Adabiyot Abituriyentlar uchun 3-qism mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti


Qo‘chqor: — Nima qipti, el qatori yashayapmiz… Alomat



Download 0,62 Mb.
bet115/148
Sana01.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#727046
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   148
Bog'liq
3-qism

Qo‘chqor: — Nima qipti, el qatori yashayapmiz…
Alomat:— Shunday deb o‘zingizni ovutasiz. G‘urur, qadrqimmatingiz-chi? Mundoq o‘ylab ko‘ring, biron tirik jon siz bilan hisoblashadimi? Yo‘q, axir! To‘y-ma’rakalarda poygakda o‘tirasiz. “Ulug‘lar”ga tayyorlangan dasturxonga yaqinlasholmaysiz, iloji boricha o‘sha tomonga qaramaslikka tirishasiz. Chunki “mehnatkash” degan mansab bilan to‘rga chiqolmasligingizni yaxshi bilasiz! Shlyapa kiyib, galstuk taqqan ketmondasta ham sizni haqoratlashi, tahqirlashi mumkin! Alam qilmaydimi?
Qo‘chqor: — Ha, endi, rahbar bo‘lgandan keyin koyiydi-da…
Alomat:— Bayram kunlari rayondagi namoyishdan bayroqcha ko‘tarib o‘tganingizga xursand bo‘lib yuraverasiz. Majlislarda qo‘l ko‘tarish-u, chapak chalishni bilasiz, boshqa baloni ham bilmaysiz! Ko‘pincha o‘sha majlisda nima hal bo‘layotganini tushunmaysiz!
Qo‘chqor: — (Ta’sirlanib.) Gapingiz noto‘g‘ri, Alomatxon. “Hurmat taxta”sida suratimiz turipti…
Alomat:— Endi bor umidingiz bolalaringizdan. Ularni o‘qitib, “katta odam” qilmoqchisiz. Lekin ularingizdan “katta odam” chiqmaydi. Daladan beri kelmaydigan, chalasavod bolalardan nimaniyam kutib bo‘lardi? Buni bilasiz. Yana “ko‘pga kelgan to‘y”, — deb yuravera siz. Axir umr o‘tib ketayapti-ku, Qo‘chqor aka! Qo‘chqor. (Ko‘ngli to‘lib.)Baribir yig‘lamayman… Yaxshi yashayapmiz, bildingizmi!..
Alomat:— Yig‘laysiz… Ana, ko‘nglingiz to‘lib turibdi…
Labingizni tishlamang, Qo‘chqor aka, foydasi yo‘q. Axir, yosh ko‘zdan chiqadi, og‘izdan emas…
Qo‘chqor: — (Yig‘lagudek bo‘lib.)Birov sizga hayotidan noliyaptimi?
Alomat:— Hamma gap shunda-da, nolimaysiz! Ko‘nikib ketgansiz. Yaralar toshga aylangan — og‘riq sezmaydi. Dod solib baqirish-ku, qo‘lingizdan kelmas, hech qursa ingrab qo‘yishga ham qodir emasmisiz, Qo‘chqor aka?! Qalbingizning unutilib ketgan, o‘zingiz ham bilmaydigan burchaklarida miltillayotgan ushoqqina norozilikdan qo‘rqasiz, uni sezmaslikka olasiz! To‘g‘ri, qadr-qimmatingiz oshkora haqoratlanganda o‘sha miltillayotgan cho‘g‘ alanga olganday bo‘ladi va siz uni aroq bilan o‘chirishga urinasiz. Dunyoga shirakayf ko‘zlar bilan qarab, taskin topasiz, lekin ertasi kuni kayfingiz tarqab, dunyo yana asl holiga qaytadi! Shunda yig‘lamoqdan o‘zga chorangiz qolmaydi… Keyin o‘ksib-o‘ksib yig‘laysiz…

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish