EZOP (MILODDAN AWALGI VI ASR) 1. «Ezop masallari» kitobiga Ezopning nechta masali kiritilgan? J: 500 ga yaqin
2. Ezop ko’p yillar qaysi hukmdor saroyida xizmat qil- gan? J: Lidiya shohi Krez saroyida
3. Ezop qaysi shoh saroyida xazinabon darajasigacha ko tarilgan? J: Vavilon shohi Likurg saltanatida
4. Ezop kinoyali achchiq tili uchun qaysi shaharda tog‘ qoyasidan otib yuborilgan? J: Delfa
5. Ezop qul bolib yurgan paytlarida uzoq yolga otlangan- larida o‘zi uchun eng yengil yukni so’rab oladi. Bu nima edi?
J: To‘rt kishi zo‘rg‘a ko‘taradigan non solingan quti
6. Ezopning og‘ir vaziyatlarda qutqarib, hech kim yecholmaydigan jumboqlarni yechib, sadoqat ko‘rsatgan xo‘jayini kim edi? J: Ksanf
7. Ezopning «Yovvoyi echkilar bilan cho‘pon» masali nima haqida? J: Do‘stga sadoqat
8. Ezopning qaysi masali so’ngida kimki o’ziga yaxshilik qilganlarga yomonlik sog‘insa, u albatta, Xudoning qahriga yoliqadi, degan xulosa chiqadi? J: «Kiyik bilan tokzor»
9. «Ayrim badfei kishilar yomonlik qilmaganlarining o‘ziniyoq yaxshilik qilganga yo’yadilar». Ushbu xulosa
' Ezopning qaysi masalida aks etgan?
J: «Bo‘ri bilan laylak»
10. «Og‘irning ostidan, yengilning ustidan o‘tma» , degan maqol qaysi masalga mos?
J: «Ustiga tuz yuklangan eshak»
11. «Behudaga chiranish belni chiqaradi» degan maqol qaysi masalga mos?
J: «Burgut, zag‘cha va cho‘pon»
12. Masalning asosiyjihati nima?
J: Tarbiyaviy maqsadga yo‘naltirilganligi
13. Ezop masallarini she’riy yol bilan lotin tiliga tarjima qilgan grek masalchisi kim? J: Fedr
14. XVIII asrda Germaniyada masal janrida ijod qilgan ijodkorlarni toping. J: Lessing va Gellert
15. «Ezop tilida so‘zlashish» deganda nima nazarda tutiiadi? J: O’z fikrlari ta’sirli chiqishi uchun hikmatli so‘zlar yoki ibratli voqealarga murojaat etib so‘zlash
16. O’zbek masalnavis sholrlarini toping.
J: 1. Abdulla Avloniy; 2. Hamza; 3. Yamin Qurbon;
4. Sami Abduqahhor; 5. Muxtor Xudoyqulov.
17. XVII asrda Fransiyada masal janrida kim ijod qil- gan? J: Lafonten
18. Grek masalchilarini toping. J: Fedr, Babriy
19. «Do‘st uldurki, o‘ziga ravo ko’rmagan narsani do‘stiga ham ravo ko‘rmaydi. O’zi do‘sti uchun olimga tayyor bolsa ham, ammo do’stini bu ishda sherik qilmay- di». Ushbu fikrlar muallifi kim?
J: Alisher Navoly «Mahbub ul-qulub» asarida
20. Majoziy shakldagi ibratli hikoyatlarning eng sara namunalari Navolyning qaysi asarida uchraydi?
J: «Hayrat ul-abror»da
21. Navolyning qaysi asari maxsus majoziy yo‘nalishda yaratilgan? J: «Lison ut-tayr» asari
22. O’zbek adabiyoti masalchiligi rivojiga ulkan hissa qo’shgan asarni toping. J: Muhammad Sharif Gulxaniy- ning «Zarbulmasal» asari