Filologik tahlil namunasi
Tahlilni boshlashdan oldin quyidagi topshiriqlar guruhlarga tarqatilib, imkon qadar tinglovchilar fikri eshitiladi:
A.Oripovning “O’zbekiston” qasidasi birinchi bandida berilgan “kumush diyor” birikmasini izohlang.
Lutfiyning “Xoh inon, xoh inonma” radifli g’azalidagi
Yoqub bikin ko’p yig’idin qolmadi sensiz
Nuri basarim xoh inon, xoh inonma
baytining mazmunini sharhlang, baytda qo’lllanilgan she’r san’atlarini ayting.
A.Navoiyning “Qilg’il” radifli g’azali matla’sida ifodalangan baddiy tasvir vositalarini ko’rsating.
A.Navoiyning “Deyin” radifli g’azali 5-baytida “gul rangi qabo” birikmasi mavjud. Bu qaysi rangni ifodalaydi?
5-sinfda sevimli shoirimiz A.Oripovning “O’zbekiston” qasidasi berilgan. Bu asarning har bandi o’n misradan iborat bo’lib, jami 14 band, 140 misrani tashkil etadi. Asar o’ziga xos qofiya tizimiga ega. She’rni o’qituvchi yordamida bir marta ifodali o’qib, qofiyasini belgilash: b-d, b-d, e-f, e-f, a-a. turoqlanishiga e’tibor berish lozim:
turoqlanishi
|
4
|
5 =9
|
Yurtim, senga
|
sher bitdim bu kun,
|
Qiyosingni
|
topmadim aslo.
|
Shoirlar bor,
|
o’z yurtin butun
|
Olam aro
|
atagan tanho.
|
Ular she’ri
|
uchdi ko’p yiroq,
|
Qanotida
|
kumush diyori.
|
Bir o’lka bor
|
dunyoda, biroq
|
Bitilmagan
|
dostondir bori.
|
Faqat ojiz
|
qalamim manim,
|
O’zbekiston –
|
Vatanim manim!
|
Yuqoridagi band mazmunini bayon qilish:
Ey Ona Vatanim, senga atab she’r yozishni niyat qilgan edim, bugun shu niyatimga yetdim. She’r yozishni boshladim, lekin senga o’xshash, senga teng keladigan tushunchani anglatadigan so’z topa olmadim.
Shunday shoirlar borki, ular o’z diyorini dunyoda tanho deb maqtaydi.
She’r matni bilan uning mazmuni taqqoslanib,she’r matni afzal ekanligi tushuntiriladi.
She’r g’oyasiga ahamiyat berish lozim. A.Oripov “O’zbekiston” she’rini Vatan mavzusida yaratdi, unda vatanparvarlik g’oyasini ilgari surdi. Shoir she’r orqali o’zining qalbida vatanga nisbatan hosil bo’lgan muhabbatni sodda, samimiy tarzda ifodalagan. Ma’lumki, she’riyatda o’xshatish san’ati bor. Bu san’at yaratilgan obrazning qadrini, qimmatini oshirishda, baholashda yordam beradi. Ammo shoir o’z yurtini shu qadar muqaddas biladiki, uni qiyoslash uchun so’z topolmaydi.
S hoir she’rda rus shoirlarini tilga oladi. “Kumush diyor” so’z birikmasi orqali Rossiya o’lkasini nazarda tutadi.Banddagi ma’nodosh (sinonim) so’zlar qatoriga ham ahamiyat berish kerak.
Qasidada tilga olingan tarixiy shaxslar ro’yxatini tuzish orqali tarix faniga bog’lab darsni tashkil etish yana ham yaxshi samara beradi.
Tarixiy shaxslardan buyuk siymolarimiz nomlarini alohida ajratib olib, tahlil qilish ham ajdodlarga ehtirom ramzi hisoblanadi. She’riyatda keltirilgan tarixiy shaxslar esa badiiy tasvir vositalaridan talmih san’atiga mansubligini eslatib o’tish o’quvchilar nazariy bilimlarini boyitadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |