Adabiyot Abituriyentlar uchun 3-qism mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti



Download 0,62 Mb.
bet41/148
Sana01.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#727046
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   148
Bog'liq
3-qism

«NIDO» DOSTONI HAQIDA
Doston 20 yil avval urushda halok bo‘lgan otasini xotirlayotgan farzandning xayollari, iztiroblari bilan boshlanadi. Shu o‘rinda shoir olis bolalik yillarini eslab ketadi. Ko‘z oldidan to‘p-to‘p bo‘lib jangga ketayotgan odamlar o‘ta boshlaydi. Yoshgina bolakay hali urush nima ekanligini to‘liq tasavvur qila olmaydi. biroq ko‘p o‘tmay bu bolakay ko‘cha changitib yurgan olis, sokin qishloqda ham urush o‘zining fojiali qiyofasini namoyon eta boshlaydi:
Rustamning akasi urushdan qaytdi, Qo‘ltiqtayog‘i bor, Bir oyog‘i yo‘q.
Rustam aytib berdi: Ataka payti Tizzasidan olib ketgan emish o‘q...
yoki urushning ana shu qishloq boshiga solgan yana bir dahshati:
Xol aka qaytganda uyga to‘satdan, O‘g‘li: «Dadajon»,–deb chopib kelibdi.
Ota quchay desa qo‘li yo‘q ekan, Tik turgan joyida yig‘layveribdi.
Rustamning akasi bilan Xol aka-ku nogiron bo‘lishsa ham qaytib kelishibdi. Darsga kelmay qoldi tunov kun Tal’at, Muallim urishsa, turaverdi jim. Dadasidan kelgan ekan qoraxat, Hammamiz yig‘ladik, hatto muallim...
O‘ZBEGIM
(qasida)

Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinhon, o‘zbegim,
Senga tengdosh Pomir-u
Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim.

So‘ylasin Afrosiyob-u


So‘ylasin O‘rxun xati,
Ko‘hna tarix shodasida
Bitta marjon, o‘zbegim.

Al-Beruniy, Al-Xorazmiy,


Al-Forob avlodidan,
Asli nasli balki O‘zluq,
Balki Tarxon, o‘zbegim.

O‘tdilar sho‘rlik boshingdan


O‘ynatib shamshirlarin
Necha qoon, necha sulton,
Necha ming xon, o‘zbegim.

Tog‘laring tegrangda go‘yo


Bo‘g‘ma ajdar bo‘ldi-yu,
Ikki daryo – ikki chashming,
Chashmi giryon, o‘zbegim.

Qaysari Rum nayzasidan


Bag‘rida dog‘ uzra dog‘,
Chingiz-u Botu tig‘iga
Ko‘ksi qalqon, o‘zbegim.

Yog‘di to‘rt yondin asrlar


Boshingga tiyri kamon,
Umri qurbon, mulki taroj,
Yurti vayron, o‘zbegim.

Davr zulmiga va lekin


Bir umr bosh egmading,
Sen –Muqanna, sarbador – sen,
Erksevar qon, o‘zbegim.

Sen na zardusht,sen na buddiy,


Senga na otash, sanam,
Odamiylik dini birla
Toza iymon, o‘zbegim.

Ma’rifatning shu’lasiga


Talpinib zulmat aro,
Ko‘zlaringdan oqdi tunlar
Kavkabiston, o‘zbegim.

Tuzdi-yu Mirzo Ulug‘bek


Ko‘ragoniy jadvalin,
Sirli osmon toqiga ilk
– Qo‘ydi narvon o‘zbegim.

Mir Alisher na’rasiga


Aks sado berdi jahon,
She’riyat mulkida bo‘ldi
Shoh-u sulton o‘zbegim.

Ilm-u she’rda shoh-u sulton,


Lek taqdiriga qul,
O‘z elida chekdi g‘urbat,
Zor-u nolon o‘zbegim.

Mirzo Bobur – sen, fig‘oning


Soldi olam uzra o‘t,
Shoh Mashrab qoni senda
Urdi tug‘yon, o‘zbegim.

She’riyatning gulshanida


So‘ldi mahzun Nodira,
Siym tanni yuvdi ko‘z yosh,
Ko‘mdi armon, o‘zbegim.

Yig‘ladi furqatda Furqat


Ham muqimlikda Muqiym,
Nolishingdan Hind-u Afg‘on
Qildi afg‘on, o‘zbegim.

Tarixing bitmakka, xalqim,


Mingta Firdavsiy kerak,
Chunki bir bor chekkan ohing
Mingta doston, o‘zbegim.

Ortda qoldi ko‘hna tarix,


Ortda qoldi dard, sitam,
Ketdi vahming, bitdi zahming,
Topdi darmon o‘zbegim.

Bo‘ldi osmoning charog‘on


Tole xurshidi bilan,
Bo‘ldi asriy tiyra shoming
Shu’la afshon, o‘zbegim.

Men Vatanni bog‘ deb aytsam,


Sensan unda bitta gul,
Men Vatanni ko‘z deb aytsam,
Bitta mujgon o‘zbegim.

Faxr etarman, ona xalqim,


Ko‘kragimni tog‘ qilib,
Ko‘kragida tog‘ ko‘targan
Tanti dehqon o‘zbegim.

O‘zbegim deb keng jahonga


Ne uchun madh etmayin!
O‘zligim bilmoqqa davrim
Berdi imkon, o‘zbegim.

Men buyuk yurt o‘g‘lidurman,


Men bashar farzandiman,
Lekin avval senga bo‘lsam
Sodiq o‘g‘lon, o‘zbegim.

Menga Pushkin bir jahon-u


Menga Bayron bir jahon,
Lek Navoiydek bobom bor,
Ko‘ksim osmon, o‘zbegim.

Qayga bormay,boshda doppim


G‘oz yuraman gerdayib,
Olam uzra nomi ketgan
O‘zbekiston, o‘zbegim.

Bu qasidam senga, xalqim,


Oq sut-u tuz hurmati,
Erkin o‘g‘lingman, qabul et,
O‘zbegim, jon o‘zbegim.


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish