«Adabiyot» sinflar uchun sinf sinf mavzu: Ma’naviyat xazinasi


) 6-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti. I. Darsning borishi



Download 0,72 Mb.
bet43/142
Sana19.02.2022
Hajmi0,72 Mb.
#459036
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   142
Bog'liq
6- sinf Adabiyot 2017

2) 6-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
Odil YOQUBOV (1926-2009)
Siz O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubovning ayrim hikoya, qissa va romanlarini o‘qigansiz, uning asarlari asosida tayyorlangan ko‘p qismli videofilmlarni ko‘rgansiz, albatta. U hozirgi o‘zbek adabiyotining atoqli vakillaridan biridir.
Bo‘lajak yozuvchi 1926-yil 20-oktabrda hozirgi Janubiy Qozog‘iston viloyatiga qarashli Qarnoq qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘sha yerda o‘rta maktabni tugatib, armiya xizmatiga ketgan. U armiya saflariga chaqirilganida Ikkinchi jahon urushi tugash arafasida edi. Shu paytda Yaponiya davlati bilan urush boshlanib, O.Yoqubov ana shu urushda ishtirok etadi. 50-yillarda u armiya xizmatidan qaytib, O‘rta Osiyo davlat universitetining filologiya fakultetida o‘qiydi. So‘ngra turli yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida, «Literaturnaya gazeta»da, «Ozbekfilm» kinostudiyasida, nashriyotlarda ishlaydi. 1982-1987-yillarda «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasini, 1987-1991-yillarda respublika Yozuvchilar uyushmasini boshqaradi. Keyin O‘zbekiston Atamalar qo‘mitasi raisi, so‘ngra Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasining birinchi vitse-prezidenti lavozimida faoliyat yuritadi.
Odil Yoqubovning dastlabki yirik asari 1951-yilda bosilib chiqqan «Tengdoshlar» povesti edi. So‘ngra uning «Dastlabki qadam» (1953-yil), «Ikki muhabbat» (1955-yil) hikoyalari to‘plami, «Tilla uzuk» (1961-yil) qissa va hikoyalar to‘plamlari chop etiladi, «Chin muhabbat» (1955-yil), «Aytsam tilim, aytmasam dilim kuyadi», «Yurak yonmog‘i kerak» (1958-yil), «Olma gullaganda» (1961-yil) pyesalari yaratiladi. Birin-ketin «Bir felyeton qissasi», «Muqaddas», «Qanot juft bo‘ladi», «Izlayman», «Billur qandillar» qissalari e’lon qilinadi.
Odil Yoqubov o‘zbek adabiyotida roman janrini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan adibdir. Uning turli davrlarda yaratilgan «Er boshiga ish tushsa...» (1966-yil), «Ulug‘bek xazinasi» (1973-yil), «Ko‘hna dunyo» (1982-yil), «Diyonat» (1977-yil), «Oqqushlar, oppoq qushlar» (1988-yil) romanlari kitobxonlarning mehrini qozongan. Bu romanlarda yozuvchi gohi o‘rta asrlar vatanimiz tarixidagi buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy, Abu AH ibn Sino, Ulug‘beklar hayoti, ularning ulug‘vor ishlari haqida hikoya qilsa, gohi zamonaviy mavzularni qalamga olib, odamlar o‘rtasidagi mehr-oqibat, muhabbat, adolat, burch kabi yuksak tuyg‘ularni asrash to‘g‘risida fikr yuritadi. Shuning uchun ham bu asarlar hozirgacha o‘quvchilar tomonidan sevib o‘qiladi.
Mustaqillik yillarida ham yozuvchi barakali ijod qildi. Uning «Adolat manzili» (1998-yil) romani, «Muzaffar Temur» (1996-yil), «Bir koshona sirlari» (2000-yil) singari pyesalari hamda o‘nlab hikoyalarida xalqimiz o‘tmishi va bugungi kunining dolzarb muammolari badiiy tadqiq etildi. Yozuvchi 1985-yilda O‘zbekiston xalq yozuvchisi unvoniga ega bo‘lgan boisa, 1994-yilda «Do‘stlik», 1998-yilda esa «El-yurt hurmati» ordenlari bilan mukofotlangan.

Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish