Ey ko„ngil, dushmanlar oncha makr ila fan qildilar,
Kim, vafolig„ do„stni jonimga dushman qildilar
deb yozadi shoir bir g‗azalida. Unda g‗oyatda samimiylik bilan, ayni paytda,
nihoyasiz dard-u hasrat bilan ifoda etilgan holat barchamizga begona emas. Qaysi
birimiz umrimizning muayyan lahzalarida – koinot gultoji sanalmish Odam Ato
farzandlarining ezgulikdan ko‘ra yovuzlikka ustomonligidan, ig‗vo, hasad,
manfaatparastlik, g‗iybat, yolg‗onni bo‗rttirib, ―vafolig‗ do‘stlarni dushmanimizga
aylantirganliklaridan aziyat chekmaganmiz?! Shunday fursatlarda qay birimiz
bolalarcha sharhi holga, bolalarcha tasalli va himoyaga muhtojlik sezmadik ekan?!
Aylamang bekasligimni ta‟n bir kun, bor edi
Menda ham bir nozanin chobuksuvor, ey do„stlar
degan satrlarni o‗qimiz yana bir g‗azalida.
Navoiy ijodiga yaqinlashishga hayiqibroq turgan har qanday o‗quvchi
favqulodda samimiy izhori dil, hasrat, iltijodan larzaga tushmasligi mumkin emas.
Ulug‗ shoir she‘riyatiga ana shunday oddiy insoniy tuyg‗ular halqasi bilan
bog‗langach, uning bepoyon fikrlar olamiga ramzlar dunyosiga qadam tashlash
oson kechadi. Shoir uchun insoniylik, odamiylik, poklik uning kimligini
belgilovchi bosh mezondir:
Odami ersang, demagil odami,
Onikim yo„q xalq g„amidin g„ami.
Chunki Navoiy uchun inson butun tirik mavjudotning gultojidir, Allohning
sevgan bandasidir. Hamma noz-u ne‘mat insonning saodatli umr kechirishi uchun
yaratilgan.
Ochilg‟on bu gulshanda inson guli,
Ne inson guli, bog„i rizvon guli.
Shoir shu ―rizvon guli‖ning xor bo‗lishi, ezilishi, xo‗rlanishini sira
istamaydi, jafokash odamlar va zolim zamonaning insonga, xalqqa qilgan
adolatsizligiga chidamay faryod ko‗taradi.
Yuz jafo qilsa menga, bir qatla faryod aylabon,
Elga qilsa bir jafo, yuz qatla faryod aylaram.
Navoiyning ishq zimmasiga yuklagan ma‘nosi juda chuqur, katta. U
insonning insonga bo‗lgan ishqinigina kuylab qolmasdan (buni Navoiy majoziy
ishq deydi), ayni choqda haqqa – Allohga bo‗lga ishqni ham mehr-e‘tiqod bilan
ifodalaydi (buni haqiqiy ishq deydi). Majoziy ishq haqiqiy ishq sari tashlangan ilk
qadamdir. Ruhiy pok, komil insongina Allohga yetishishi mumkin. Bir g‗azalida
―Majozdin menga maqsud erur haqiqiy ishq‖ deydi.
Navoiy doim ijod zavqi bilan yonar, ulkan niyatlarini ro‗yobga chiqarish
uchun tinmay ishlar, ammo vaqti yetmas edi. U badiiy ijod deb amirlikdan voz
kechadi. Biroq baribir shohning eng ishongan kishisi, uning nomidan mamlakatni
boshqarish huquqiga ega bo‗lgan oily mansabdor shaxs bo‗lib qoldi. U oxirgi
nafasigacha shohga hurmat bilan qaradi. Husayn Bayqaro safardan qaytayotganda
Navoiy unga peshvoz chiqish uchun o‗n bir tosh yo‗l bosadi. Shoh yaqinlashganda
Navoiyning boshi aylanib behalovat bo‗ladi, shohning qo‗lini o‗pish uchun otdan
tushadi, lekin yurishga madori yetmaydi, behush yiqiladi, miyasiga qon quyiladi,
harakat va so‗zlashdan qolgan ulug‗ shoir uch kun yotib 1501- yil 3- yanvarda
hayotdan ko‗z yumadi.
Maktab, litsey, kollej va oliy o‗quv yurtlarida yosh avlodni mutafakkir
ijodidan bahramand etishga xizmat qiluvchi maxsus dars soatlari, mashg‗ulotlar
o‗tilsihi yo‗lga qo‗yildi. Ko‗plab mahalla, madaniy-ma‘rifiy maskanlar, ko‗cha va
xiyobonlarga Alisher Navoiy nomi berildi. Har yili Alisher Navoiy tug‗ilgan kun
munosabati bilan keng miqyosda navoiyxonlik kechalari, mutafakkir hayoti va
ijodiga bag‗ishlangan tadbirlar o‗tkaziladi.
Mumtoz adabiyotimiz bobokaloni Alisher Navoiyning sermazmun hayoti,
yuksak insoniy fazilatlari, iqtidor va kamoloti zamondoshlariga namuna
bo‗lganidek, bugun ham barchamiz uchun ibrat maktabidir. Alisher Navoiy juda
ko‗p shogirdlarga rahnamolik qilgani ma‘lum. O‗nlab iste‘dodli shoir va tarixchi,
rassom va hattot u zotning himmati va tarbiyati soyasida voyaga yetishgan. Ulug‗
shoir iste‘dodlarga g‗amxo‗rlikning
o‗ziga xos maktabini yaratgan. Iste‘dodni
tanish va e‘tirof etish yo‗llari, tabiiy qobiliyat, bilim va mehnat, tahsil va adabiy
ta‘sir, rag‗batlantirish va talabchanlik, axloqiy sifatlar va uning iste‘dodga ta‘siri,
g‗oyaviy yetuklik va mahoratni oshirish masalalari doim Alisher Navoiyning
diqqat markazida bo‗lardi.
Alloma bobomizning bu borada qarashlari ―Majolis un- nafois‖, ―Xamsat ul
mutahayyirin‖, ―Mahbub ul -qulub‖, ―Nasoyim ul- muhabbat‖ kabi qator asarlarida
ifodasini topgan.
Jumladan, ―Majolis un -nafois‖ning uchinchi va to‗rtinchi majlislarida yosh
olim va fozillar haqida, ijod ahlining tarbiyasi xususida so‗z boradi.
Yoshlarning shaxsiy xislatlari, sa‘jiyasi, axloq-odobi, tahsil ko‗rgan-
ko‗rmaganligi ustozni ko‗p qiziqtirgan. Kamtarlik, muloyimlik, xushtavoze
bo‗lish, mehnatsevarlik, burrolik, hozirjavoblikni ijodkorning fazilatlari deb
bilgan, yalqovlik, parishonlik, jununsifat yurish, kekkayish, havoyilik,
sharobxo‗rlikka berilish singari yomon odatlarni qattiq qoralagan. Bu kabi salbiy
odatlar bir qancha yosh iste‘dodlarni nobud etganini qator misollar bilan ko‗rsatib
beradi: ―Mavlono Sayfiy… hushyorlig‗ va base odamiyvash va hayo odoblig‗
yigitdur. Ammo sarxushlikda o‗zga mohiyat bo‗lur, balki rasvonamo bo‗lur edi.
Bu uchurda tavbag‗a tavfiq bo‗ldi. Umid ulkim, istiqomatg‗a ham muvofiq
bo‗lg‗ay‖.
Xullas, hazrat Alisher Navoiyning madaniyatimiz taraqqiyoti uchun qilgan
ishlari, yosh iste‘dodlar tarbiyasiga g‗amxo‗rligi hozir ham yuksak ahamiyatli va
ibratlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |