Adabiyot Abituriyentlar uchun 3-qism mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti



Download 0,62 Mb.
bet37/148
Sana01.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#727046
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   148
Bog'liq
3-qism

TO‘RA SULAYMON
(1934—2005)
O‘zbekiston xalq shoiri, o‘z ijodi bilan o‘zbek she’riyatiga qadim xalqona ohanglarni qaytarishga uringan iste’dodli adib To‘ra Sulaymon 1934-yilning 15-fevralida Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi Aldashmon qishlog‘ida tavallud topdi. Agar shoir tug‘ilgan yilga e’ti­bor bersangiz, uning bolalik yillari sobiq sho‘rolar davrida «qama-qama»lar avjga chiqqan, barcha sohalarda «xalq dushmanlari va ulaming dumlari» ni fosh qilish jarayoni kechayotgan pallaga to‘g‘ri kelganini anglaysiz. Bu falokat To‘ra Sulaymon oilasini ham chetlab o‘tmagan. Uning otasini ham «xususiy mulk egasi», «mushtumzo‘r» sifatida quloq (ruscha «kulak» - mushtumzo‘r so‘zining o‘zbekchaga moslashtirilgani) qiladilar. Oilaning butun tirikchiligi bechora onaning zimmasiga tushadi. 1939-yilda uning otasi qamoqdan qaytadi va oilasini Sirdaryoga ko‘chirib ketadi.
To‘ra Sulaymon shu yerdagi qishloq maktabida o‘qiydi. O‘qishni bitirib, bir necha yillar davomida qishloq maktablarida turli fanlardan dars beradi. Urushdan keyingi yillar maktablarda oliy ma’lumotli mutaxassislar yetishmas, To‘ra Sulaymon singari maktablarning uquvli bitiruvchilari ta’lim-tarbiya ishiga jalb qilinardi.
O‘zi qiziqqan badiiy ijodga umrini bag‘ishlash istagi uni Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti) ning filologiya fakulteti sirtqi bo‘limida o‘qishga undaydi. Bo‘lg‘usi shoir ham o‘qiydi, ham ishlaydi. O‘qishni bitirib, Guliston tumanidagi maktablarda ona tili va adabiyotidan bolalarga saboq beradi.
Birinchi kitobi: «Istar kо‘ngil» (1962)
Dostoni: «Qorasoch»
She’riy to‘plami: «Men qayga borar bo‘lsam»
Kitoblari: «Jahongashta» dostoni, «Hamqishloqlarim» (maqolalar to‘plami), «Intizor», «Sirdaryo qo‘shiqlari», «Iltijo», «Alhazar» (satirik va yumoristik asarlar to‘plami), «To‘yboshi», «Sizni eslayman», «Qora ko‘zginam», «Gulshan», «Sarvinoz»
Mustaqillik yillarida shoir yangi kuch va ilhom bilan ijod qildi. Respublika vaqtli matbuotida uning she’riyat, adabiyotshunoslik, kunning dolzarb mavzulariga bag‘ishlangan ko‘plab maqolalari chop etildi. «Xarsang», «Jahonnoma», «Gul bir yon, chaman bir yon», «Yov qoch­di» singari kitoblari adabiy jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi. To‘ra Sulaymonning qator she’rlari o‘zbek xonandalari tomonidan qo‘shiq qilib kuylanib, millionlab odamlarning ko‘ngliga kirib bordi. 1999-yilda To‘ra Sulaymonga «O‘zbekiston xalq shoiri» degan yuksak unvon berildi.
2005- yilda ajoyib shoir va samimiy inson – To‘ra Sulaymon 71 yoshida dunyodan ko‘z yumdi.
ILTIJO
Bahor kelsa boshlanar bog‘da bulbul xonishi,
Sa’va, qumri nag‘masi, suralay tovlanishi.
Qirlarda lola sayli, qishlovlarda yilboshi,
To‘xtagay tabiatdan haqqushlar zorlanishi –
Bahor, ketma mening bog‘imdan.


Qilmishi qing‘ir zotga davr qayda, davron qayda?
Vatangado kimsaga beminnat makon qayda?
Yolg‘iz otga olamda nom qayda, nishon qayda?
Bahor, sensiz sahro-yu, tog‘-u toshga jon qayda?
Ketma, bahor, mening bog‘imdan.


O‘lmaslikka ishora — o‘langa oshiqligim,
Saodatga ishora — zamonga oshiqligim,
Teranlikka ishora — ummonga oshiqligim,
Go‘zallikka ishora — bo‘stonga oshiqligim –
Bahor, ketma mening bog‘imdan.


Bukun qay bir yerda qish, qayda xazonrezgilik,
Qaylarda yoz, qayda kuz, qayda jondan bezgilik,
Ko‘klamning har nafasi umrga arzigulik,
Bog‘siz, bog‘bonsiz yerda ne ham qilsin ezgulik...
Ketma, bahor, mening bog‘imdan.


Giyoh bilan qoplanmish ko‘hna qabr boshlari,
Maysadagi shudringlar kimlaming ko‘zyoshlari?
Bu yerda yotar otam ham uzangidoshlari,
Har bahor eslar uni qavmi qarindoshlari
Bahor, ketma mening bog‘imdan.


Yoz bo‘yi qorga zorman, qishda bahorga zorman,
Chamanda gul bo‘yiga intiqman, intizorman,
Kuz kelmay xazon bo‘lgan sevgi, guldan bezorman,
Bahorsiz ham diyorsiz el ichra benazarman—
Bahor, ketma mening bog‘imdan.


G‘afur G‘ulomning «Vaqt» she’rida kichik hayotiy detallardan katta umumlashmalar yasay olish fazilatiga urg‘u berilgan edi. Shoir, tomchida dengiz aks etganidek, lahzada abadiyat suratini chizgan edi.
To‘ra Sulaymonning «Iltijo» she’ri, chetdan qaraganda, yil fasllaridan biri – go‘zal bahorga bag‘ishlangan.
Shoir «Bahor, sensiz sahro-yu, tog‘-u toshga jon qay-da?» - misrasida sahro - beminnat makon qidirib, sargardon kezgan vatangado kimsalarning, tog‘-u toshlar — qilmishi qing‘ir zotlaming ramziy ifodasi ekanini ifodalangan.


ARMON
Bobomning orzulari amalga oshmas bo‘lsa,
Yurgan yo‘limda o‘lan, qo‘shiq qalashmas bo‘lsa,
Qo‘shiqlarim bog‘lardan, tog‘lardan oshmas bo‘lsa,
El-yurt baxtini kuylash menga yarashmas bo‘Isa,
Ko‘nglimda armon yotar
Cho‘kib qolgan nor misol.


Bemavrid xeshlarimning ko‘zlarida yosh ko‘rsam,
Bir mard bilan nopokning taqdirin tutash ko‘rsam,
Qaysi bir begunohni keng yo‘lda adash ko‘rsam,
Bir betayin kimsaning oyog‘ida bosh ko‘rsam,
Ko‘nglimda armon yotar
Terskaydagi qor misol.


Aro yo‘lda qolguday bo‘lsa biror yo‘ldoshim,
Manzilga yetmay turib, qoqilsa qayg‘udoshim,
Muhtoj bo‘Isa kimgadir, jon ayamas qurdoshim,
Badkor degan nom olsa biror bir vatandoshim,
Ko‘nglimda armon yotar
Ulab bo‘lmas tor misol.


Gulzomi alaf bossa, zog‘ bossa bog‘bon turib,
Muallaq qolsa kimdir, yer turib, osmon turib,
Bir gazanda toptasa, tuproqni posbon turib,
Bir yo‘rtoq yo‘l boshlasa, qudratli karvon turib,
Ko‘nglimda armon yotar
Buzilgan ro‘zg‘or misol.


TAVALLO

Nelardandir ko‘ngil bo‘lib g‘ash,
Xam egilib, bu egilmas bosh,
Ko‘zlarimda qalqib tursa yosh,
Bu holimga berolmay bardosh,
Bir mushtipar Onam yig‘laydir,
Qolganlari yolg‘on yig‘laydir.


Qaytar bo‘lsam quruq qo‘l ovdan,
Qora qozon qolsa qaynovdan,
Ham ayrilib o‘lja, ulovdan,
Qarzga botar bo‘lsam birovdan,
Taskin berib Onam yig‘laydir,
Qolganlari yolg‘on yig‘laydir.


Birda haqdin, birda nohaqdin,
Jabr ko‘rsam bir betavfiqdin,
Ortda tursam qalbi quroqdin,
Qadrim xarob bo‘Isa tuproqdin,
Ohlar urib Onam yig‘laydir,
Qolganlari yolg‘on yig‘laydir.


Og‘a-ini o‘rtasida gap...
Alhol, kelib chiqsa ixtilof,
Biri izzat, biri mulk talab,
Bu oq sutim, mehrimga xilof,
-Deya sho‘rlik Onam yig‘laydir,
Qolganlari yolg‘on yig‘laydir.


Sinalmoqning gali kelganda,
Nogoh mag‘lub bo‘lsam maydonda,
Nomim qolmas bo‘lsa jahonda,
Kim do‘st-dushman bilinar onda
Ahvolimga Onam yig‘laydir,
Qolganlari yolg‘on yig‘laydir.


G‘anim bir yon, men bir yon bo‘lsam,
U ustuvor, men uryon bo‘lsam,
Bu ham kamday nogiron bo‘lsam,
Yog‘och otga yonma-yon bo‘lsam,
Oy tutilib, Onam yig‘laydir,
Qolganlari yolg‘on yig‘laydir.


Bo‘lsam gumroh, bo‘Isa gunohim,
Vujudimga solmasdan vahm,
Qabul aylab tavallo - ohim,
Darig‘ tutmay mehring, Ilohim,
Yig‘latmagin mushfiq Onamni,
Volidayi muhtaramamni.




Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish