H. K.ANDERSEN (1805 -1875)
1. Hans Kristian Andersenning 1-yirik romani qaysi?
J: «lmprovizator»
2. Ham zavq beradigan, ham o‘yga toldiradigan chi- nakam hayotiy ertaklar yaratish an’anasini kim boshlab berdi? J: Hans Kristian Andersen
3. Hans Kristian Andersenning qaysi ertaklarida talqin jonli inson muhitiga yaqinlikda beriladi? J: «Dyumchaxon», «Bulbul», «Qor malikasi», «Suv parisi»
4. Hans Kristian Andersenning qaysi ertaklarida jonsiz ashyolar harakatga kelib, odamlarday so‘zlaydilar?
J: «Bronza to‘ng‘iz», «Kumush tangacha»
5. Eng yaxshi bolalar yozuvchilari uchun qanday Xalqa- ro mukofot ta’sis etilgan? J: Hans Kristian Andersen
6. Kay, Gerda kabi bolalar qaysi asar qahramonlari?
J: «Qor malikasi»
7. «Bir chimdim tuz bir xum asalni buzar» maqoli qaysi ertakka mos keladi? J: «Qor malikasi»
8. «Qor malikasi» ertagida Kay qaysi so’zni muz par- chalaridan yozsa, unga butun olam baxsh etilishi kerak edi? J: Mangulik
9. Andersenning qaysi ertagi go’zallik va ezgulikni uluglash, soxtalik va qabihlikni qoralash, uning inqirozi muqarrarligi haqida? J: «Bulbul»
10. «Bulbul» ertagida podsho bulbulning navosidan zavqlanib unga nima sovg‘a qiladi? J: Oltin tufli
11. Haqiqiy bulbul necha yildan keyin saroyga qaytib keladi? J: 15 yildan so‘ng
12. Bulbul Azrolldan podshoning nimalarini tortib oladi?
J: Toj, oltin qilich, bayroq
13. Andersenning qaysi ertagi kishini qalbakilikdan, ik- kiyuzlamachilikdan, yolg‘onchilikdan qaytaradi?
J: «Bulbul»
14. «Bulbul» ertagida imperator qaysi mamlakat elchi- larining xabaridan keyin o‘z yurtidagi bulbulni topishga qa- ror qiladi? J: Yaponiyalik
15. «Bulbul» ertagida bulbul shohga qarata: «Lekin baribir... qandaydir muqaddaslik nuriga yo‘g‘rilgan! Uni pok saqla!» deganda nimani nazarda tutadi?
J: Hukmdorlik tojini
16. Andersenning qaysi ertagi bir jodugarning g‘alati bir ko’zgu yasagani, bu ko’zguda barcha yaxshi, go’zal nar- salar yomon, xunuk bolib ko‘rinishi, barcha yaramas, xu- nuk narsalar esa, aksincha, chiroyli, go‘zal bolib ko‘rinishi haqidagi voqea bilan boshlanadi?
J: «Qor malikasi» ertagi
17. Qaysi ijodkorning ertaklarida hamisha hayotga mu- habbat, har bir voqea-hodisadan yaxshilik, go‘zallik izlash ruhi ustun turadi? J: H.K.Andersenning
18. Sun’iy bulbulga necha marta bir qo’shiqni ayttirish- adi? J: 34 marta
19. Sun’iy bulbul haqida kim necha jildli kitob yozgan?
J: Kapelmeyster 25 jildli
20. Kapelmeyster qanday amaldor? J: Xor rahbari
21. Haqiqiy bulbul saroydan so‘ramasdan ketib qolgan- da unga nisbatan qanday jazorqollashadi?
J: Davlat chegaralaridan badarg‘a qiiishdi
22. Tirik bulbulning saroydan hech kimga bildirmasdan ketib qolganini qachon sezishdi?
J: Sun’iy bulbul 33 marta xonish qilgandan so‘ng
Do'stlaringiz bilan baham: |