Adabiyot 8-sinf



Download 127,94 Kb.
bet4/19
Sana16.09.2022
Hajmi127,94 Kb.
#849101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Adabiyot 8-sinf

IRSOLI MASAL
1. Irsoli masal so‘zining ma’nosi?
J: Irsol keltirish, masal misol, tamsil, maqol, matal, ibora ma’nolarini anglatadi
2. Eski o‘zbek tilida maqol, matal va iboralar qanday atalgan? J: Masal yoki zarbulmasal
3. Lutfiy ijodiyotining yetakchi uslubiy fazilatlaridan biri qaysi? J: Irsoli masal qoMlash
TAJNIS
1. «Tajnis» so’zining ma’nosi?
J: Jinsdosh, shakldosh
2. Badiiy san’atlar qanday guruhlarga bo‘linadi:
J: Ikki guruhga: lafziy (shakliy) san’atlar va ma’naviy (ma’no bilan bogliq) san’atlar
3. Tajnis qanday san’at turi hisoblanadi?
J: Ham lafziy, ham ma’naviy san’at
4. Tajnis san’atini qanday so‘zlar yuzaga chiqaradi?
J: Omonimshakldosh so‘zlar
5. Qaysi janrda tajnis ishlatish shart qilib qo’yilgan?
J: Tuyuqda
TUYUQ HAQIDA
1. Qaysi ijodkor tuyuqning bir necha turlarini ko’rsat gan? J: Bobur
2. Faqat turkiy adabiyotda mavjud bo‘lgan janrni toping. J: Tuyuq
3. Tuyuq janrining adabiybadiiy talablarini toping.
J: 1) Tuyuq to‘rt misradan iborat bolishi kerak. 2)Tuyuq misraiari aaaa yoki aaba tarzida qofiya lanishi zarur. 3) Tuyuq ramali musaddasi mahzuf (yoki maqsur) vaznida, ya’ni «foilotun foilotun foilun (yoki foilon)» tarzida bolishi kerak. 4) Tuyuqda qofiyaga ol ingan so‘zlar tajnisli bolishi, ya’ni omonim so‘zlardan tashkil topishi darkor.
4. Dastlab yaratilgan tuyuqlarda qaysi jihat shart bo lmagan? J: Dastlabki tuyuqlar talabning uchtasiga javob bergan, keyinchalik janrning to‘rtinchi talabi qofiyaga olingan so‘zlar tajnisli bo‘lishi, ya’ni omonim so‘zlardan tashkil topishi yuzaga kelgan


ALISHER NAVOIY (1441 1501)
1. Alisher Navoiy bolaligida Farididdin Attorning «Man tiq uttayr» («Qush nutqi») asarini sevib o‘qir edi. Otaonasi mazkur asarga yoshlayin bu qadar mashg‘ul bo’lib ketgani dan qo’rqib, kitobni undan olib, yashirib qo‘yishadi. «Biroq men «Mantiq uttayr» matnini to‘liq yodlab olgan edim» deb Navoiy qaysi asarida yozadi? J: «Lison uttayr» asarida
2. Alisher Navoiy qaysi yillar Samarqand shahridagi madrasalarda tahsil oldi? J: 1466 1469yillar
3. Navoiyga kim «Muqarrabi shohiy», ya’ni shohning eng yaqin kishisi martabasini bergan? J: Husayn Boyqaro
4. Navoiy Husayn Boyqaroga bir masala yuzasidan ketmaket necha martagacha murojaat qilish huquqiga ega edi? J: Yetti marta
5. Navoiyga qaysi shaharlarda haykal o’rnatilgan?
J: Tokio, Moskva, Bokuda
6. «Kelmadi» g‘azali necha baytdan iborat?
J: 7 baytdan •
7. «Kelmadi» g‘azali vaznini toping. J: Ramali musam mani mahzuf (foilotun foilotun foilotun foilun)
8. «Kelmadi» g‘azalidagi radif vazifasida kelgan o‘zbek cha so‘zlarni toping.
J: Uyqu, qorong‘u, kulgu, suv, o‘tru, qayg‘u
9. «Kelmadi» g‘azalidagi radif vazifasida kelgan forscha so‘zlarni toping. J: Gulro’, badxo*
10. «Kelmadi» g‘azalida qaysi san’at asosiy ifoda va tasvir vositasiga aylangan?
J: Tazod qarshilantirish san’ati
11. Mumtoz she’riyatimizdagi «begona bayt» tushun chasi nima? J: Maqta’dan oldingi bayt
12. Abdulla Oripov «begona bayt»ni qanday ta’rifla gan? J: Bu baytda shoir kimni maqtagisi kelsa, maq taydi, kimni yomon ko‘rsa, undan alamini oladi, g‘azal umumyo‘nalishiga u qadar bog‘lanmaydiganroq gapi bo‘lsa ham, shu yerda aytib qoladi
13. «Kelmadi» g‘azalidagi qaysi bayt «begona bayt»?
J: Tolibi sodiq topilmas, yo‘qsakim qo‘ydi qadam,
Yo‘lg‘akim, avvalqadam ma’shuqe o‘tru kelmadi
14. «Kelmadi» g‘azali maqta’sida «boda» so‘zi necha marta takrorlangan? J: 2 marta
15. Tasavvuf adabiyotida «boda, may, chog‘ir, sharob» timsollari nimani bildiradi? J: llohiy ishqni
16. Badiiy timsol nima?
J: Asli, suvrat, rasm deganl. Suvrat esa narsaning o‘zi emas, u haqda ma’lumot beradi
17. May ta’rifida kelgan g‘azallar qanday ataladi?
J: Rindona g‘azallar
18. Navoiyning qaysi g‘azali «Munojot» kuyi bilan ayti ladi? J: «Kelmadi» g‘azali
19. «Kuyi shunday bo‘lsa, g‘amning o’ziga Qanday chiday oldi ekan odamzod?!» misralari kimning qaysi sheridan olingan? J: Abdulla Oripovning «Munojotni tinglab» she’ridan
20. «Kelmadi» g‘azali qaysi devondan olingan?
J: «Badoe’ ulvasat» devonining 608g‘azali
21. Navoiy «Munshaot» asarida hukmdorlardan biriga jo’natilgan maktubda ikki narsani maslahat tariqasida qattiq shart qilib qo‘yadi. Bular qaysilar? J: Birinchisi: Haq taolo amriga to‘la itoatda bo‘lib, buyurgan ishlarini so‘zsiz bajarish; ikkinchisi: Tangri man etgan ishlar (nahy)ni qilmaslik. Man etilgan ishlardan tiyilishning hech biri esa «chog‘ir tarkicha bo‘lmas»
22. «Qilg‘il» g‘azali necha baytdan iborat?
J: 8 baytdan
23. «Qilg‘il» g‘azalidagi radif bo‘lib kelgan arabiy so’zlar qaysilar? J: Fan, vatan, rasan, kafan
24. «Qilg‘il» g‘azalida radif vazifasida kelgan forsiy so’zlarni toping. J: Ko‘hkan, shikan, anjuman
25. «Qilg‘il» g‘azalidagi radif bo‘lib kelgan o‘zbekcha so’zni toping. J: Tikan
25. «Qilg‘il» g‘azalning birinchi baytida Navoiy qanday sao’atdan foydalangan? J: Tajnis
26. Soch «Qilg‘il» g‘azalida qanday ramziy ma’no ifo dalab kelgan? J: Alloh sirlariga yetishga bir ishora
27. «Qilg‘il» radifli g‘azal qaysi devonga kiritilgan?
J: «G‘aroyib ussig‘ar» devonining 371g‘azali
28. «Firoq tog‘ida topiisa, tufrog‘im, ey charx, Xamir etib yana ul tog‘da ko‘hkan qilg‘il» baytidagi «ko‘hkan» kimning timsoli? J: Farhod timsoli
29. Qaysi shoir g‘azalida kuz kelib, xazon sipohi yurish boshlasa, ey bog‘bon, bu bog‘ tomida ignadan tikan qilib qo‘ysang ham monelik qilolmaydi deya umrning o‘tkinchi ligiga, ishq yo‘lida oshiqning imkoniyatlari ozligiga, vaqt g‘animatligiga ishora qilinadi? J: Navoiy g‘azalida
30. «Bo‘ldum sanga» g‘azali necha baytdan iborat?
J: 7 baytdan
31. «Bo‘ldum sanga» g‘azali qaysi vaznda yozilgan?
J: Ramali musammani mahzuf (foilotun foilotun
foilotun foilun)
32. Turkiy sheYiyat uchun eng an’anaviy bo‘lgan vazn qaysi? J: Ramali musammani mahzuf
33. «Bo‘ldum sanga» g‘azalidagi «Jomi Jam» so*zi qanday ma’noni anglatadi?
J: Ko‘ngilda Alloh aks etishiga ishora
34. «Bo‘ldum sanga» g‘azalidagi «Xizr suvi» qanday ma noni bildiradi? J: Abadiy yashashga, ya’ni Yaratgan vasliga yetishga ishora
35. «Bo‘ldum sanga» g‘azalida qanday undalmalar mavjud? J: Ey pari paykar, ey ko‘ngul, soqiyo
36. «Bo‘ldum sanga» g‘azalining matla'sida qanday badiiy san’atdan foydalanilgan? J: Tajnis san’atidan
37. «Bo‘ldum sanga» g‘azali qaysi devondan olingan?
J: «G‘aroyib ussig‘ar» devonining 16g‘azali
38. «Deyin» g‘azali necha baytli?
J: 7 baytli
39. «Deyin» g‘azalida qanday san’atdan foydalanil gan? J: Raddulmatla’ (matla’ni takrorlash)
40. «Deyin» g‘azalida «deyin» so‘zi necha marta takrorlangan? J: 20 marta
41. «Deyin» g‘azalida «deyin» so‘zi radifda necha mar ta takrorlangan? J: 8 marta
42. «Deyin» g‘azalidagi qaysi baytdan tashqari boshqa baytlardagi birinchi misralarda ichki qofiya ohangdoshligi mavjud? J: Maqta’da ichki qofiya yo‘q
43. «Deyin» g‘azali «Xazoyin ulmaoniy» kulliyotining nechanchi devoniga kiritilgan?
J: 2devoni «Navodir ushshabob»ning 483g‘azali
44. «Jong‘a chun dermen: «Ne erdi o‘lmakim kayfiyati» g‘azalining hajmi qancha? J: 7 bayt
45. «Jong‘a chun dermen: «Ne erdi o‘lmakim kayfiyati» g‘azalida qaysi badiiy san’atdan foydalanilgan?
J: Savoljavob san’ati
46. «Jong‘a chun dermen: «Ne erdi o‘lmakim kayfiyati» g‘azalida shoir nimalarga savol beradi?
J: Jonga, jismga, bag‘irga, ko‘ngulga, ko‘zga
47. «Jong‘a chun dermen: «Ne erdi o‘lmakim kayfiyati» g‘azalidagi qaysi obraz yig‘lab yuboradi? J: Ko‘z
48. «Jong‘a chun dermen: «Ne erdi o’lmakim kayfiyati» g‘azalidagi lirik qahramon ishqiga haqiqiy «aybdor» kim?
J: Azal qismati
49. «Jong‘a chun dermen...» g‘azalida lirik qahramon qaysi baytlarda qaysi obrazlar bilan savoljavob qiladi?
J: Jon birinchi bayt, jism ikkinchi bayt, bagir uchinchi bayt, ko‘ngilto‘rtinchi bayt, ko‘zbeshinchi va oltinchi bayt
50. «Jong‘a chun dermen...» g‘azalida o‘zining bunday vaziyatga tushib qolishiga «bunga o‘tlik bag‘irning hirqati sabab bo‘idi», deya javob bergan a’zo qaysi? J: Jism
51. «Jong‘a chu dermen...» g‘azalida lirik qahramon nimaga g‘azab qiladi? J: Ko‘ngilga
52. «Jong‘a chun dermen...» g‘azalida lirik qahramon qaysi a’zoga «Ey tardomani yuzi qaro», deb murojaat qila di? J: Ko‘zga
53. «Jong‘a chun dermen...» g‘azalining vazni?
J: Ramali musammani maqsur yoki mahzuf (foilotun foilotun foilotun foilun)
54. «Jong‘a chun dermen...» g‘azali qaysi devonga kiritilgan? J: «Favoyid ulkibar»ning 597g‘azali
55. Navoiyning qaysi g‘azalida fikr ketmaketligi tadrij asosida rivojlantiriladi? J: «Yo‘q» radifli g‘azali
56. «Yordin ayru ko’ngil mulkedurur sultoni yo’q, mulk kim sulioni yo‘q, jismedururkim joni yo’q» deb boshlanuvchi g‘azal qaysi devondan olingan?
J: «G‘aroyib ussig‘ar»ning 310g‘azali
57. Qaysi shoir yordan ayri ko’ngilni sultoni yo’q mam lakatga, sultoni yo‘q mamlakatni esa joni yo’q jismga o‘xshatadi? J: Navoiy
58. «Yo’q» radifli g‘azalda Navoiy jonsiz jismni nimaga qiyoslaydi? J: Gulu rayhoni yo‘q bir qora tuproqqa
59. Gulu rayhoni yo‘q qora tuproq nimaga o‘xshatila di? J: Porlab turgan oyi yo‘q qorong‘i kechaga
60. «Yo‘q» radifli g‘azalning beshinchi baytida hayot sarchashmasi yo‘q zulmat nimaga qiyoslanadi?
J: Hayot sarchashmasi yo‘q zulmat lirik qahramon ni do‘zaxiy kimsaning jannatdan noumidligi haqida so‘zlashga undaydi, do‘zax esa shunday bir xumordir ki, unda mastlikning imkoni yo‘q. Mastlik deganda shoir ishqni, ya’ni Yaratganga intilishni ko‘zda tutgan
61. «Yo‘q» radifli g‘azalning vazni?
J: Ramali musammani maqsur yoki mahzuf (foilotun foilotun foilotun foilun)
62. «Fano tariqida har kimki hosil etti rusux...» g‘azali qaysi devonga kiritilgan?
J: «Navodir ushshabob»ning 107g‘azali
63. «Fano tariqida har kimki hosil etti rusux...» g‘aza lida qaysi toifa kishilari birbiriga qaramaqarshi qo‘yiladi?
J: Ahli fano tasavvuf vakillari va riyovu zuhd ahli ko‘zbo‘yamachilik bilan o‘zini tasavvuf ahli deb ko‘rsatib yurgan, aslida zohidlik darajasidan nari ga 0‘tmagan, Allohga ishqning ta’mini totmagan, uni dildan his qilolmaydigan soxta, yolg‘onchi kishilar
64. «Fano tariqida har kimki hosil etti rusux...» g‘azali ning maqta’sida Navoiy haqiqiy shayx va soxta shayxlarni nimaga o’xshatadi?
J: Haqiqiy shayx shakar beradigan qamish, soxta shayx lux, ya’ni qishda qovun osiladigan qo‘g‘a
65. Navoiy qaysi g‘azalida soxta shayxlarni qattiq tan qid ostiga oladi? J: «Shayx» radifli g‘azalida
66. «Shayx» radifli g‘azal qaysi devondan o‘rin olgan?
J: «Navodir ushshabob»ning 112g‘azali
67. «Shayx» radifli g‘azalning maqta’sida shoir qaysi badiiy san’atdan foydalangan?
J: Ruju’ qaytish san’atidan
68. Soxta shayxlarni Navoiy «loda» deb ataydi. Bu so zning ma nosi? J: Ahmoq, befahm, hayosiz
69. «Shayx» radifli g‘azalning to‘rtinchi baytida soxta shayxning kirdikorlari qanday tasvirlanadi?
J: Riyo dengiziga tama qayig‘ini solib, hassasini uni haydash uchun xoda, ya’ni eshkak qilib olgan
70. «Shayx» radifli g‘azalning beshinchi baytida soxta shayx qanday qoralanadi?
J: U odamlarni ovlash uchun hiylanayrang (taz vir) qorqonini yoyadida, bu ovga tayyorgarlik ko‘rgan shayx unga go‘yo tasbeh donalarini don qilib sochadi
71. «Shayx» radifli g‘azalning nechanchi baytida Navoiy soxta shayxlarni «moda shayx» deb ataydi?
J: To‘qqizinchi baytda
72. Navoiyning qaysi g‘azali sho’rolar davrida noto‘g‘ri talqin qilingan? J: «Shayx» radifli g‘azali
73. «Kamol kasbiga dalolatu nuqsonidin izhori malolat...» qit’asi qaysi devonga kiritilgan?
J: «G‘aroyib ussig‘ar»ning 10qit’asi
74. Navoiyning «Xazoyin ulmaoniy» devonlariga kiritil gan qifalariga qo‘yilgan nasriy sarlavhalar qanday vazifani bajaradi? J: Qifadagi ma’nomazmun, mohiyatni och ishga xizmat qiladi va kitobxonni she’riy asarni o‘qish ga tayyorlaydi
75. «Kamol et kasbkim...» qit’asi sarlavhasining ma’nosini toping?
J: Kishi o‘zini kamoiga yetkazishni kasb qiiib olishi kerak, aks holda, nuqson yuzaga kelishi izhor etilgan
76. «Kamol et kasbkim» qifasida kamolga yetishni o‘zi ga kasb qilib olmagan kishi nimaga qiyoslanadi? J: Dun yodan kamolga yetmasdan o‘tmoq xuddi hammomga kirib, chala yuvinib, nopok holda chiqqanday gap
77. Navoiyning qaysi qit’asi shukronalik daVati bo’lib yangraydi? J: «Falokatdin ayog‘iga kafsh bo‘lmag‘anga chun kafsh uchun ayog‘i bor shukr vojibdur» qit’asi
78. «Ulki, iflos ayog‘ingda» deb boshlanuvchi qit’a qay si devonga kiritilgan? J: «Badoe’ ulvasat»ning 41qit’asi
79. Navoiyning qaysi qit’asi sarlavhasidan oyoqqa ki yishga kavushi yo‘q kishi kavush kiyish uchun oyog‘i borligi ga shukraa qilsin, unga shu vojib degan g‘oya kelib chiqadi?
J: «Ulki, iflos ayog‘ingda» deb boshlanuvchi qit’a
dan
80. Mustaqil o‘qish uchun berilgan g‘azallardan par chalar:
- Sen o‘z xulqungni tuzgil, bo‘lma el axloqidin xursand,
Kishiga chun kishi farzandi hargiz bolmadi farzand.
«G‘aroyib ussig‘ar»ning 115g‘azali
- 0‘n sakiz ming olam oshubi agar boshindadur,
Ne ajab, chun sarvinozim o‘n sakiz yoshindadur.
«Badoe’ ulvasat»ning 156g‘azali
- Kimga qildim bir vafokim, yuz jafosin ko’rmadim?!
Ko‘rguzub yuz mehr, ming dardu balosin ko‘rmadim.
«Badoe’ ulvasat»ning 434g‘azali
81. Yurtimizda Bahouddin Naqshbandning tavallud to‘yi qachon o’tkazilgan? J: 1993yilda
82. Yurtimizda Abdulxoliq G’ijduvoniyning tavallud to’yi qachon o‘tkazilgan? J: 2003yilda
83. Yurtimizda Xoja Ubaydulloh Ahror Valiyning taval lud to‘yi qachon o‘tkazilgan? J: 2004yilda
84. Dilni Allohga berib, qo‘lni ish bilan band etishga da’vat etuvchi tariqat qaysi? J: Naqshbandiya
85. Navoiyning qaysi g‘azalida garchi kesak ham asli tuproq hisoblansada, agar u nopok bo‘lsa, unga etak tek kizmagan avlo yaxshi degan fikrlar mavjud? J: «Fano tariqida har kimki hosil etti rusux» g‘azalida
86. Navoiy «Fano tariqida har kimki hosil etti rusux» g‘azalida «fano ahli» va «riyovu zuhd ahli»ni qiyoslar ekan, ular orasidagi farqni belgilaydigan mezon sifatida ni mani ko‘rsatadi? J: Ishqni
87. Navoiyning qaysi g‘azalida riyo dengiziga tama qa yig‘ini solib, hassasini uni haydash uchun xoda, ya’ni esh kak qilib qo‘ygan shayx obrazi berilgan?
J: «Shayx» radifli g‘azalida
88. Qaysi tariqat yurtimizda to XX asr boshlariga qadar izchil davom etdi? J: Qodiriya tariqati
89. Milliy ma’naviyatimiz rivojida qaysi tariqatning ayri cha o‘rni va mavqeyi bor? J: Naqshbandiya
90. Qaysi mashhur shaxslar naqshbandiya tariqati vakillari bo‘lgan? J: Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Amir Temur, Xoja Ubaydulloh Ahror Valiy, Husayn Boyqaro, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur, Boborahim Mashrab
91. Navoiy qaysi g‘azali bilan asl tasavvufni soxta tasavvufdan himoya qiladi? J: «Shayx» radifli g‘azalida
92. Navoiyning iltimosi bilan Abdurahmon Jomiy to monidan 1475/1476yili yozilgan asarqaysi?
J: «Nafohat uluns»
93. Navoiyning qaysi g‘azallarida soxta shayxlar qoralanadi? J: «Shayx» radifli g‘azali, «Fano tariqida har kimki hosil etti rusux» g‘azali
94. Navoiyning qaysi g‘azali radifi o‘zbekcha, qofiyasi dagi sakkiz so‘zdan oltitasi o’zbekcha, ikkitasi forscha?
J: «Kelmadi» radifli g‘azalida
95. Navoiy «Tolibi sodiq topilmas, yo‘qsa kim qo’ydi qadam Yo‘lg‘akim, avvalqadam ma’shuqe o’tru kelmadi» misralarida «avvalqadam» deganda kimni nazarda tutgan?
J: Alloh ishqiga yo‘l, ya’ni tasavvuf yo‘lini murid dan avvalroq bosib o‘tgan pir
96. Navoiy «Munshaot» asarida «umm ulxabois» yaramasliklar onasi va jami yomonliklar undan tug‘iladi deya nimani qoralaydi? J: May ichishni
97. Navoiy qaysi g‘azalida «kuz kelib, xazon sipohi yu rish boshlasa, bog‘bon ignadan tikan qilsa ham unga mone lik qilolmaydh> deya umrning o’tkinchiligiga, ishq yo‘lida oshiqning imkoniyatlari ozligiga, vaqt g‘animatligiga ishora qiladi? J: «Qilg‘il» radifli g‘azalida
98. Navoiyning «Ko‘zga chun dermenki: «Ey tardoma ni yuzi qaro, Sendin o‘lmish telba ko‘nglumning baloyu vahshati» g‘azalidagi «tardoman» so‘zining ma’nosini to ping. J: Etagi ho‘l
99. «Bosh omon bo‘lsa, do‘ppi topiladi» degan ma qol Navoiyning qaysi asariga mos keladi? J: «Ulki, iflos ayog‘inda» deb boshlanuvchi qifasiga
100. Navoiyning qaysi g‘azalida zimdan qo’llangan talmeh mavjud? J: «Qi!g‘il»
101. Qaysi she’riy janr g‘azal kabi qofiyalanib, faqat unda matla’ yo‘q? J: Qit’a
102. Qofiyalanishi birxil bo‘lgan janrlarni toping.
J: G‘azal, mustazod
103. Navoiy qalamiga mansub «Qilg‘il» g‘azalining nechanchi baytlarida jon va o‘lim tushunchasi tilga olinadi?
J: 7 8baytlarida
104. Navoiy «Deyin» g‘azalida nega aynan yor go‘zalli gi belgilarini ta’riflashni bosh masala qilib qo‘ygan?
J: Muhabbat darajasini bildirish uchun
105. «Deyin» g‘azalining qaysi baytlaridagi birinchi misralarda ichki qofiya mavjud?
J: Maqta’dan boshqa baytlarida
106. «Deyin» g‘azalida Navoiy yorning moviy ko‘ylak va gulrang qabo kiyganini g‘azalning nechanchi baytida tasvirlaydi? J: 5baytida
107. «Jong‘a chu derman» g‘azali qaysi jihatdan «Far hod va Shirin» dostoniga o’xshaydi?
J: Savoljavob usulidan foydalanilgani bilan
108. Navoiy «Jong‘a chu derman» g‘azalida ishq tasviri uchun qanday ohorli (original) badiiy usul qo‘llagan?
J: Savoljavob usuli
109. «Jong‘a chu derman» g‘azalida oshiq nimaga «g‘azab qiladi», nimaning «yoqasidan oladi»? J: Ko‘ngilga g‘azab qiladi, ko‘zning yoqasidan oladi
110. Navoiy «Yo‘q» radifli g‘azalining 5baytida do’zaxiy kimsaning jannatdan noumidiigi haqida so‘ziaydi,
* do’zax esa shunday bir xumordirki, unda mastiikning im koni yo‘q deydi. Shoir «mastlik» deganda nimani nazarda tutgan?
J: Ishqni, ya’ni Yaratganga intilishni
111. «Tarixda hech kim turkiy tiida Navoiychaiik «ko‘p va xo’b» («yaxshi») asariar yozgan emas». Ushbu fikrlarni kim aytgan?
J: Zahiriddin Bobur
112. Ramal bahrining ruknini toping. J: Foilotun
113. Ramal bahrining taqte’ (paradig’la)sini toping.
J: V —
114. Ramali musammani mahzuf vaznining ruknlarini toping. J: Foilotun foilotun foilotun foilun
115. Ramali musammani mahzuf vaznining taqte’ (par adig’la)sini toping. J:V — / V — / V
116. «Kelmadi» radifli g‘azalidagi qaysi tushuncha tasavvufni, Alloh ishqini bildiradi? J: Yo‘l
117. Navoiyning qaysi g'azali matla’sida tajnis san’ati qo llangan? J: «Qilg‘iI» radifli g‘azali
118. «Takovar» so‘zining ma’nosini toping.
J: Yo‘rg‘a ot
119. Navoiyning qaysi g‘azalida bayramlarda otlarning * oyog‘iga hino bog‘lash odati tilga olingan?
J: «Qilg‘il» g‘azalida
120. Navoiyning qaysi g‘azalida Odam Atoning loydan yaralganligiga ishora mavjud? J: «Qilg‘il» g‘azalida
121. Navoiyning qaysi g‘azalida umrning o‘tkinchiligi ga, ishq yo’lida oshiqning imkoniyatlari ozligiga, vaqt g‘ani matligiga ishora qilinadi? J: «Qilg‘il» g‘azalida
122. «Jong‘a chu derman...» g‘azalida lirilc qahramon qaysi a’zoga «yuzi qaro» deb murojaat etadi? J: Ko‘z



Download 127,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish