«Adabiyot» sinflar uchun sinf sinf mavzu: Ma’naviyat xazinasi


) 6-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti. I. Darsning borishi



Download 0,72 Mb.
bet90/142
Sana19.02.2022
Hajmi0,72 Mb.
#459036
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   142
Bog'liq
6- sinf Adabiyot 2017

2) 6-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
Avaz O‘tar turli mavzularda qalam tebratdi. Uning muhabbat haqidagi nozik hislarni uyg‘otuvchi she’rlari hozirgacha kuyga solinib ijro etilayotgan bo‘lsa, ma’rifatparvarlik ruhidagi asarlari ilm olishga, ma’rifatli bo‘lishga da’vat bo‘lib yangramoqda. Ular orasida, ayniqsa, «Til» she’ri alohida diqqatga sazovordir. U g‘azal shaklida bitilgan bo‘lib, Siz-u bizni til o‘rganishga, ayniqsa, «g‘ayri tilini bilishga sa’y qilish»ga, ya’ni chet tillami o‘rganishga da’vat qilishi bilan muhim. Darhaqiqat, xalqimiz «Til bilgan el biladi», deb bejizga aytmaydi. Shoir tilni insonlar, turli millatga mansub kishilarni birlashtiradigan, do‘stlashtiradigan «robitai olamiyon» -kishilarning aloqa vositasi deb ataydi. Shuning uchun ham o‘zgalar tilini ona tilidek bilish «foydai kondir» deydi. Shoirning ma’rifatparvarlikni targ‘ib etuvchi asarlaridan yana biri «Maktab» she’ridir. G‘azal shaklidagi bu she’rda Avaz maktabni ilm-madaniyat manbai sifatida ta’riflab shunday deydi:
Avaz himmatni qil oliy ocharg‘a emdi maktabkim,
Baloi jahl-u nodonlikni barbod etgusi maktab.
Yuqorida biz ta’rif bergan «Til», «Maktab» she’rlarining o‘zi ham shoirning ilm-fan jonkuyari, ma’rifat kuychisi bo‘lganidan dalolat beradi.
Avaz O‘tarning «Fidoi xalqim» deb boshlanuvchi g‘azalida shoirning mazlum xalq ahvoliga achinishi, uning mashaqqatli hayotidan cheksiz afsuslanishi yaqqol sezilib turadi. Shoir o‘zi mansub xalqqa jonini fido qilishga tayyor:
Fidoi xalqim bo‘lsun tanda jonim, Bo‘lub qurbon anga ruhi ravonim.
Gar o‘lsam darbadar mazlumlar uchun, Budur maqsudi qalbi notavonim.
Na yaxshi o‘ylakim, ma’qul-u manzur, Avaz, xalqim uchun to‘kulsa qonim.
Shoir, yuqorida ta’kidlaganimizdek, g‘am-g‘ussagabotgan mehnatkash xalqni baxtli qilish uchun zolimlar bilan murosasiz kurashga, ularni mahv qilishga chog‘langan isyonkor qiyofasida namoyon bo‘ladi. Avaz «kuyub o‘rtanmish el» ozodligi uchun hatto zolim xon boshini olmoqqa ham tayyor. Shoirning ushbu to‘rtligi mazlum xalq himoyasiga otlangan sher yurakli botir hayqirig‘i kabi yangraydi:
Biling: ushbu zamon g‘amnokidurman,
Kuyub o‘rtanmish elning xokidurman.
Avazkim, nazm elm cholokidurman,
Boshin olmoqqa xonning pokidurman.
Avaz O‘tar nazarida xalqqa ziyon-zahmat yetkazadigan kimsalar xoh u xon, amaldor, xoh mutaassib dindor, xoh kaltabin zodagon bo‘lsin, elga dushman odamlardir. Shuning uchun shoir ularni hajv qildi, she’rtili bilan fosh etdi. Buning uchun kichik she’riy shakllardan foydalandi. Shoirning mahalliy amaldorlar, katta-kichik mansabdor shaxslarni tanqid qilib yozgan qit’alari hozirgacha mashhurligini saqlab kelyapti. Masalan, shoirning «Sipohi pora istar...» deb boshlanuvchi qit’asini olaylik:
Sipohi pora istar,
Mulla ijora istar,
Bechora chora istar,
Bir chora zamon bormu?
Ko‘ryapmizki, sipohi (amaldor) pora so‘rab tursa, mulla tamagirligini qo‘ymasa, dodingni kimga aytasan, kishi?! Shoir xalqni tinkasini quritgan zolimlardan nafratlanadi, «bechoralarga chora» topib beradigan «bir chora zamon» bormikin deb, kuyinadi.



Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish