Adabiyot birinchi qism umumiy o'rta ta'lim maktablarining -sinfi uchun darslik-majmua Qayta ishlangan uchinchi nashri O'zbekiston Respublikasi Xalq ta 'limi


badiiy voqea-hodisaga, abadiyat masalasiga



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/69
Sana04.07.2022
Hajmi1,54 Mb.
#738943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
4 6048429360069739915

 badiiy voqea-hodisaga, abadiyat masalasiga
aylantirildi, de-
gan muammodir. Bu borada adabiyot tarixi juda ko'p ijobiy va 
undan-da ko'proq afsuslanarli tajribaga ega. 
Uzoqqa bormay, yetmish yillik tarixni o'z ichiga olgan 
sho'ro davri o'zbek adabiyotiga nazar tashlash kifoya. Bu davr-
da milliy adabiyotimizning oltin xazinasidan munosib o'rin ol-
gan o'nlab badiiy durdonalar yaratilishi bilan birga, o'z davri 
siyosati singari vaqt sinoviga dosh berolmagan minglab zaif 
asarlar ham yozilgan edi. (E'tibor bering: biz bu o'rinda «yara-
tilgan edi» degan iborani ishlatishga istihola qilyapmiz.) 
Demak, yana o'sha qoida: ijodkor zamonaning o'tkinchi 
gaplariga berilmay, hayotda yuz berayotgan voqealarning tub 
zamiriga nazar tashlashi, mana shu chuqurlikda yotgan asl 
sabab-mohiyatni ko'rishi va uni mukammal obrazlar hamda 
vositalar orqali badiiy hodisaga aylantira bilishi lozim. Zero, 
adabiyotshunoslik fanida «abadiy muammolar» degan tushun-
cha mavjud. Bu shunday muammolarki, zamonlar o'tishi, bir-
ikki davr kishilarining sa'y-harakatlari bilan ular yechilib, yo'q 
bo'lib ketmaydi. To odamzod bor ekan, bu muammolar unga 
doimiy va ajralmas hamroh bo'lib qolaveradi. Odamzodni qi-
ziqtiraveradi, o'ylantiraveradi, qiynayveradi. 


Muhabbat va nafrat, adolat va adolatsizlik, imonlilik va nafs-
ga qullik, haqiqat va yolg'on, mardlik va qo'rqoqlik, sadoqat va 
sotqinlik, vatanparvarlik va qullik tuyg'ularini o'z ichiga qamra-
gan abadiy muammolarni yoritgan asarlargina umrboqiylik kasb 
etadi. Xuddi shu tufayli ham Tohir tilga olinganda Qorabotir 
(«Tohir va Zuhra» dostoni), Farhod eslanganda Xusrav («Far-
hod va Shirin» dostoni), Kumush yodlanganda Zaynab («O'tkan 
kunlar» romani), Yo'lchi to'g'risida gap ketganda Mirzakarim-
boy («Qutlug' qon» romani) esga keladi, kishini o'ylantiradi. 
Bu asarlar va ularning qahramonlari yuqorida sanalgan o'lmas 
insoniy tuyg'ularni o'zida kuchli aks ettirgani bilan ham abadi-
yatga daxldor. 
Badiiy mukammal asarlarning yana bir muhim xislati shun-
dan iboratki, ularda muayyan millatning tili butun jozibasi bilan 
namoyon bo'ladi. Bu asarlar adabiy til normalarini mustahkam-
labgina qolmay, balki uning boyishi, yana-da sayqallanishi, 
ta'sir doirasining kengayishiga ham sezilarli turtki beradi. 
Navoiy o'z asarlari bilan turkiy til qaddini qanchalar yuk-
sakka ko'targanidan xabardorsiz. Xuddi shu singari bizning ona 
tilimiz «Kuntug'mish» dostonida o'nlab, Lutfiy tuyuqlarida yuz-
lab, Nodira g'azallarida yana minglab yangi qirralarini ko'z-ko'z 
qiladi. G'afur G'ulom she'rlari va nasriy asarlari o'zbek tilining 
naqadar boyligini yana bir bor isbotlasa, Muhammad Yusuf 
she'rlaridagi xalqona ohang bu she'rlarning millionlab muxlislar 
qalbida qo'shiq bo'lib yangrab qolishiga sabab bo'ladi. 
Demak, bugundan boshlab yana adabiyot atalmish ulkan 
xazinalar bog'iga kirib boramiz. Uning dur-u gavharlaridan 
ko'zimiz yashnab, yam-yashil yaproqlaridan, xandon ochilgan 
gul-u chechaklaridan ko'nglimiz yayraydi. Eng muhimi, ruhi-
yatimiz kundalik hayotning nisbatan rangsiz tuyuladigan olami-
dan bir muddat uzilib, xuddi shu hayotning badiiy bo'rttirilgan, 
ranglari tiniqlashtirilgan manzaralariga oshno tutinadi. Bu 
mo'jizalarga to'la bog'dan nimalar olib chiqish, qanday xazina-
larning egasiga aylanish endi faqat o'zingizga, nafis adabiyotga 
bo'lgan e'tiboringizga bog'liq, aziz o'quvchi! 



Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish