Adabiyot. 5-6-7-8-sinf Adabiyot darsligi yuzasidan test topshiriqlar 1



Download 254,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana12.08.2021
Hajmi254,79 Kb.
#145930
1   2   3
Bog'liq
Adabiyot umumiy test (1) (1)

23. Berilgan she’riy baytlarning qaysisida mutlaq qofiya ishlatilgan? 

A) Ul na gumbazdur eshigi, tuynugidin yo‘q nishon 

Necha gulgunpo‘sh qizlar manzil aylabdur makon. 

B) Ul nadurkim sabz to‘nlik, yoz yog‘ochning boshida, 

Qish yalang‘och aylagay barcha xaloyiq qoshida. 

C) Ki bulbul nola, afg‘on aylamakni mendin o‘rgandi 

Vujudin sham’i so‘zon aylamakni mendin o‘rgandi. 

D) Barcha baytlarda qo‘llangan qofiya mutlaq qofiya sanaladi. 

24. She’riy san’atlarning qaysi biri arabcha ”shaxslantirish” degan 

ma’noni anglatadi? 

A) tajnis           B) tashxis              C) tadrij                  D) tarse 

25. Berilgan she’riy baytlarning qaysisida muqayyad qofiya ishlatilgan? 

A) Ul na gumbazdur eshigi, tuynugidin yo‘q nishon. 

Necha gulgunpo‘sh qizlar manzil aylabdur makon. 


B) Ul nadurkim sabz to‘nlik, yoz yog‘ochning boshida, 

Qish yalang‘och aylagay barcha xaloyiq qoshida. 

C) Bukun, ey do‘stlar, farzandi jononimni sog‘indim, 

Gado bo‘lsam, ne ayb, ul shohi davronimni sog‘indim. 

D) Barcha baytlarda muqayyad qofiya qo‘llangan. 

26. Ahmad Taroziyning ”Funun ul-balog‘a” (”Badiiylik ilmi”) asari nima 

haqida? 

A) turkiy til she’riyati qoidalari haqida 

B) qofiya va she’riy san’atlar haqida 

C) san’atning turlari (rasm, adabiyot, raqs) haqida 

D) Barcha javoblar to‘g‘ri 

27. Jamoling vasfini qildim chamanda, 

Qizordi gul uyattin anjumanda. 

Atoiy g‘azalining ushbu matlasida qanday she’riy san’at qo‘llangan? 

A) talmeh         B) irsoli masal          C) mubolag‘a          D) jonlantirish 

28. Noziklik ichra belicha yo‘q tori gisuyi 

O‘z haddini bilib, belidin o‘ltirur quyi. (Lutfiy) 

Baytda qo‘llangan she’riy san’atni toping. 

A) tashbeh        B) husni ta’lil            C) tajohuli orif            D) ta’did 

29. Bu oqshom mahvashim ruxsori oy birla taloshibdur, 

Emas anjum, falak ahli ochib ko‘zlar qaroshibdur. (Ogahiy) 

Ushbu baytda qo‘llangan she’riy san’atni toping. 

A) tazod           B) raddi matla’          C) husni ta’lil            D) husni matla 

30. Maylni qo‘yki, volau zor ul, 

Jon berib vasliga xaridor ul. 

Baytda shoir qanday she’riy san’atdan foydalangan? 

A) tanosub      B) tazod              C) tashbeh                D) iyhom 

31. ”Mirzo Ulug‘bek” fojiasida zindondan ozod qilingan Piri Zindoniy 

kimga topshirilishi kerak edi? 

A) Jomiy va Lutfiy panohiga                     B) Berdiyorga 

C) Shayxulislom panohiga                        D) Ota Murodga 

32. Turkiy va forsiy mumtoz adabiyotda shohlar haqidagi asarlar asosan 

aruzning qaysi vaznida bitilgan? 

A) mutaqoribi musammani mahzuf 

B) hazaji musaddasi mahzuf 

C) ramali musammani mahzuf 

D) mutaqoribi musammani aslam 

33. Qaysi yozuvchi o‘zi e’tirof etganidek, ”. . . bola va o‘smir ruhidagi 

go‘zallikni himoyalashga e’tibor” berib kelyapti? 

A) X.To‘xtaboyev                    B) E.Vohidov 

C) O‘.Hoshimov                      D) Shukrullo 

34. Antuan de Sent Ekzyuperi o‘zining qaysi romanida zamon va insonlar 

haqidagi o‘ylarini bayon qilgan? 

A) ”Uchuvchi”                        B) ”Erkaklar zamini” 

C) ”Kichkina shahzoda”       D) ”Tungi parvoz” 

35. ”Oyoq-qo‘ling chaqqongina, epchil yigitsan. Sen ham axir qarab 

turmasdan, boshqacharoq yo‘l bilan bo‘lsa ham tirikchilik payidan 

bo‘lsang edi, o‘g‘lim . . . Axir kissa-karmon degan gaplar bo‘ladi. 

Naqdina pul ham yengil, ham qimmat, ham yashirishga oson bo‘ladi. 

Naqdina bo‘lsin, bolam, naqdina bo‘lsin . . . ” 

”Shum bola” qissasida shum bolaga ushbu so‘zlarni kim aytgan? 

A) Eshon          B) Sulton o‘g‘ri           C) Sariboy            D) Hoji bobo 

36. Fitratning ”Mirrix yulduziga” she’ri lirik qahramonining aynan Mirrix 

yulduziga murojaat qilishining sababi nima? 

A) Mirrix sayyorasining ulkanligi 

B) buning muhim sababi yo‘q 

C) Mirrixning Hamal oyining homiysi va jang-u jadal ramzi ekanligi 

D) Mirrixning Yerga yaqinligi 

37. Asqad Muxtorning ”Chinor” romanida Ochil buva Akbaralini qanday 

tanib qoladi? 

A) Akbaralining ko‘z qarashidan 

B) Azimjonga o‘xshashligidan 

C) Akbaralining ovozidan 

D) Akbarali o‘zini buvasiga tanitadi 

38. Uni o‘zimizda ”o‘zbekning Lermontovi”, Moskva gazetalarida 

”Sharqda Pushkin paydo bo‘ldi”, deb yozishdi. 

Ushbu satrlar muallifi kim va ta’rif kim haqida? 

A) A.Oripov U.Nosir haqida 

B) O.Sharafiddinov A.Oripov haqida 

C) T.To‘la U.Nosir haqida 

D) E.Vohidov G‘.G‘ulom haqida 

39. Yoasafo, hech kimsadan uyalmay bugun 

Men yig‘layman, yurak qoni bilan yig‘layman! 

Yetim qolgan el dardiga kuyib yig‘layman! 

Bosh qo‘yaman tuprog‘iga ulug‘ insonning! 

M.Shayxzodaning ”Mirzo Ulug‘bek” tarixiy fojiasidan olingan ushbu 

parcha kimning so‘zlari? 

A) Ali Qushchi                               B) Piri Zindoniy 

C) Abdurazzoq Samarqandiy    D) Ota Murod 

40. Qaysi asarda darsga kelmay qolgan Tal’at ismli bolani o‘qituvchi 

urushgani, dadasidan qoraxat kelganini bilgach hamma, hatto 

muallimning o‘zi ham yig‘lagani haqida lavha bor? 

A) E.Vohidov, ”Nido” 

B) O‘.Hoshimov, ”Urushning so‘nggi qurboni” 

C) O.Yoqubov, ”Muzqaymoq” 

D) O‘.Hoshimov, ”Ikki eshik orasi” 

41. Zulfiya qalamiga mansub poemalar nomi qaysi qatorda berilgan? 

A) ”Mushoira”, ”Xotira siniqlari” 

B) ”O‘ylar”, ”Kuylarim sizga” 

C) ”Shalola”, ”Tong qo‘shig‘i” 

D) ”Tun”, ”Hijron kunlarida” 

42. ”Odamga quvvat beradigan umid, uning boshini toshdan qiladigan 

ishonch barq urib turgan haqiqiy hayot manzarasidir” – deya 

ta’riflangan asar qaysi? 

A) ”Ufq”                                                   B) ”Mehrobdan chayon” 

C) ”O‘tkan kunlar”                                 D) ”O‘tmishdan ertaklar” 

43. ”Odam deb o‘lgan odam - doim tirik”. ”O‘zini deb yashagan - o‘lik”. 

Mazkur gaplar qaysi badiiy asardan olingan va qaysi badiiy obrazlar 

tilidan aytilgan? 

A) S.Ahmad ”Ufq” - Tursunboy, Ikromjon 

B) Ch.Aytmatov ”Oltovlon va yettinchi” - Guram Jo‘xadze, Sandro 

C) N. Dumbadze ”Hellados” – Xrista Aleksandrid, Yanguli 

D) A. Muxtor ”Chinor” - Ochil buva, Akbarali 

44. Jonatan Svift ”Gulliverning sayohatlari” asarining nechanchi qismida 

haqiqiy olimlar ustidan emas, soxta fan kishilari ustidan kuladi? 

A) 1-qismida           B) 2-qismida         C) 3-qismida          D) 4-qismida 

45. ”Bu kitobni kitobxon boshdan oyoq shavq bilan, hech qayerda 

turtinmasdan, diqqati susaymasdan, ishtahasi bo‘g‘ilmasdan o‘qib 

chiqadi . . . Kitobda qimirlagan har bir jonning qayg‘usi, quvonchi, 

qilish-qilmishi, muhabbati, g‘azabi, og‘zidan chiqadigan har bir so‘zi 

rost.” 

Yuqoridagi so‘zlar kimga tegishli va qaysi asar haqida so‘z bormoqda? 

A) A.Qahhor ”Ufq” haqida 

B) Oybek ”O‘tkan kunlar” haqida 

C) S.Ahmad ”Chinor” haqida 

D) O.Sharafiddinov ”Shaytanat” haqida 

 

 

 

 

 

 

Qashqadaryo viloyati.Qarshi shahar. Tuzuvchi: Ibrohim Qayumov. 

Telegram manzil: @ona_tili 

Download 254,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish