechinmalarininggina 
emas, balki xalq hayotining ham ko‘zgusidir.
Shoir asarlarida hayotga, go‘zallikka muhabbat, yovuzlikka, tu-
banlikka nafrat yaqqol sezilib turadi. Uning ilk dostoni – «nido»da 
insoniyatga og‘ir judoliklar, bitmas jarohatlar keltiradigan urush 
qattiq qoralansa, keyinroq bitilgan «Ruhlar isyoni» dostonida 
xalqlar, millatlar, dinlar o‘rtasidagi nizolar bashariyatga naqadar 
katta falokatlar olib kelishi teran tasvirlangan. bu esa shoir 
ijodi da insonparvarlik hamisha bosh mavzu bo‘lib kelganligini 
ko‘rsatadi.
Erkin Vohidovning el-yurt va adabiyot oldidagi xizmatlari 
inobatga olinib, «buyuk xizmatlari uchun» ordeni va «o‘zbekiston 
Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan.


143

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish