Adabiyoт uмuмiy o‘rтa тa’liм мakтablarining


VаtаNNI SеVmoq ImoNDаNDIR



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/65
Sana06.07.2022
Hajmi0,79 Mb.
#751128
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   65
Bog'liq
adabiyot 2qism 5 uzb (2)

VаtаNNI SеVmoq ImoNDаNDIR
Abdulla
AVLoNIY
(1878–1934)
Aziz bolalar, milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyotining taniq-
li namoyandalaridan biri Abdulla Avloniy 1878-yil 12-iyulda 
tosh kent shahrining mergancha mahallasida hunarmand-to‘quv-
chi oilasida tug‘ildi. U yetti yoshida o‘qchi mahallasidagi bosh-
lang‘ich maktabga o‘qishga bordi, uni 1890-yilda tugatgach, shu 
mahalladagi madrasada tahsil oldi. keyinroq tahsilni Shayxon-
tohurdagi madrasada davom ettirdi. Qish kunlarida o‘qib, yoz 
kunlarida mardikorlik bilan mashg‘ul bo‘ldi. yosh Abdullada 
she’r yozishga ishtiyoq o‘n besh-o‘n olti yoshlarida paydo bo‘ldi.
Abdulla Avloniyning ilk she’riy mashqlari 1894-yilda bitilgan. 
U 1905-yildan boshlab o‘z mashqlari bilan matbuot sahifalari da 
qatna sha boshladi. Abdulla Avloniy biroz muddat – 1905–1908-
yillarda gazetchilik bilan shug‘ullandi. 1906-yilda chiqa bosh-
lagan «taraqqiy», «xurshid» gazetalarida ishladi, ular yopilgach, 
«Shuhrat» gazetasini chiqarishda bosh-qosh bo‘ldi. 1907-yil 
4-dekabrda Avloniy muharrirligida bu gazetaning birinchi soni 
bosmadan chiqdi. ma’rifatparvar shoir uni o‘z uyida – hozirgi mir-
obod tumanida tayyorlab, chop etdi. bu juda mashaqqatli ish edi. 
o‘zingizga ma’lum, o‘sha vaqtda gazetalar hozirgidek avtomat 


135
dastgohlarda emas, qo‘lda bosilardi, sahifalar kompyuterda teril-
mas, balki yog‘ochdan ishlangan qo‘lbola harflar yordamida shakl-
lan tirilardi. Gazetaning har bir soni ana shunday zahmat bilan 
tayyorlanar edi. Abdulla Avloniy ma’rifat yo‘lida har qanday 
meh nat va mashaqqatni yengib o‘tgan bobolarimizdan biri edi. 
keyinchalik «Shuhrat», 1908-yildan nashr etila boshlagan «osiyo» 
gazetasi ham yopilgach, Abdulla Avloniy mirobod mahallasida 
maktabdorlik bilan shug‘ullana boshladi. Abdulla Avloniy ochgan 
maktab o‘z davrining yangi usuldagi ilg‘or maktablaridan biri 
edi.
Abdulla Avloniy o‘z hayoti davomida ham ijodiy, ham amaliy 
ish bilan shug‘ullandi. 1909-yilda «Jamiyati xayriya» tashkilotini 
ochdi va mahalliy xalq bolalarining o‘qib, bilim olishiga 
ko‘maklashish maqsadida pul yig‘ib, maktablarga tarqatdi. 1913- 
yilda «turon» jamiyatini ochdi. Uning vazifasi aholi o‘rtasida 
sahna ishlariga qiziqish uyg‘otish, xalq uchun spektakllar qo‘yib 
berish va ular orqali ommaga ma’naviy oziq berish; klub, musiqa 
kurslari, kutubxona va qiroatxonalar ochish; o‘quvchilarga moddiy 
yordam ko‘rsatish va hokazolardan iborat edi.
A. Avloniy jamiyat qoshida «turon» nomli teatrni ham tashkil 
etdi. o‘zining e’tiroficha, o‘ntaga yaqin pyesani ozarbayjon 
tilidan o‘zbekchaga tarjima qildi, 3 ta yangi pyesa yozdi va ularni 
sahnalashtirdi.
Abdulla Avloniy xalqni ma’rifatga undashning o‘zi kifoya emas-
ligini yaxshi bilgan, shuning uchun ham u yuqorida eslatib o‘tga-
nimizdek, yangi uslub maktabini ochib, bu maktabda o‘zi bolalarni 
o‘qitadi. Shu maktab uchun «birinchi muallim» (1909), «ikkin-
chi muallim» (1912), «turkiy Guliston yoxud axloq» (1913), 
«maktab gulistoni» (1916), shuningdek, olti qismdan iborat 
«Adabiyot yoxud milliy she’rlar» (1909–1916) singari darslik lar, 
alifbo va o‘qish kitoblarini yozdi.
Ushbu kitoblar bolalar yoshi va saviyasiga mosligi, o‘quvchilarni 
tezroq savodxon qilishga yo‘naltirilganligi bilan zamonasining 
boshqa ta’limiy kitoblaridan ajralib turadi. keyinchalik ushbu


136
kitoblar toshkentdagi barcha yangi usul maktablari uchun qayta-
qayta nashr qilindi. bundan tashqari, u o‘tgan asrning 30-yillarida 
7-sinf o‘qish xrestomatiyasini tuzib, nashr ettirdi. Unda o‘z 
davridagi ko‘plab o‘zbek adiblari hamda rus, jahon adabiyotining 
qator vakillari haqida biografik ma’lumotlar keltirilgan, ularning 
mashhur asarlaridan namunalar berilgan edi. 
A. Avloniy 1919–1920-yillarda diplomatik vazifalarda ishladi. 
So‘ng umrining oxirigacha o‘rta osiyo davlat universitetida dars
berdi.
Abdulla Avloniy 1927-yilda «mehnat qahramoni» unvoni bilan 
taqdirlandi. 1930-yilda «o‘zbekiston xalq maorifi zarbdori» unvoni 
berildi.
Abdulla Avloniy 1934-yil 25-avgustda vafot etdi.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish