«MUZQAYMOQ» HIKOYASI HAQIDA
XX asr mamlakatimiz hayotida ham fojialar, ham buyuk
o‘zgarishlar asridir. Xalqimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kirit-
ganiga qadar ne-ne xo‘rlik va qiyinchiliklarni boshdan kechirdi.
Millionlab asl insonlar arzimagan sabablar, tuhmat, adolat-
sizliklar tufayli tazyiqlarga uchragan, qamalgan va hatto otib,
yo‘q qilib yuborilgan davrlar bo‘ldi. Bir millat vakili bo‘lib, bir
mahallada yonma-yon yashab, bir-biriga yov, dushmanga
aylangan odamlar ham, afsuski, ko‘p uchradi. Ana shunday
jamiyat barpo etib, kishilarni qo‘rquvga, dahshatga solib turgan
siyosat sho‘rolar zamonida necha o‘n yillar hukm surdi. Bu
davr insoniyat tarixiga Stalin qatag‘onlari davri bo‘lib kirdi.
Aziz o‘quvchi! Hali Siz Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat,
Abdulhamid Cho‘lpon, Usmon Nosir kabi xalqimizning ulkan
ijodkorlari hayoti va ijodi bilan tanishganingizda, qatag‘on
siyosati va uning yovuzliklari haqida yana ko‘p ma’lumotlarga
ega bo‘lasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |