9 5
Endi bir savol ustida o‘ylab ko‘raylik: kakkudek sayrashni,
xo‘rozdek qichqirishni, sigirdek mo‘rashni
tinimsiz mashq qila-
qila zo‘rg‘a o‘rgangan kuchukchadagi bu o‘zgarishning, haya-
jonning boisi ne? Nima uchun u «birdaniga hura ketadi»? Ham-
ma gap shundaki, yozuvchi mana shu mitti kuchukcha taqdirida
odamzodga xos bo‘lgan muhim va abadiy muammolardan biriga
javob izlagan. Ya’ni dunyodagi har bir mavjudot, ayniqsa,
inson, avvalo, o‘zini, o‘zligini tanimaguncha,
kimning avlodi,
asosiy vazifasi nimadan iborat ekanini anglamagunga qadar
hayotda o‘z o‘rnini hech qachon topa olmaydi. Bunday kimsa-
larning o‘zgalar kulgisi va mazaxiga duchor bo‘lishi aniqdir.
Bu jihatdan kuchukchaning dehqon qo‘liga tushgan holati
Siz-u bizni, ayniqsa, jiddiy o‘yga toldirmog‘i lozim. O‘z tabia-
tidan yotlik, hayotdagi chinakam vazifasini anglamaslik kuchuk-
chaning bo‘yniga
temir zanjirni soladi, rizqini esa bir parcha
suyakdan iborat qilib qo‘yadi.
Demak, har bir odamning, har bir xalqning, avvalo, o‘z ta-
biatiga sodiq bo‘lmog‘i, ajdodlari an’analarini teran anglab
yetmog‘i, ularni har narsaga chalg‘imay davom ettirmog‘igina
uning o‘zligini tanishiga garov bo‘la oladi. Janni Rodari Siz
bilan bizni ana shu haqiqatni unutmaslikka chaqiradi.
Ertakdan
kelib chiqadigan eng muhim xulosaning ma’nosi ham, asarning
tarbiyaviy ahamiyati ham aynan shunda.
Adibning «Rim ertaklari» turkumiga kirgan «Shahzoda Plom-
bir» ertagi esa zamonaviy muammolarga daxldorligi bilan
qiziqarlidir. Unda an’anaviy ertaklardagi qahramonlarni og‘ir,
murakkab vaziyatlardan qutqaruvchi sehrli tayoqcha yoxud
sehrli qalpoqcha o‘rnini reklama egallaydi.
«Shahzoda Plombir» ertagining qahramoni senyor Molteni
«Qo‘shaloq qutb» firmasidan kreditga, ya’ni
qarzga xolodilnik
(muzlatkich) olgan. Ma’lumki, kreditga olingan buyumning
haqini oyma-oy oz-ozdan to‘lab borish kerak. Lekin senyor
Molteni bu qarzni ikki oydan beri to‘lay olmayapti. Buning
oqibati esa ma’lum: qarzini o‘z vaqtida to‘lay olmagani uchun
firma uning xolodilnigini qaytarib oladi.
9 6
!
Xuddi shu o‘rinda mo‘jiza ro‘y beradi. Senyor Molteni
yashaydigan ko‘p qavatli uyning
barcha xonadonlaridagi
xolodilniklar ichiga samoviy kelgindilar – marsliklar joylashib
olishadi. O‘z sayyoralarida falokat xavfi tug‘ilgani sababli ular
Yerning Shimoliy qutbiga yo‘l olishadi. Biroq kemalarining
yonilg‘isi tugab (bu yonilg‘i yangi yog‘gan qor ekani ertakdan
ma’lum), ular senyor Molteni yashaydigan uyga qo‘nishga
majbur bo‘lishadi.
Xullas, bu voqea haqidagi xabar butun shaharga,
shahardan
esa butun dunyoga tarqab ketadi. Ayniqsa, senyor Moltenining
xolodilnigiga joylashib olgan kelgindilarning boshlig‘i –
shahzoda Plombirni ko‘pchilik yaxshi ko‘rib qoladi. Uning,
hatto, televizor orqali so‘zga chiqishi katta shov-shuvlarga sabab
bo‘ladi.
Aziz o‘quvchi, siz «bozor iqtisodiyoti» degan iborani ko‘p
eshitgansiz.
Do'stlaringiz bilan baham: