Adabiyot Abituriyentlar uchun 3-qism mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti


-DARS MUSTAQILLIK DAVRI O‘ZBEK SHE’RIYATI



Download 0,62 Mb.
bet124/148
Sana01.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#727046
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   148
Bog'liq
3-qism

27-DARS
MUSTAQILLIK DAVRI O‘ZBEK SHE’RIYATI
Bu davrda badiiy ijod maydonida shoirlar uchun erkin ijodiy muhit yuzaga keldi. Adiblar o‘z ma’naviy dunyosini, olam va odamga doir qarashlari, individual his-tuyg‘ularini bor holicha taqdim qila boshlashdi. Mafkuraviylashgan eski adabiy siyosatdan boshqacha, ya’ni inson erkini qadrlash, Vatanning chin saodati, buyuk kelajagi uchun qayg‘urish, milliy o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarni e’zozlash kabi qator mavzular bu davr she’riyatida yetakchilik qildi.
Vatan – ijod ahlining yuragiga eng yaqin, juda muhim va doimiy mavzu. Abdulla Oripov bir she’rida: «Yurtim, seni faqat boyliklaring-chun Sevgan farzand bo‘lsa, kechirma aslo!» deb xitob qildi. Erkin Vohidov ta’biri bilan aytganda, «sirli olam toqiga ilk narvon» qo‘ygani ham, «she’riyat mulkida shoh-u sulton» bo‘lgani ham, dushmanlarga qarshi «ko‘ksi qalqon» vatanparvarlar ham bordir bu yurtda.
Mustaqillik davri she’riyati mazmunan yangilanib borayotgan she’riyat sanaladi. Shu bilan bir qatorda, turli she’riy shakllar bo‘yicha tajribalar ham qilindi. She’rda ta’sir quvvati, har bir shoirning o‘z o‘quvchisiga o‘z aytar so‘zi va o‘ziga xos uslubi bo‘lishi lozim.
Bu dunyoga bir qo‘shiq,
Berib ketgin, shoirim –
Marhumlar uyg‘onsinlar,
Uxlolmasin tiriklar. (Usmon Azim)


MUSTAQILLIKDAVRI SHE’RIYATIDAN NAMUNALAR
JAMOL KAMOL
(1938­YILDA TUG‘ILGAN)
O‘ZBEKISTON XALQ SHOIRI


ASR BILAN VIDOLASHUV

1
Yigirmanchi asr, xayr, alvido,
Kezdik yo‘llaringni, so‘qmoqlaringni.
Yashadik umid ham tahlika aro,
Chekdik rohatingni, qiynoqlaringni.
Ba’zida kun yorug‘, ba’zan oy qaro,
Totdik tahqirlaring, ardoqlaringni,
Ne-ne talotumlar, quyunlar ko‘rdik,
Ne-ne tomoshalar, o‘yinlar ko‘rdik...
2
Yigirmanchi asr... Dunyo charx urib,
Insonlar boshiga yog‘ildi ofat.
Daryo-daryo qonlar oqdi ayqirib,
Ellarni qurshadi qirg‘in, qabohat.
Mustabidlar o‘tdi davronlar surib,
Bo‘yinlarga solib zanjir, asorat,
Do‘stlar, qanday og‘ir asr bo‘ldi bu,
Odamzod bariga chidadi, yohu!..
3
Jahannam elchisi – atomni ko‘rdik,
Mahshar gulxanini ko‘rdik qalovda.
Olovga sig‘indik, olovda yurdik,
Najot farishtasin ko‘rdik olovda.
Insof, diyonatdan yuzni o‘girdik,
Butun bir dunyoni tutdik garovda,
Xayriyatki, bizni Xudo asradi,
Etmadi dunyodan judo, asradi...
4
Yigirmanchi asr... Munavvar etdi
To‘garak jahonni aqliy mo‘jiza.
Inson ilmi olis yulduzga yetdi,
Inson qadam qo‘ydi to‘lin oy uza.
Bir zum yuraklarning g‘ubori ketdi,
Xayollar yorishdi nurday pokiza.
Ko‘rdik olamshumul kashfiyotlarni,
Koinot ortida koinotlarni...
5
Dunyoni kashf etib, dunyoni bildik,
Tadqiq eta oldik yomg‘irni, qorni,
Falak peshtoqiga bayroqni ildik,
Bildik borliq aro har neki borni.
Jumboqlar ustiga qancha egildik,
Ochdik zarradagi buyuk asrorni,
Lekin yuraklarda iltijo yashar:
Qachon o‘zligingni bilgaysen, bashar?!
6
Millionlarning fikr-u andishasida
Bobolar zikri bor, bobolar xuni,
Nazar sol, dunyoning qay go‘shasida
Hamon hukmrondir qabohat tuni.
Kunduz kechib mehnat nashidasida,
Kechalar vasvasa buzar uyquni,
Dohiylar o‘tdilar, g‘oyalar qoldi,
Bulutlar ketdilar, soyalar qoldi...
7
Xalqim, bu asrda qaram eding, qul,
Bulutlar ortida tole yulduzing,
Otildi, chopildi, kuyib, bo‘ldi kul
Ne-ne azizlaring, o‘g‘loning, qizing.
Bardosh berolmadi, quridi butkul
Peshonangga bitgan bitta dengizing,
Orol qulligimiz qurboni bo‘ldi,
Olam bu shikvaning hayroni bo‘ldi...
8
Yigirmanchi asr... Armonlar bilan
Necha bor tug‘ildik, necha bor o‘ldik.
Ollohni tark etib, bo‘ldik yuztuban,
Millatdan yuz burib, yuz qaro bo‘ldik.
Xayriyatki, bugun ozoddir Vatan,
Yana qayta boshdan umidga to‘ldik.
Yana tong nuriga qorishdi dunyo,
Ko‘zimiz o‘ngida yorishdi dunyo...
9
Istiqlol, ey mening asriy murodim,
Ko‘zlarim ustiga qo‘yaber qadam,
Niholdek qomating ko‘rdi, avlodim,
Ma’yus ruhimizga ufurdi ko‘klam.
Ollohdan yetishdi bo‘yla imdodim,
Asrim, tutib berding yelkangni sen ham,
Sen ham saxovating aylading zuhur,
Mustaqillik uchun senga tashakkur!..


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish