Adabiyot 6 (I qism) 2017. p65



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/84
Sana18.01.2022
Hajmi1,83 Mb.
#387982
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   84
Bog'liq
Adabiyot. 6-sinf. 1-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo'chqorov)

Mustaqil o

qish uchun


9 2
olishibdi. Shunisi qiziqki, uning hidi kech kelganlarga ham
yetibdi. Eng so‘nggi daqiqada ham u avvalgiday hid taratib
turibdi.
– Doimo shunday xushbo‘y hid taratib turish uchun, – debdi
tyulen, – butun bir omborxonaga ega bo‘lish kerak. Uning muz
tagida, qayerdadir hoynahoy ombori bo‘lsa kerak.
– Men buni darrov sezgandim, o‘sha zahoti aytdim-a, –
debdi oq ayiq. – O‘sha yerda bir nimasi bor!
Ayiq hecham bunaqa demagandi, albatta, lekin hech kim
uning gapirgan-gapirmaganini eslayolmabdi.
Hammadan keyin chayka qaytib kelibdi, uni g‘alati notanish
haqida biror narsa bilib kelgin deb janubga jo‘natishgan ekan,
u nafasini rostlab olgach bu kichkina xushbo‘y jonivorning gu-
nafsha deb atalishini, boshqa joylarda – janubda ular millionlab
topilishini gapirib beribdi.
– Yuborgan elchimizni qarang-u, – debdi tyulen ensasi qotib.
– Biz biror yangi gap bilganimiz yo‘q. Xo‘sh, bu gunafsha
boshqa yerga emas, xuddi shu joyga qanday kelib qoldi? Yo‘q,
to‘g‘risini aytsam, nima gapligiga hech aqlim yetmay qoldi,
juda hayron bo‘lib qoldim.
– U nima dedi, nima bo‘lib qoldim dedi? – shivirlab so‘rabdi
ayiq xotinidan.
– Hayron bo‘lib qoldim deyapti, – urg‘ochi ayiq ham
shivirlab javob beribdi. – Xullas, boshi qotib qolganmish-da,
qaysi oyog‘ini bosishni bilmasmish.
– Ha, ha, – deb gapni ilib ketibdi ayiq. – Men xuddi shun-
day deb o‘ylovdim-a, ko‘nglimda xuddi o‘sha so‘zlarni takror-
lovdim-a.
O‘sha kuni kechasi butun qutb kuchli qars-qurs va gumbur-
lashdan larzaga kelibdi. Butun-butun muz parchalari dag‘-dag‘
qaltirab, yupqa oynaday chirs-chirs sinibdi. Bechora gunafsha
muzday havoga o‘zidagi bor muattar hidini taratibdi, go‘yo u
bu bepoyon muz sahrosini bir zumda eritib, iliq moviy dengizga
yoki ko‘m-ko‘k maysa bilan qoplangan poyonsiz ko‘kalamzorga


9 3
!
aylantirmoqchi bo‘layotganday edi. Keyin gunafsha holdan
toyib, boshini egib, qaddini bukibdi-yu, shu-shu boshqa o‘rni-
dan turolmabdi.
Tongda hamma gunafshaning so‘lib qolganini ko‘ribdi, u in-
gichka tolasida egilib, oppoq qor ustida rangsiz va jonsiz yot-
ganmish. Agar uning oxirgi o‘y-fikrlarini so‘zda ifodalash mum-
kin bo‘lsa, biz, hoynahoy quyidagi so‘zlarni eshitgan bo‘lardik:
«Mana, men o‘lyapman. Lekin kimdir boshlashi kerak edi-
da. Qachonlardir bu yerda million-million gunafsha ochilib
yotadi. Muzlar eriydi, orollar hosil bo‘ladi, ulardan bolalarning
qo‘ng‘iroqday sho‘x kulgisi eshitilib turadi».

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish