«Adabiyot» sinflar uchun sinf sinf mavzu: Ma’naviyat xazinasi


) 6-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti. I. Darsning borishi



Download 0,72 Mb.
bet12/142
Sana19.02.2022
Hajmi0,72 Mb.
#459036
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   142
Bog'liq
6- sinf Adabiyot 2017

2) 6-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq shoiri Turob To‘la 1918-yilning 24-dekabrida hozirgi Janubiy Qozog‘iston viloyatining Turbat qishlog‘ida tug‘ilgan. Ota-onasidan erta ayrilgan Turobjon bolalar uyida ta’lim-tarbiya oladi. 1934-1938-yillarda Toshkent teatr bilim yurtida, 1938-1941-yillar oralig‘ida Toshkent pedagogika instituti til va adabiyot fakultetining kechki bo‘limida o‘qiydi, kunduzi esa ishlab ijodiy va hayotiy tajribalarini boyitadi. O‘qishni bitirgach, respublikamizning madaniy-ma’rifiy tashkilotlarida turli vazifalarda sidqidildan mehnat qiladi. Jumladan, yoshlar gazetasida adabiy xodim, O‘zbekiston Davlat radioeshittirish qo‘mitasida muharrir va suxandon, O‘zbekiston Davlat nashriyoti (O‘zdavnashr)da muharrir, «O‘zbekfilm» kinostudiyasida ssenariy bo‘limi mudiri, respublika Kinochilar uyushmasida kotib, Madaniyat vazirligi san’at ishlari boshqarmasi boshlig‘i, Hamza nomidagi teatr direktori, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi Adabiyotni targ‘ib etish markazi rahbari singari vazifalarni bajaradi.
Turob To‘la ijodiy faoliyatini 15-16 yoshidan boshlagan. Uning dastlabki to‘plami 1939-yilda «She’rlar» nomi bilan chop etilgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida shoirning «Shodligim» (1941-yil), «Tabassum» (1944-yil) nomli to‘plamlari e’lon qilindi. Ulardan joy olgan aksariyat asarlarda barcha xalqlar qatori o‘zbek xalqining ham ko‘nglida to‘lib-toshgan fashizmga nafrat, tinch va osoyishta hayotni qo‘msash, urushga ketgan farzandlarini sog‘inish hislari badiiy ifoda etilgan edi.
Urushdan keyin faol ijodiy mehnatga sho‘ng‘igan Turob To‘laning birin-ketin «Baxt tongotari» (1948-yil), «Muborakbod» (1949-yil), «Bolalar dostoni» (1950-yil), «Qanotlan, qo‘shiqlarim» (1955-yil), «Tanlangan asarlar» (1958-yil), «Oromijon» (1961-yil), «Gulyor» (1968-yil), «Oftob nayzada» (1974-yil) singari she’r va dostonlar to‘plamlari, zamondosh o‘zbek adabiyoti va san’ati namoyandalariga bag‘ishlangan «Nafosat» (1967-yil), «Kamalak» (1972-yil) nomli adabiy portret va xotiralar kitobi o‘quvchilar qo‘liga yetib bordi. Jumladan, shoirning «Qanotlan, qo‘shiqlarim» to‘plamidan o‘rin olgan aksariyat she’rlari («Hayo bilan», «Sumbula», «Ko‘chalar», «Do‘ppi tikdim», «Sartarosh qo‘shig‘i» va boshqalar) respublikamizning ko‘plab iste’dodli san’atkorlari tomonidan qo‘shiq qilib kuylanib, xalqimiz qalbidan chuqur o‘rin egalladi. Turob To‘la shu tariqa zamonaviy o‘zbek qo‘shiqchilik san’ati rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan ijodkor sifatida tanildi.
Turob To‘la, bundan tashqari, bir qancha kinossenariylar yaratilishida, ular asosida milliy kinomizning nodir namunasi bo‘lib qolgan filmlar suratga olinishida ham faol ishtirok etdi. Ular orasida «Maftuningman», «Shashmaqom», «Furqat» singari mashhur filmlar bor.
Ijodkor dramaturgiya sohasi rivojiga ham salmoqli hissa qo‘shdi. Uning qalamiga mansub «Qizbuloq», «Nodirabegim», «Momo yer» pyesalari, «Zulmatdan ziyo», «Malikayi ayyor» opera librettolari hamda «Samarqand afsonasi» baleti librettolari respublikamiz teatrlari repertuaridan munosib o‘rin egalladi.
Turob To‘la Shekspirning «Qiyiq qizning quyulishi» komediyasini, Pushkin, Lermontov, Nekrasov, Shevchenko, To‘qay asarlarini ona tilimizga mahorat bilan o‘girgan.
Taniqli shoir, nosir, tarjimon va dramaturg Turob Tola 1990-yil 20-aprelda olamdan o‘tgan.



Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish