«Adabiyot» sinflar uchun sinf sinf mavzu: Ma’naviyat xazinasi


) «Adabiyot» 6-sinf uchun darslik. 2) 6



Download 0,72 Mb.
bet8/142
Sana19.02.2022
Hajmi0,72 Mb.
#459036
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   142
Bog'liq
6- sinf Adabiyot 2017

1) «Adabiyot» 6-sinf uchun darslik.
2) 6-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
Xalqimizning «Tuyani shamol uchirsa, echkini osmonda ko‘r» degan maqolini eshitgan bo‘lsangiz kerak. Bu degani «bir falokat ko‘pchilikning boshiga yog‘ilsa ham, u har kimga har xil ta’sir qiladi - «yo‘g‘on cho‘zilguncha, ingichka uziladi» deganidir. G‘afur G‘ulom tug‘ilgan oilaning taqdiri yodingizdami? G‘afurjon to‘qqiz yoshida otasidan, o‘n beshga kirib-kirmay mehribon onasidan ajraladi. Ukalari va singillari bilan g‘irt yetim qoladi. Yana qanaqa paytda deng? Aytganimizdek, butun dunyoda urushning sovuq nafasi kezib yurgan, o‘lkamizda iqtisodiy va ma’naviy tanazzul ayni chuqurlashgan yillarda. Bunday paytda ota-onasiz qolgan bolalarning hayoti juda og‘ir kechishini tasavvur qilsangiz kerak. Nima bilandir qorin to‘yg‘azish, egniga kiyim-bosh topish oson ish emas. «Shum bola» qissasining bosh qahramoni ham shunday og‘ir kunlarda otasidan ayrilgan, qariyb siz tengi - o‘n to‘rt yoshli bolakay. Onasi bir etak bolani boqish uchun kun bo‘yi tinim nimaligini bilmaydi. Shum bola bo‘lsa, tengdoshlariga qo‘shilib, erta tongdan to qorong‘i kechgacha ko‘chadan kirmaydi. U - yerga ursa ko‘kka sapchiydigan, bir joy da uzoqroq turib qolsa yuragi siqilib ketadigan, tinib-tinchimas bolalar xilidan. Kunlarning birida u onasini xafa qilib qo‘yganidan xijolat bo‘lib, qolaversa, biror oy mehnat qilib, pul topib kelish ilinjida yo‘lga tushadi. Uning Toshkent atrofidagi qishloqlarda kechadigan sarguzashtlariga sarguzasht ulanib, yarim yildan ortiq davom etadi. Mana shu vaqt mobaynida Shum bola bir-biridan qiziq voqealar ishtirokchisiga aylanadi. Pochchasi avaylab boqayotgan qimmatbaho qushlarga qa-tiq, suzma ichirib, harom o‘ldirib qo‘yadi, do‘sti Omonga qo‘shilib Sulton o‘g‘ri boshchiligidagi kissavurlar bilan tunni o‘tkazadi, ko‘chmanchilar ovulida o‘lik yuvib sharmanda bo‘lishadi, masjid imomining og‘ilxonasida o‘sallab qolgan ho‘kiz o‘rniga soppa-sog‘ eshakni so‘yib qo‘yib, rosa kaltak yeydi va hokazo.
Shum bola qayerga bormasin, kim bilan to‘qnashmasin, hamma joyda kattalarning o‘ziga bepisand qarashi, qo‘pol muomalasiga duch keladi. O‘zlarini go‘yo yetimning boshini silaydigan himmatli kishilar qilib ko‘rsatadigan turli noinsof kimsalar uning navqiron kuchidan suvtekin foydalanib qolishga urinadilar. Bu ham mayli, shu yosh bolani turli qing‘ir yo‘llarga boshlovchilar ham topiladi. Masalan, yuzlab qalandarlarga yo‘lboshchi bo‘lib olib, har gapida qayta-qayta Xudoni tilga oladigan ikkiyuzlamachi Eshon Shum bolani to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘g‘irlik qilishga yo‘llaydi. Eshonning Shum bolaga aytgan quyidagi gaplari uning naqadar tuban kimsa ekanidan dalolatdir:
«Oyoq-qo‘ling chaqqongina, epchil yigitsan. Sen ham axir qarab turmasdan, boshqacharoq yo‘l bilan bo‘lsa ham tirikchilikning payidan bo‘lsang edi, o‘g‘lim... Axir kissa-karmon degan gaplar ham bo‘ladi. Naqdina pul - ham yengil, ham qimmat, ham yashirishga oson bo‘ladi. Naqdina bo‘lsin, bolam, naqdina bo‘lsin...»
Shaharning bir chekkasidagi xaroba uyni nashavand-bangilar yig‘iladigan takyaxonaga aylantirgan Hoji bobo ham o‘zicha xudojo‘ylikda boyagi Eshondan qolishmaydi. Biroq uning qilayotgan ishlari Xudoning aytganlariga mutlaqo teskariligi bilan o‘quvchini hayratga soladi.



Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish