Tuyuqlar. Janr ta’rifi. Navoiyning uch tuyugʻi.
Tuyuq — turkiy xalqlar mumtoz sheʼriyatidagi lirik janr bo‘lib, , aruzning ramal bahrida yoziladi, a-a-b-a, baʼzan a-b-v-b tarzida va favqulodda hollarda — a-a-a-a oʻlchovida qofiyalanadi. Tuyuq soʻz oʻyini asosida tajnis qofiyasida beriladi. Tajnissiz Tuyuqlar ham bor. Tuyuqning dastlabki namunalari xalq ogʻzaki ijodida uchraydi. Bizgacha yetib kelgan tuyuqlar Burhoniddin Sivosiy qalamiga mansub. “Qutadgʻu bilig” da ham tajnisli toʻrtliklar bor, biroq ular mutaqorib bahrida yozilgan. Alisher Navoiy “Mezon ul-avzon” asarida tuyuqni birinchi marta janr sifatida belgilab bergan. Bobur oʻzining “Aruz risolasi” asarida tuyuqni turkiy sheʼriyat shakllaridan biri sifatida baholagan. Tuyuq hozirgi sheʼriyatda birmuncha boshqacharoq nomlarda uchraydi. Xususan, ozarbayjonlarda bayot, turklarda maʼni, turkmanlarda laʼli. Mumtoz adabiyotda Lutfiy, Navoiy, Bobur, Gʻ. Gʻulom, Habibiy, Charxiy, Sobir Abdulla ijodida tuyuq janrining yetuk namunalarini uchratishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |